“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:01
ЎЗO‘Z

Superligada qaysi klublar qanday sakrashga erishdi?

07 dek, 18:56 1 907 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Superligada qaysi klublar qanday sakrashga erishdi? Pardalar tushirildi, spektakl tugadi. Bu iborani endi milliy birinchiligimizga nisbatan ham qo‘llay olsak bo‘ladi. Axir bizda ham chempionat tugadi va jamoalar qishki ta’tilga chiqib ketdilar.

Endi barchasini sarhisob qiladigan fursat. Mavsum boshida kim qanday maqsad uchun kurashga kirishgandi-yu, endi kim qaysi o‘rinda joylashdi?! Biz Superliga ishtirokchilariga o‘tgan yilgi natijasidan kelib chiqib, munosabat bildirib ko‘ramiz.

1-o‘rin: “Paxtakor”. O‘tgan yili 1-o‘rin
Eng ko‘p chempion bo‘lgan “Paxtakor” mana uchinchi yildirki 1-o‘rinni hech kimga bermay kleyapti. To‘g‘ri, hadeb bir klubning chempion bo‘laverishi ham chempionatni zerikarli qilib qo‘yishi bor gap. Ammo hech kim “Paxtakor”dan chempionlikni tortib ololmayapti-ku. O‘tgan yilgiga nisbatan bu yil jamoa tarkibi biroz kuchsizlangandek ko‘ringandi. Lekin shunda ham “Sherlar” yana muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirishdi. Albatta, o‘tgan yil bilan solishtirganda ko‘rsatkichlari biroz pasaydi. Masalan, 2020 yilgi mavsumda 21 g‘alaba, 2 durang va 3 mag‘lubiyat bilan 65 ochko to‘plgan bo‘lsa, bu yil 19 ta g‘alaba, 3 durang va 4 bor mag‘lub bo‘lib, 60 ochko jamg‘ardi. Ta’qibchilarini esa 13 ochkoga ortda qoldirib ketdi. Shunday ekan, “Paxtakor” o‘z ishini qilyapti, boshqalar esa unga yeta olmayapti. Lekin O‘zbekiston Kubogi finalida “Nasaf” chinakam qahramonlik ko‘rsatib, bir kishi kam bo‘lishiga qaramay, chempionni mag‘lub etdi va Kubokni qo‘lga kiritdi. Bu borada qarshiliklarga tanasso aytsak arziydi.

2-o‘rin: “So‘g‘diyona”. O‘tgan yili 6-o‘rin
Ulug‘bek Baqoyevga shunchaki qoyil qolish kerak. Hammasi uning mehnati. O‘tgan yili 6-o‘rinda yakunlagan jamoa bu yil qanchalik sakrashga erishganini ko‘ryapsizmi? “So‘g‘diyona” “chaqilmas yong‘oq” kabi raqiblariga jiddiy muammolar tug‘dirdi. To‘g‘ri, mavsum oxirlariga kelganda jamoa ochkolarni boy berdi. Ammo hal qiluvchi oxirgi turda asosiy raqobatchisi – AGMK maydonida oxirgi daqiqada urilgan gol evaziga mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunlashga erishdi. Natija uchun o‘ynash qanday ekanini Baqoyevdan o‘rganish kerak. Uning jamoasi chempionatda o‘z darvozasidan eng kam – 15 ta gol o‘tkazdi xolos. Xullas, o‘tgan yilgi bilan taqqoslaganda eng yaxshi natija “So‘g‘diyona”ga tegishli bo‘ldi.

3-o‘rin: AGMK. O‘tgan yili 3-o‘rin
Mirjalol Qosimov boshchiligadagi olmaliqliklar ikki yildan beri bronza medalni hech kimga bermayapti. Ammo bu yil ikkinchi o‘rin uchun ularda juda yaxshi imkoniyat hosil bo‘lgandi. Oxirgi turda o‘z uyida “So‘g‘diyona”ga yutqazmaganida AGMKni ikkinchi o‘rin bilan tabriklayotgan bo‘lardik. Darvoqe, o‘tgan yili AGMK 49 ochko jamg‘ardi, bu safar esa 47. Ushbu ochko ham jamoaga uchinchi o‘rin uchun yetarli bo‘ldi.

4-o‘rin: “Nasaf”. O‘tgan yili 2-o‘rin
Chempionatda “Nasaf”ga biroz omad yetishmadi. Oxirgi turda o‘z uyida “Lokomotiv”ga yutqazmasdan g‘alaba qozonganidami, o‘tgan yilgi kabi kumush medalga ega chiqqan bo‘lardi. Biroq Qarshidagi mag‘lubiyat tufayli “Nasaf” medallardan quruq qoldi. Shu bois natija bo‘yicha pastladi. Lekin mavsum yakuni qarshiliklar uchun juda omadli kechdi. Kubok finalida “Paxtakor”ni mag‘lubiyatga uchratdi va Osiyo Chempionlar ligasi saralashida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Chempionatda sovrinsiz qolgani biroz kayfiyatni tushirgan bo‘lsa, Kubokni yutish orqali klubning xafagarchiligi tarqab ketdi.

