“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 13:55
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston ayollar terma jamoasiga yaponiyalik murabbiy ustozlik qiladi

08 dek, 22:00 2 034 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston ayollar terma jamoasiga yaponiyalik murabbiy ustozlik qiladi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qit’amizda futboli rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash yo‘lida davom etyapti. Shu maqsadda O‘FA hamda Yaponiya futbol assotsiatsiyasi o‘rtasidagi yaqin va samarali hamkorlikni davom ettirishga mo‘ljallangan navbatdagi muzokaralar videoanjuman shaklida o‘tkazildi. O‘FA matbuot xizmatining xabarida aytilishicha, unda ikki mamlakat futbolini rivojlantirish, ayollar futbolini yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, O‘zbekistonga Yaponiyadan murabbiy va mutaxassislarni jalb etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Dastlabki muzokaralarda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyligi va hududiy akademiyalarning texnik direktorligi lavozimi uchun Yaponiyaning tajribali mutaxassislar xizmatidan foydalanish tashabbusi bilan chiqqan edi.

O‘z navbatida Yaponiya futbol assotsiatsiyasi ham bu taklifni qo‘llab-quvvatladi va O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish har ikkala davlat uchun foydali ekanligini ma’lum qildi.

Dastlabki kelishuvga ko‘ra, ayollar terma jamoamizga nomzod bosh murabbiy va uning yordamchisi kelasi yilning yanvar oyida, hududiy akademiyalarning texnik direktori esa fevral oyida yurtimizga kelishi kutilmoqda. Mazkur mutaxassislarga ayollar futbolini rivojlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish va mashg‘ulotlarni ilmiy-tahliliy yondashuv dasturlari asosida tashkil etish kabi vazifalar yuklatiladi.

Konferensiyada yurtimizda faoliyatini boshlashi kutilayotgan yaponiyalik murabbiylar ham ishtirok etib, bo‘lajak ish rejasini tanishtirdi. O‘z navbatida, O‘FA tegishli bo‘linmalari tomonidan mutaxassislarga ayollar terma jamoasi va umumiy futboldagi vaziyat tanishtirildi hamda jamoaning o‘yinlaridan iborat video-material taqdim etildi. Bu o‘z o‘rnida, yaponiyalik murabbiylarga fevral oyiga qadar bo‘lajak mas’uliyatli vazifasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

Muzokaralar chog‘ida shuningdek, shartnomaning shartlari va yapon mutaxassislarining mamlakatimizdagi vazifalari yana bir bor muhokama qilindi. Har ikki tomon ham uzoq muddatli samarali hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

O‘FA matbuot xizmati.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 308
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 152
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 75
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 354
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 262
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 169
  • So'nggi yangiliklar
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 0
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 0
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 94
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 44
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 77
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 308
  • Bo‘limlar