“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 14:00
ЎЗO‘Z

"Men faqat "Nasaf" haqida o‘ylamoqdaman" - Marko Stanoyevich final oldidan

04 dek, 14:55 2 348 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Men faqat "Nasaf" haqida o‘ylamoqdaman" - Marko Stanoyevich final oldidan Qarshining "Nasaf" jamoasi bugun O‘zbekiston kubogi finalida "Paxtakor"ga qarshi maydonga chiqadi. Mazkur bahs Samarqanddagi "Dinamo" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan ikki jamoada ham jiddiy yo‘qotishlar borligini bilasiz. "Nasaf"ning yetakchisi Marko Stanoyevich bugun jamoasiga yordam bera olmaydi. Biz bu borada finaldan oldin serbiyalik yarim himoyachining fikrlarini tingladik.

- Marko bugun jamoangiz uchun juda muhim kun. Ikki jamoa deyarli bir xil holatda. Shunday ekan finaldan qanday o‘yin kutyapsiz? Extiyotkorlik asosiy planda bo‘ladimi?
- Bugun qaysidir ma’noda futbol bayrami, desam to‘g‘ri bo‘ladi. Finallar doim muxlislar e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelgan. Kecha esa ishqibozlar uchun haqiqiy tantanali jarayonlar bo‘lib o‘tdi. Bugun esa uning davomini ko‘ramiz. Umid qilamanki, ikki jamoa chiroyli futbol ko‘rsatadi. Natija qanday bo‘lishini yakunda ko‘ramiz.

- "Paxtakor"da Dragan Cheran, "Nasaf"da esa siz ishtirok eta olmaysiz. Ikki do‘st finalni birga tomosha qiladimi?
- Bunday mas’uliyatli pallada jamoaga yordam bera olmaslik juda qiyin. Maydon tashqarisida kuzatish undan ham murakkab. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi o‘yinga ruxsat berishiga umid qilgandik. Chunki mavsumning so‘nggi o‘yini qoldi. Lekin bunday bo‘lmadi. Ko‘ramiz, Cheran mendan uzoqlashib ketmasa, finalni birga tomosha qilamiz (kuladi).

- "Nasaf" uchun mavsum hali tugamadi. Shunday bo‘lsada, uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Superliga, OFK kubogidan qanday xulosalar yuzaga keldi?
- Mavsum juda qiyin o‘tdi. O‘zimiz ishtirok etgan musobaqada g‘olib chiqib muxlislarni xursand qilmoqchi edik. Bugun bizda sovrin yutish uchun oxirgi imkoniyat qolgan.

- "Nasaf" bilan shartnomangiz yil oxirida tugaydi. Keyingi rejalashtiringizdan nimalar o‘rin olgan?
- Men faqat "Nasaf" haqida o‘ylamoqdaman. Jamoada qolishdan xursand bo‘lardim. Boshqa takliflar kelib tushmadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 0
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 2
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 109
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 227
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 118
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 147
  • So'nggi yangiliklar
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 1
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 0
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 1
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 12
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 157
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 39
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 51
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 46
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 256
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 130
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 147
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 115
  • Bo‘limlar