5-o‘rin: “Bunyodkor”. O‘tgan yili 4-o‘rin
Oxirgi marta 2019 yili uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan “Qaldirg‘ochlar” shundan beri mavsumni sovrinsiz yakunlashyapti. O‘tgan yili 4-o‘rin bo‘lsa, bu safar bir pog‘ona pastladi. Qizig‘i, o‘tgan yili 43 ochko to‘plagandi, bu yil 45 ochko ham o‘sha natijani takrorlashga yetarli bo‘lmadi. Buning ustiga “Bunyodkor” asosan o‘zining tarbiyalanuvchilari evaziga ishtirok etayotganini aytish joiz. Bunda bosh murabbiy Shuhrat Maqsudovning ham xizmatlarini alohida e’tirof etsak bo‘ladi. U qo‘lidagi bor masalliqdan unumli foydalanishga harakat qildi.

6-o‘rin: “Lokomotiv”. O‘tgan yili 9-o‘rin
“Mavsum-2020”ga nisbatan solishtirsak, uch pog‘ona yuqoriladi. Ammo umumiy ma’noda aytganda, sovrindor klub uchun o‘rta o‘rinlarda yurish u qadar yarashmasa kerak. Joriy mavsumda maqsad jiddiy edi va kuchli uchtalikka kirish uchun bel bog‘langandi. Shu maqsadda portugaliyalik Mikael Sekeyra taklif qilindi. Lekin bir yilda natija ko‘rsatish oson ish emas. Ustiga-ustak shartnomasi ham tugadi va u klubni tark etdi. “Loko” kelasi mavsum yana avvalgidek kuchli jamoaga aylana oladimi? Buni vaqt ko‘rsatadi.

7-o‘rin: “Navbahor”. O‘tgan yili 8-o‘rin
Namanganliklarning ishtiroki ikki xil taassurot uyg‘otdi. Birinchi davrada qoniqarsiz, ikkinchi davrada esa o‘sish bo‘ldi. Har yili o‘z oldiga chempionlikni maqsad qilib qo‘yadigan jamoani mavsum yakunida asosan o‘rta pog‘onalardan topamiz va bu safar ham shunday bo‘ldi. Lekin klubda oldinga intilish uchun jiddiy ishlar qilinyapti. Chunki yangi mavsumda Samvel Babayan bosh murabbiy sifatida ishga kirishadi. Bu yil esa u mavsumning yarmidan maslahatchi murabbiy sifatida Namanganda faoliyatini boshladi va natijalar ham biroz yaxshilandi. Faqat o‘tgan yilgiga nisbatan bir pog‘ona yuqoriladi xolos.

8-o‘rin: “Qo‘qon-1912”. O‘tgan yili 5-o‘rin
Baxtiyor Ashurmatov jamoasi 2020 yilgi mavsumni faxrli 5-o‘rinda tugatgandi. Ammo bu yil tarkibda u qadar jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmadi va deyarli o‘tgan yilgi futbolchilar saqlanib qolindi. Albatta, klubning maqsadi bor edi. Ammo barcha o‘ylagan rejalari ham o‘xshamadi. Ayniqsa, o‘z maydonidagi uchrashuvlardagi ochkolarning yo‘qotilishi qimmatga tushdi. Lekin esda qolarli g‘alabalar ham bo‘lganini unutmaslik kerak. Ashurmatov esa jamoasining bu yilgi ishtirokidan qoniqmagani aniq. U talabchan murabbiy va jamoasini doim yuqori o‘rinlarda ko‘rishni istaydi. Balki yangi mavsumda qo‘qonliklarni ajoyib sarguzashtlar kutayotgan bo‘lsa ajab emas.

9-o‘rin: “Qizilqum”. O‘tgan yili 11-o‘rin
Navoiy jamoasi birinchi davrada to‘plab qo‘ygan ochkolari evaziga xotirjam bo‘lib qolgan ko‘rinadi. Ikkinchi davrada o‘ziga o‘xshamadi va ko‘plab o‘yinlarda imkoniyatni boy berdi. Chempionat boshida klubning maqsadi sovrindorlar qatoridan joy olish ekanligi aytilgandi. Mavsum yakunida esa “Qizilqum”ni 9-o‘rindan topdik. O‘tgan yili esa 11-pog‘onada yakunlagandi. Aslida bu yil yanada yuqoriroq o‘rinlardan joy olishga haqli edi. Tarkibi ham tajribali o‘yinchilar bilan boyitilgandi. Natija esa shunga yarasha bo‘lmadi.

