“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 11 2024, 08:21
ЎЗO‘Z

Denovdagi portlashdan zarar ko‘rgan ob’ektlar soni oshkor qilindi

08 dek, 21:30 3 111 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Denovdagi portlashdan zarar ko‘rgan ob’ektlar soni oshkor qilindi Surxondaryo viloyatining Denov shahridagi savdo markazi portlashidan jabrlangan 6 ta xonadon vakillariga vaqtincha yashab turish uchun uy berilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Denov shahrida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrullo Inoyatov, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Masaliyev, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i O‘lmas Muzaffarov ishtirokidagi matbuot brifingida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, voqea sodir bo‘lgach, Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan «Qishloqqurilishinvest» buyurtmasi asosida qurilgan 24 ta yangi xonadon vaqtincha ijaraga olinib, jabrlanganlarni ko‘chirish tayyorgarligi ko‘rilgan.

Tadbirda so‘z olgan «Daryo» muxbiri brifingda chiqish qilgan mas’ullarga yuzlanib, portlash oqibatida nechta xonadonga zarar yetgani va portlashning hududdagi binolarga zarari bilan qiziqqan.

«Biz ‘Qishloqqurilishinvest’ buyurtmasi asosida qurilgan 24 ta yangi xonadonni vaqtincha ijaraga olib, jabrlanganlarni ko‘chirishga tayyorgarlik ko‘rganmiz. Hozir paytda qurilishni nazorat qiluvchi inspeksiya xulosasiga ko‘ra, yashash uchun xavfli deb topilgan 7 ta xonadon vakillarini yangi uylarga ko‘chirdik. Qolgan uylarning deraza va eshik romlari ta’mirini amalga oshiryapmiz», — dedi viloyat hokimi To‘ra Bobolov.

Viloyat hokimining qo‘shimcha qilishicha, savdo markazi yon-atrofida joylashgan va portlashdan jabrlangan boshqa xonadon vakillari hozircha ko‘chishga hojat yo‘qligini bildirgan.

«Derazasi va eshik romlari singan, xonadoni zarar ko‘rgan boshqa fuqarolar hozircha ko‘chishga hojat yo‘qligini aytishgani uchun ishchi guruh xulosasi bilan ularning uyida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Xonadonlar ta’mirlanmoqda», — dedi viloyat hokimi.

To‘ra Bobolovning qo‘shimcha qilishicha, ishchi guruh vakillari vaziyatni o‘rganish davomida fuqarolarning fikr va takliflarini tinglab, mas’ullarga yetkazmoqda.

«Hozir o‘rganish ketyapti. Fuqarolar fikrlarini o‘rganyapmiz. Kimdir uyini ta’mirlash yetarli ekanini aytsa, yana kimdir yangi uy olib berilishini so‘rayapti. Biz vaziyatni o‘rganyapmiz. Ishchi guruh xulosasiga ko‘ra, fuqarolar uchun qulay bo‘lgan adolatli qarorga kelinadi», — dedi To‘ra Bobolov.

Viloyat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, portlash oqibatida hududdagi 65 ta xonadonga, bir nechta ijtimoiy soha ob’ektlariga zarar yetgan. 6 ta xonadon devorlari yorilib, katta zarar ko‘rgan bo‘lsa, qolgan xonadonlarning eshik va deraza romlari singan.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoning Denov shahri markazidagi «Indenim» savdo majmuasida 7 dekabr tongida kuchli portlash yuz berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

FVV Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i O‘lmas Muzaffarovning ta’kidlashicha, savdo majmuasida gaz asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida to‘plangan gaz-havo aralashmasining chaqnashi portlashning asosiy sababi hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Quvayt Xotin-qizlar jamiyati raisi o‘rinbosari: "Shavkat Mirziyoyev BMTning 78-sessiyasida Osiyo xotin-qizlar forumini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan" 10 мая, 22:36 60
  • Inson huquqlari bo‘yicha Malayziya komissiyasi komissari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan forum haqida nimalar dedi? 10 мая, 22:14 61
  • Belarus ayollar ittifoqi raisi: Belarus va O‘zbekiston ayollari o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar mavjud 10 мая, 21:47 59
  • Xonanda Shohjahon Jo‘rayevga nisbatan jinoyat ishi ochilgani ma’lum bo‘ldi 10 мая, 19:53 408
  • Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi 10 мая, 17:37 318
  • Maryam Tillayeva kelajagini O‘zbekistonda ko‘rmasligi haqida so‘zlab berdi 10 мая, 15:12 748
  • So'nggi yangiliklar
  • Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi 11 мая, 07:31 3
  • Tojikiston va AQSH terrorchilar harakatini kuzatish tizimini joriy etadi 11 мая, 07:06 10
  • Rivaldo YECHL finalida "Borussiya" g‘alaba qozonishi sababini aytdi 11 мая, 06:43 39
  • Tishlarni qachon yuvgan ma’qul: nonushtadan avvalmi yoki keyin? 11 мая, 06:00 48
  • Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi” 11 мая, 00:11 58
  • Kuala-Lumpur shahrida terma jamoalar murabbiylari uchun konferensiya o‘tkazildi 10 мая, 23:47 82
  • Xarkiv oblasti chegarasida vaziyat keskin yomonlashdi. Bu haqda nimalar ma’lum? 10 мая, 23:23 436
  • Afg‘onistonda uch million bola to‘yib ovqatlanmaydi 10 мая, 23:00 62
  • Quvayt Xotin-qizlar jamiyati raisi o‘rinbosari: "Shavkat Mirziyoyev BMTning 78-sessiyasida Osiyo xotin-qizlar forumini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan" 10 мая, 22:36 60
  • AQSHda 9 yoshli bola millionerni uysiz deb o‘ylab, unga bor puli — 1 dollarini berdi 10 мая, 22:36 366
  • Inson huquqlari bo‘yicha Malayziya komissiyasi komissari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan forum haqida nimalar dedi? 10 мая, 22:14 61
  • Belarus ayollar ittifoqi raisi: Belarus va O‘zbekiston ayollari o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar mavjud 10 мая, 21:47 59
  • Bo‘limlar