“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 13:17
ЎЗO‘Z

«Bu mag‘lubiyatning tan olingani» – Ilhom Aliyev Armaniston bosh vaziri Putindan yordam so‘ragani haqida gapirdi

02 noya, 09:39 3 037 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Bu mag‘lubiyatning tan olingani» – Ilhom Aliyev Armaniston bosh vaziri Putindan yordam so‘ragani haqida gapirdi Foto: fbcdn.net
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putindan yordam so‘ragani haqida gapirar ekan buni mag‘lubiyatning tan olingani deb atadi. Pashinyan kecha, 31 oktabr kuni Putinga Armanistonni qo‘riqlashni iltimos qilib xat yozgan edi.

«Bu xat aslida mag‘lubiyatning tan olinishi. Ular Rossiyadan harbiy yordam so‘rashdi, lekin aslida bunga hech qanday asos yo‘q. Armanistonning qurolli kuchlari tezda Qorabog‘dan tinch yo‘l bilan olib chiqilishi kerak. Bu ish muhokamalarda hal qilinmasa, Boku oxirigacha boradi», degan Aliyev Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu bilan uchrashuv vaqtida.

Pashinyanning xatidan so‘ng Rossiya tomoni bu holatga javob bergan va qachonki Armaniston hududida harbiy harakat olib borilsa, vaziyatga aralashishi mumkinligini aytgandi. Biroq Ilhom Aliyev Ozarboyjonning Armaniston hududida harbiy harakat olib borish niyati yo‘qligini aytgan.

Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida Qorabog‘dagi janglar 27 sentabrdan buyon davom etmoqda. Ozarboyjon harbiy harakatlarni Armaniston Qorabog‘dan chiqib ketgan taqdirdagina to‘xtatishini ma’lum qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 2
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 21
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 275
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 172
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 165
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 843
  • So'nggi yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 0
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 2
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 275
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Bo‘limlar