10-o‘rin: “Metallurg”. O‘tgan yili 7-o‘rin
Bekobod klubi sal qolsa Superligadan tushib ketish xavfi ostida qolgandi. Klubda murabbiylar o‘zgardi, ketma-ket mag‘lubiyatli seriyalarga guvoh bo‘ldik. Oqibatda “Metallurg” juda qiyin ahvolga tushib qolgandi. Mavsum oxirida ispaniyalik mutaxassis qutqaruvchi roliga taklif qilindi. Bir amallab klub Superligada jon saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Umumiy hisobda jamoada pastlash bo‘ldi. Biroq Superligada qolish yo‘lida “tirik” qolgani jamoa uchun yaxshi holat.

11-o‘rin: “Surxon”. O‘tgan yili 12-o‘rin
O‘tgan yilgiga qaraganda “Surxon”ning ko‘rsatkichlari bir muncha yaxshiroq ko‘rinish oldi. Albatta, termizliklar bu yil ham Superligada qolish uchun kurashdi. Bu ishni yaxshi bajarishdi. Chunki mavsum oxirlariga kelganda “Surxon” ta’qibchilarini ortda qoldirib, muddatidan oldin elitada qolish vazifasini bajardi. Aftidan, kelasi yili biz boshqacha “Surxon”ni ko‘radiganga o‘xshaymiz...

12-o‘rin: “Mash’al”. O‘tgan yili 10-o‘rin
O‘tgan mavsumda 10-o‘rinni egallagan klub bu yil ham mavsum mobaynida elitada qolish uchun kurashdi. Bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov asosan yosh, mahalliy o‘yinchilar va afrikalik legionerlar bilan ishladi. Natija esa endi o‘zingizga ayon. Jamoa 12-o‘rinni egallab pley-offga tushib qoldi. Pro liga vakili – “Olimpik”ni mag‘lub etsa Superligadagi o‘rnini saqlab qolardi, biroq muborakliklar yosh raqibiga imkoniyatni boy berdi. Natijada “Mash’al” ham “Turon” va “Andijon”ga qo‘shilib pro ligaga tushib ketdi. Muborakliklar jamoasida moliyaviy qiyinchiliklar borligini eshitgandik. Balki bu ham yakunda natijaga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.

13-o‘rin: “Andijon”. O‘tgan yili 13-o‘rin
Yodingizda bo‘lsa, “Andijon” klubi o‘tgan mavsumda ham 13-pog‘onani band etib pley-offdagi g‘alaba orqali elitada jon saqlab qolgandi. Bu yil ham “Andijon” Superligada qolish uchun kurashdi. Bu borada ularda imkoniyat yaxshiroq ko‘ringandi. Lekin alamli tarzdagi ochko yo‘qotishlar yakunda juda qimmatga tushdi. O‘tgan yilgi natijasini takrorlagan klubga bu yetarli emasdi. “Burgutlar” bemalol jon saqlab qoladigan holatda edi-yu, biroq bu borada ularning omadi chopmadi.

14-o‘rin: “Turon”. O‘tgan yili pro-ligada
Superligada debyutini o‘tkazgan “Turon” bir yilning o‘zidayoq joyiga qaytdi. To‘g‘ri, klub egalari yaxshigina mablag‘ sarflashdi, sharoitlar yaxshilandi. Tarkib yaxshi nomlar evaziga kuchaytirildi. Ammo futbolda doim ham familiyalar muhim rol o‘ynamasligini ko‘rdik. “Turon” klubi butun mavsum davomida autsayder maqomida bo‘ldi va bu tamg‘adan qutula olmadi. Garchi rahbariyat tarafidan barcha sharoitlar yaratib berilgan bo‘lsa-da, natija o‘zini oqlamadi. Mablag‘ taraflama ham muammo ko‘rinmadi. Demak, hamma gap murabbiy va futbolchilarda.

Shuhratbek Jo‘rayev




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 796
  • Eldor Shomurodovning jarohatiga oydinlik kiritildi, lekin... 27 mar, 21:05 644
  • “Bunyodkor” stadionida o‘sha xunuk holat yana takrorlandi 27 mar, 17:43 980
  • Yevro-2024: barcha ishtirokchi jamoalar ma’lum bo‘ldi 27 mar, 07:49 260
  • Gruziya ilk marotaba Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 27 mar, 02:20 211
  • O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarni mag‘lubiyatga uchratdi 27 mar, 02:13 455
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 0
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 0
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 0
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 75
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 32
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 63
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 271
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 68
  • BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda otashkesimni talab qildi. Bu nimani anglatadi? 28 mar, 11:10 62
  • AQSH davlat kotibi Moskvadagi teraktga izoh berdi: «ISHID hamon katta tahdid bo‘lib turibdi» 28 mar, 10:44 73
  • Bobur Yo‘ldoshev birinchi rafiqasining vafoti, to‘yga chiqmasligi va yolg‘izligi haqida gapirdi 28 mar, 10:17 289
  • Putin «Crocus City Hall»dagi terakt tufayli oliy martabali kuchishlatarlarning iste’fosini tayyorlamoqda 28 mar, 09:48 292
  • Bo‘limlar