“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2019, 04:38
ЎЗO‘Z

Erdo‘g‘an turk harbiylari Suriyada nima qilayotganiga izoh berdi

14 okt, 00:30 1 037 Dunyo
Erdo‘g‘an turk harbiylari Suriyada nima qilayotganiga izoh berdi
Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an turkiyalik harbiylarning Suriyadagi vazifasi nimadan iborat ekani haqida gapirdi. Bu haqda Kun.uz nashri TASSga tayanib xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya hukumati terrorizmga qarshi yetarlicha kurash olib bora olmaydi.

Erdo‘g‘an Suriya prezidenti Bashar Asad boshqaruvidagi rejim terrorchilarga qarshi tura olmasligi, shu tufayli bu ish bilan turk harbiylari shug‘ullanishini ta’kidlagan.

U shuningdek, G‘arb davlatlarining Turkiya Suriyada «Tinchlik bulog‘i» amaliyoti o‘tkazishiga nisbatan bildirayotgan e’tirozlariga javob qaytargan.
Turkiya rahbari hech kim Anqaraga tahdid qilib, uni chekintira olmasligini eslatib o‘tgan.

«Tinchlik bulog‘i» amaliyoti
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 9 oktyabr kuni Suriya shimolida Kurdiston ishchilar partiyasi va IShID jangarilariga qarshi harbiy amaliyot boshlanganini e’lon qildi.

Turkiyaliklar yetakchisi bu amaliyotning asosiy uch maqsadini keltirgan: janubiy chegaralarni terrorchilardan tozalash, Suriya hududiy yaxlitligini himoya qilish va shu vaqtgacha Turkiya hududida yashab kelayotgan suriyalik qochqinlarni joylashtirish uchun «xavfsiz hudud» barpo etish.

Shu kunlarda Vashington Suriyadan o‘z harbiylarini olib ketishi haqida e’lon qilgach, Turkiya aviatsiyasi Suriyaning chegara hududidagi Ras-al-Ayn va boshqa shaharlariga havo zarbalari berishni boshladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, turkiyalik harbiylar tomonidan o‘ldirilgan kurd harbiylari soni 500 nafarga yaqinni tashkil qilmoqda.

Suriya hukumati rasmiy Anqarani Suriya shimolida amaliyot boshlagani uchun qoralamoqda. Xalqaro hamjamiyat Turkiyadan harbiy harakatlarni to‘xtatishni talab etmoqda.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Erdo‘g‘an Turkiya Suriyada amaliyot o‘tkazishga haqli ekanini ma’lum qildi 10 okt, 11:43
  • Erdo‘g‘an Suriya sharqida yangi aksilterrorchilik operatsiyasi o‘tkazilishini e’lon qildi 05 avg, 09:40
  • Erdo‘g‘an va Tramp Suriya bo‘yicha kelishib oldi 21 yanv, 11:15
  • Turkiya Suriyadagi terrorchilarga qarshi yangi operatsiya boshlamoqchi 31 okt, 03:20
  • Erdo‘g‘an Suriyada 4 mingga yaqin jangari yo‘q qilinganini ma’lum qildi 02 apr, 06:32
  • So'nggi yangiliklar
  • Angliya yirik hisobda g‘alaba qozondi va Chexiya safarda yutqazib qo‘ydi 18 noya, 00:24 145
  • Bosh aylanishi: sabablari nima va qanday chora ko‘rish kerak? 18 noya, 00:23 196
  • Maksim Shatskix O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga murojaat qildi 18 noya, 00:22 318
  • Shoir Bobur Bobomurod uysiz shoir Mirzo Karim haqida gapirdi (video) 17 noya, 23:55 363
  • Portugaliya Yevro-2020 yo‘llanmasini naqd qildi, Serbiya pley-offda omadini sinab ko‘radi 17 noya, 23:23 171
  • "Dubai Cup-U23". O‘zbekiston BAAga imkoniyatni boy berdi 17 noya, 23:04 221
  • Lab bo'yoqlari qanday ixtiro qilingan? 17 noya, 22:57 274
  • Afg‘onistonda ichida o‘zbekistonliklar ham bo‘lgan 600 dan ortiq IShID terrorchilari taslim bo‘lgani aytilmoqda 17 noya, 22:30 558
  • Lukaku: Rossiya kuchli jamoa va menga Dzyubaning o‘yini yoqdi 17 noya, 22:08 190
  • Britaniyalik erkak lotereyadan yutgan 12,5 mln dollarini ko‘ngilxushlikka sarflab yubordi 17 noya, 21:40 440
  • Bo‘limlar