“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2019, 04:37
ЎЗO‘Z

Sabr tugadi: Rossiya va Turkiya dollardan voz kechdi

14 okt, 07:08 5 122 Dunyo
Sabr tugadi: Rossiya va Turkiya dollardan voz kechdi
Rossiya xalqaro hisob-kitoblardan Amerika valyutasini siqib chiqarmoqda. Bunda Moskvaga AQSh bosimidan jafo chekkan savdo hamkorlari ko‘maklashmoqda. Rossiya va Turkiya milliy valyutada hisob-kitob qilishga kelishib olgani dedollarizatsiyadagi navbatdagi yutuq bo‘ldi. Tez orada Turkiya banklari SWIFT᾽ning rus muqobiliga ulanishadi va “Mir” kartalarini qabul qilishni boshlashadi deb yozadi Sputnik nashri RIA Novosti xabariga asosan.

Rubl va lira uchun
Hozirda jahon savdosidagi oldi-sotdining 70 foizi dollarda amalga oshirilmoqda, lekin amerika valyutasining pozitsiyasi kundan-kunga zaiflashmoqda. Dollardan Vashingtonning sanksiyalar ro‘yxatiga tushgan va Oq uyning agressiv va oldindan aytib bo‘lmaydigan siyosatidan charchagan mamlakatlar voz kechmoqda.

Bundan ikki yil ilgari Rossiya, Eron va Turkiya neft, gaz va qator tovarlar uchun hisob-kitobni milliy valyutada amalga oshirishga qaror qilishgandi. 2017 yilning o‘zidayoq qariyb 9 foiz turk eksporti milliy valyutada amalga oshirilgandi.

2018 yil avgustida Donald Tramp turk po‘lati importi tarifini ikki baravarga oshirdi. Shundan so‘ng lira dollarga nisbatan 20 foizdan ortiq qadrsizlandi. Anqara eksportyor oldiga milliy valyutada xalqaro hisob-kitoblarning ulushini oshirish uchun har qanday vosita va mexanizmni ishga solish vazifasini qo‘ydi.

O‘tgan yili Turkiya bilan savdoning 22 foizi rubl va liraga to‘g‘ri keldi. Shundan 21,1 foizi rus valyutasi rublga. Bundan tashqari, Rossiya va Turkiya 12,9 foiz hisob-kitobni yevroda amalga oshirdi. Shunday bo‘lsa ham qolgan 65 foizini dollar egalladi. Endilikda ikki davlat amerika valyutasidan voz kechishdagi navbatdagi qadamni tashlashdi.

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov va Turkiya g‘aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak imzolagan hukumatlararo bitim turk banklari va kompaniyalari rus to‘lov tizimiga ulanishini nazarda tutadi. Turkiyada rus kartalari “Mir”ni qabul qilishga imkon beruvchi infratuzilma yaratiladi. Amalda bu ikki mamlakatning tijorat banklari transchegaraviy o‘tkazmalar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrespondentlik hisoblaridan yanada faol foydalanishi mumkinligini anglatadi.

SWIFT muqobili
SWIFT xalqaro banklararo axborot uzatish va to‘lovlarni amalga oshirish tizimidan 200 dan ortiq mamlakatlardagi 10,8 mingga yaqin yirik tashkilotlar foydalanadi. Vashington Moskvaga bir necha marta ushbu tizimdan uzib qo‘yish bilan tahdid qilgandi.

Bu barcha tahdidlarga javoban Rossiya banki Moliyaviy xabarlarni uzatish tizimini (SPFS) yaratdi va hozirda xitoylik, turkiyalik va eronlik tartibga soluvchilar bilan uning ishini muvofiqlashtirmoqda.

Olg‘a siljish sezilmoqda: SWIFT᾽ning rus muqobiliga sakkizta xorijiy banklar ulandi, uchtasi to‘liq ravishda to‘lovlarni o‘tkazmoqda, beshtasi hozircha tizimni sinovdan o‘tkazmoqda.

Rossiyaga dollar tobeligini zaiflashtirishda Xitoy yordam bermoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi hisob-kitobning milliy valyutadagi ulushi 17 foizga yetdi va bu o‘sishda davom etmoqda.

2015 yilda “Gazpromneft” o‘zining butun neft eksportini Xitoyga yuanda amalga oshirdi. Joriy yilning avgust oyida esa “Rosneft” eksport shartnomalari uchun dollardan foydalanishni to‘xtatishini ma’lum qildi.

Xitoy ham o‘zining moliyaviy tizimini (CIPS) rivojlantirmoqda. Unga bir necha Rossiya banklari allaqachon ulangan.

Sentyabr oyida Eron bilan ham hisob-kitobni milliy valyutada faollashtirishga kelishib olindi. Iyul oyida esa Rossiya va Hindiston Markaziy banklari qurol-yaroq bo‘yicha tegishli bitim tuzishdi. Qurol-aslaha – o‘nlab milliard dollar keltiruvchi Rossiyaning Hindistonga asosiy eksporti. Bu boradagi eng yirik shartnoma 325 milliard rublga 5 dona “S-400” zenit-raketa tizimlarini yetkazib berish.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Rossiya va Turkiya o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda olib boradigan bo‘ldi 08 okt, 19:45
  • Rossiya va Xitoy dollarda hisob-kitob qilishdan voz kechdi 28 iyun, 17:02
  • Rossiya va YeI o‘zaro hisob-kitoblarda rubl va yevroga o‘tmoqchi 14 iyun, 09:36
  • Rossiya va Eron o‘zaro hisob-kitobda dollardan voz kechdi 06 fev, 08:11
  • Turkiya dollar tobuti ustiga navbatdagi mixni qoqdi 15 yanv, 00:02
  • So'nggi yangiliklar
  • Angliya yirik hisobda g‘alaba qozondi va Chexiya safarda yutqazib qo‘ydi 18 noya, 00:24 145
  • Bosh aylanishi: sabablari nima va qanday chora ko‘rish kerak? 18 noya, 00:23 196
  • Maksim Shatskix O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga murojaat qildi 18 noya, 00:22 318
  • Shoir Bobur Bobomurod uysiz shoir Mirzo Karim haqida gapirdi (video) 17 noya, 23:55 363
  • Portugaliya Yevro-2020 yo‘llanmasini naqd qildi, Serbiya pley-offda omadini sinab ko‘radi 17 noya, 23:23 171
  • "Dubai Cup-U23". O‘zbekiston BAAga imkoniyatni boy berdi 17 noya, 23:04 221
  • Lab bo'yoqlari qanday ixtiro qilingan? 17 noya, 22:57 274
  • Afg‘onistonda ichida o‘zbekistonliklar ham bo‘lgan 600 dan ortiq IShID terrorchilari taslim bo‘lgani aytilmoqda 17 noya, 22:30 558
  • Lukaku: Rossiya kuchli jamoa va menga Dzyubaning o‘yini yoqdi 17 noya, 22:08 190
  • Britaniyalik erkak lotereyadan yutgan 12,5 mln dollarini ko‘ngilxushlikka sarflab yubordi 17 noya, 21:40 440
  • Bo‘limlar