“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 21:01
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda qishning dastlabki kunlarida anomal iliq bo‘lishi kutilmoqda

29 noya, 15:10 1 722 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda qishning dastlabki kunlarida anomal iliq bo‘lishi kutilmoqda «O‘zgidromet» qishning dastlabki kunlari anomal iliq ob-havo bilan boshlanishini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 29—30 noyabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quyoshli va ochiq kun bo‘lishi kutilmoqda. Tushdan so‘ng havo 12-17 daraja iliqqacha isiydi, kechalari havo harorati 3-6 daraja iliqni tashkil etadi.

1—2 dekabr kunlari janubiy hududlardan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Harorat kechalari 6-9 darajagacha iliq, kunduz kunlari esa 17-22 darajagacha iliq bo‘ladi. Bu dekabr oyi boshi uchun bo‘lgan me’yordan 8-11 darajaga yuqoridir.

Faqat 2 dekabrda shimoliy hududlarga biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi, buning hisobiga Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

3 dekabrda havo massalarining kirib kelishi respublikaning qolgan hududlariga tarqaladi. Respublikaning ayrim tumanlarida (shimoliy hududlar va Farg‘ona viloyatidan tashqari) biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli istisno emas. 3 dekabrda harorat foni nisbatan pasayadi, lekin hali ham me’yordan yuqori bo‘ladi. Kunduz kunlari havo harorati 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, dam olish kuni sovuq antisiklon respublika hududidan asta-sekin chekinib, respublika bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijonda elektr korxonasi muhandislari qo‘lga olindi 29 mar, 20:11 0
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 113
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 148
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya yana Ukraina energetika tizimiga yopirilma zarbalar yo‘lladi 29 mar, 20:50 0
  • Maksim Shatskix: "Ukraina terma jamoasi hozirgi tarkib bilan Yevroda uzoqqa borishi mumkin" 29 mar, 20:30 1
  • Andijonda elektr korxonasi muhandislari qo‘lga olindi 29 mar, 20:11 0
  • AQSHning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi 29 mar, 19:49 3
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 25
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 11
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 113
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 205
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 45
  • Bo‘limlar