“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 17:49
ЎЗO‘Z

"Paxtakor"dagi final oldidan yo‘qotishlar, kubok qo‘lga kiritilsa jamoa rag‘batlantiriladimi? - Piter Xyuistra

03 dek, 20:26 2 142 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Paxtakor"dagi final oldidan yo‘qotishlar, kubok qo‘lga kiritilsa jamoa rag‘batlantiriladimi? - Piter Xyuistra 4 dekabr kuni Samarqandda O‘zbekiston kubogi final bahsi o‘tkaziladi. Bugun uchrashuvdan oldingi matbuot anjumani tashkil etildi. Unda dastlab, "sherlar" ustozi Piter Xyuistra, futbolchilar Doston Hamdamov va Hojimat Erkinov ishtirok etdi.

Piter Xyuistra: Finalga qadar yetib kelgan barchaga rahmat. Shu bosqichga kelganimizdan xursandman. Lekin bu bilan cheklanmaymiz va ertaga oldimizga qo‘ygan vazifani bajarishimiz lozim.

Raqibning o‘yinini gapirganimdan ko‘ra o‘z jamoa haqida gapirmoqchiman. Cheran va A’zamov bizning yetakchilarimiz. Ularsiz harakat qilishi qiyin. Biroq tarkibimizdagi boshqa futbolchilar ularning o‘rnini to‘ldirishga va bu yo‘qotishlarni bilintirmaslikka urinadi, deb o‘ylayman.

Final nafaqat "Nasaf" uchun, balki biz uchun ham muhim bahs hisoblanadi. Chunki "Paxtakor" uchun ham yilni sovrin bilan tugatish muhim.

"Paxtakor" kubokni qo‘lga kiritsa, qandaydir mukofot va’da qilinganmi? Finaldan oldin futbolchilarga qandaydir rag‘batlantirish haqida gapirish qiyin. Chunki ularning e’tibori o‘yinga qaratilishi lozim. Tarkibimizda yoshlar ham bor. Shu bois ertangi o‘yin ularning butun fikri hayoliga aylanishi lozim.

Finaldan keyin jamoadagi faoliyatim haqida hozir biror gap aytish qiyin. Shaxsan menga O‘zbekiston yoqadi. Jamoadagi barchasi meni qoniqtirmoqda. Keyingi rejalar haqida o‘yindan keyin rahbariyat bilan gaplashib olamiz.

Doston Hamdamov: Finalni intizorlik bilan kutdik. Ertaga qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshirishga urinamiz. Hammaning kayfiyati yaxshi.

Hojimat Erkinov: Finalga yetib kelganimizdan xursandmiz. Finalda g‘alaba qozonishga intilamiz. Faoliyatimni legioner sifatida davom ettirishim mumkinmi? Bo‘lishi mumkin. Ammo bu haqda hozir aniq biror narsa deya olmayman. O‘zimga qolsa, kuchli beshlikka o‘tish yoki ikkinchi darajali chempionatlarga yo‘l olish varianti oldimda tursa, men ikkinchi yo‘lni tanlar edim. Masalan, Rossiya Premer-ligasi.

Stadionga qancha ko‘p muxlis kelsa, o‘yin shuncha chiroyli bo‘ladi. Shuning uchun tomoshabinlarni stadionga chorlab qolamiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 2
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 867
  • Eldor Shomurodovning jarohatiga oydinlik kiritildi, lekin... 27 mar, 21:05 665
  • “Bunyodkor” stadionida o‘sha xunuk holat yana takrorlandi 27 mar, 17:43 1 026
  • Yevro-2024: barcha ishtirokchi jamoalar ma’lum bo‘ldi 27 mar, 07:49 264
  • Gruziya ilk marotaba Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 27 mar, 02:20 211
  • So'nggi yangiliklar
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 0
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 0
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 12
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 288
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 450
  • Bo‘limlar