“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 21:50
ЎЗO‘Z

Yilning eng katta daromad keltirgan avtomobili ma’lum qilindi

12 sen, 07:36 1 028 Avto
Yilning eng katta daromad keltirgan avtomobili ma’lum qilindi
2019 yilning eng katta daromad keltirgan avtomobili ma’lum qilindi. Bunday nomga 8-avloddagi Porsche 911 avtomobili sazovor bo‘ldi.
Ushbu model savdosi Porsche kompaniyasining umumiy savdosi hajmida 11 foizni tashkil qilgan bo‘lsa-da, uning yillik daromadining 30 foizini keltirgan. Bunday nisbatdagi foyda 2018 yilda chiqarilgan boshqa har qaysi modelnikidan yuqoriroq bo‘lgan.

Porsche 911 ushbu reytingda Ferrari F8 Tributo, Aston Martin DBX, Mercedes-Benz GLE va BMW X5 modellarini ortda qoldirgan. Ushbu modellarning barchasi savdolar hajmida egallagan ulushdan ko‘proq daromad keltirgan.

Mutaxassislarning fikricha, Porsche bunday natijani katta miqdordagi opsiyalarni taklif qilishi va Xitoyda katta talabga ega bo‘lgani sababli ko‘rsatgan.

“Porsche 911 standart versiyasida ham juda nafli, biroq siz unga opsiyalar va boshqa qo‘shimcha qurilmalar qo‘shsangiz, naf yanada kattaroq bo‘ladi”, deb aytgan Bloomberg Intelligence tahlilchisi Maykl Din.

Ta’kidlanishicha, Porsche’ning 2018 yilda dunyodagi savdo hajmi 3 foizga oshib, 256 255 ta avtomobilni tashkil qilgan bo‘lsa, 911 modeliniki 10 foizga oshgan va 35573 ta avtomobilni tashkil qilgan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Aktrisa Luiza Rasulova tugʻilgan kunini nishonlamoqda (foto) 24 apr, 10:30
  • ​Porsche qiymati 16 million dollar bo‘lgan ilk yaxtani suvga tushirdi 26 sen, 11:02
  • Mercedes-AMG va Porsche sedanlari kuch sinashdi (Video) 09 sen, 23:11
  • Video: Tesla va Porsche poygasi - qay biri g‘olib? 02 iyul, 17:31
  • Jasur Umirovniki ekanligi taxmin qilingan Porsche «Moskvich» bilan to‘qnashgani xabar berildi 27 apr, 20:52
  • So'nggi yangiliklar
  • Alisher Sa’dullayev to‘ylar haqida. «Yosh do‘stlarimga yetkazing» 16 sen, 21:35 75
  • «Sudlar odamlarni sarson qilish uchun emas, adolat uchun xizmat qilishi kerak» 16 sen, 21:08 102
  • Anqara hokimi Toshkent ko‘chalaridan birini «Anqara» deb nomlashni taklif etdi 16 sen, 20:44 167
  • Rustam Assakalov jahon chempionatida O‘zbekiston hisobiga ikkinchi medalni qo‘shib qo‘ydi 16 sen, 20:18 161
  • Pakyao va Meyvezer o‘rtasida ikkinchi jang bo‘ladimi? 16 sen, 19:53 196
  • Hindistonga noqonuniy oltin yetkazib berayotgan o‘zbeklar qo‘lga olindi 16 sen, 19:30 668
  • 2027 yilgi Osiyo Kubogi O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin 16 sen, 19:04 365
  • Snouden WhatsApp va Telegram amaldorlar uchun xavfli ekanligini aytdi 16 sen, 18:40 289
  • Krishtianu Ronaldu marhum otasining videosini ko‘rib, yig‘lab yubordi 16 sen, 18:15 466
  • Paxtachilik ayol MIB xodimlarini tayoq bilan urib, hujjatlarni yoqib yubordi 16 sen, 17:53 528
  • Bo‘limlar