“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 04:51
ЎЗO‘Z

Eng qadrsizlangan valyuta ma’lum qilindi

03 dek, 23:36 2 889 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eng qadrsizlangan valyuta ma’lum qilindi Foto: Reuters
Turk lirasi noyabrda dollarga nisbatan eng qadrsizlashgan valyuta bo‘ldi. Bunday ma’lumotni SberCIB Investment Research tahliliy jamoasining valyutalar bozori va foiz stavkalari bo‘yicha mutaxassisi Yuriy Popov keltirib o‘tdi.

Lira noyabr oyi davomida dollarga nisbatan 29 foizga qadrsizlashgan. Rossiya rubli bir oy ichida dollarga nisbatan 4 foiz, rivojlangan va rivojlanayotgan boshqa davlatlar valyutalari 1-3 foizga qadrsizlashgan. Misol uchun, yevro dollarga nisbatan 2 foizga, Britaniya funt sterlingi esa 3 foizga arzonlashgan.

Popovning fikricha, rubl arzonlashishiga ikkita omil: geosiyosiy keskinlik va AQSH Federal zaxira tizimi pul-kredit siyosatini qat’iylashtirishi kutilayotgani sababli dollarning kuchayishi, bundan tashqari, koronavirusning yangi shtammi tarqalishi haqidagi xabarlar ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Avvalroq Fitch xalqaro reyting agentligi Turkiya reytingini “barqaror”dan “salbiy”gacha pasaytirdi. Ekspertlarning fikricha, Turkiyada inflyatsiya yil oxirigacha 25 foizga yetadi va baholanuvchi davlatlar orasida eng yuqorilaridan biri bo‘lib qoladi. 2022-2023 yilda mamlakatda inflyatsiya 20 foiz atrofida bo‘ladi. Fitch prognoziga ko‘ra, Turkiyaning davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 47 foizigacha o‘sadi.

Turkiyada inflyatsiya noyabrda oxirgi 3 yil ichida eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilib, 21 foizdan oshdi. Turk lirasi bir yil ichida o‘z qiymatining yarmini yo‘qotgan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, lira kursi bir dollarga 13,89gacha tushib ketgan va bu yangi antirekord hisoblanadi.

Turk milliy valyutasi Turkiya markaziy banki mamlakatda rekord darajada inflyatsiya bo‘lishiga qaramay, tayanch foiz stavkasini 16 foizdan 15 foizgacha tushirgandan keyin keskin qadrsizlandi. Keyinroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tayanch stavkasi yanada pasaytirilishini aytgan.

O‘zbek so‘mi ham noyabr oyi davomida dollarga nisbatan 1 foizdan ko‘proqqa arzonlashdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, oy boshida bir dollar Markaziy bank kursi bo‘yicha 10674 so‘m turgan bo‘lsa, oy oxirida bu ko‘rsatkich 10787 so‘mni tashkil qilgan. 3 dekabrdagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, bir dollar 10760 so‘mni tashkil qilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 51
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 59
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 115
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 215
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 64
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 127
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 47
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 52
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 55
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 90
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 168
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 135
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 84
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 85
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 169
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 473
  • Bo‘limlar