“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 15:37
ЎЗO‘Z

Yangi ko‘rinishdagi 50 ming va 100 ming so‘mlik banknotlar chiqariladi

03 dek, 22:39 3 781 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi ko‘rinishdagi 50 ming va 100 ming so‘mlik banknotlar chiqariladi O‘zbekistonda yangi ko‘rinishdagi 50 va 100 ming so‘mlik banknotlar chiqarilishi kutilmoqda. Bu ma’lumotni Markaziy bank matbuot xizmati tasdiqladi.

Yangi ko‘rinishdagi pullar qachon chiqarilishi ma’lum emas. “Chiqishga yaqin qolganda xabar beramiz. Batafsil ma’lumotlar e’lon qilinadi”, – dedi MB raisining matbuot kotibi Akmal Nazarov.

26 avgustdan boshlab O‘zbekistonda yangi ko‘rinishdagi 5 000 va 10 000 so‘mliklar muomalaga chiqarila boshlangandi.
O‘shanda yangi ko‘rinishdagi banknotlarni chiqarish pullarda zamonaviy himoya elementlarini qo‘llash bilan bog‘liq ekani aytilgandi.

Bugungi kunda “Davlat belgisi” DUKda modernizatsiya ishlari amalga oshirilgani uchun banknotalarimizda zamonaviy himoya elementlarini qo‘llash va har xil formatlarda raqamlash hamda laklash imkoniyati yaratildi. Jahon amaliyotida har bir mamlakatda banknotlarning tasvirlari yagona mavzu atrofida mujassamlashgan bo‘lib, xuddi shu kabi bizning banknotlarimiz dizaynini ham yagona mavzu atrofida birlashtirish maqsad qilingan. Bu mavzu Buyuk ipak yo‘li va mamlakatimizning qadimiy tarixiga qaratilgan. Jumladan, joriy yilning iyun oyidan muomalaga chiqarilgan 2 000 va 20 000 so‘mlik banknotlar va chiqishi rejalashtirilayotgan 5 000 va 10 000 so‘mlik banknotlar mavzusi Buyuk ipak yo‘li mamlakatimiz tarixiga bag‘ishlangan”, – degandi o‘shanda Markaziy bank mas’uli Zafar Asadov.

Bundan ko‘rinadiki, yangilanishi kutilayotgan 50 va 100 ming so‘mlik banknotlarni chiqarishdan maqsad – kupyuralarni yagona mavzu atrofida birlashtirish va zamonaviy himoya elementlarini qo‘llash bo‘lishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 51
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 60
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 215
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 0
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 0
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 0
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 35
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 85
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 71
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 71
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 88
  • Bo‘limlar