“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 15:24
ЎЗO‘Z

Salbiy rollari bilan mashhur bo‘lsa-da, qalbi mehrga to‘la hind aktyori — Shakti Kapur haqida

27 noya, 21:48 3 402 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Salbiy rollari bilan mashhur bo‘lsa-da, qalbi mehrga to‘la hind aktyori — Shakti Kapur haqida Foto: «Yandeks Dzen»
Hind kinosanoatida gavdalantirgan salbiy qahramonlari bilan ma’lum bo‘lgan Shakti Kapurning hayoti va ijodi bilan bog‘liq qiziqarli faktlarni havola etamiz.

Kino va televideniye institutini bitirgan Sunil Sikanderlal Kapurga ilk bor salbiy qahramon roli taklif qilingan. Ismini bunday obrazga to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblagan Sunil Shakti Kapur sifatida ko‘rinish berishni afzal bilgan. Institutni tamomlaganidan keyin Mumbayga ko‘chib o‘tgan aktyor keyinchalik model sifatida pul topa boshlagan. O‘z vaqtiga nisbatan yaxshi daromadga ega bo‘lganiga qaramay, ko‘proq narsaga erishishni orzu qilgan. Kunlardan bir kuni taqdir uni rejissyor Feroz Xon bilan uchrashtirgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
«Mercedes’ning yangi modeli kelib urilganida men o‘zimning eski avtomashinamda edim. Janjallashish uchun yo‘lga chiqib qarasam, mashina ichidan Feroz Xon chiqib kelyapti. Men nima deyishni bilmay qotib qoldim. Qanday qilib janob, men kinoinstitut talabasiman, ismim Shakti Kapur va siz bilan ishlashni istagan bo‘lardim. Menga filmdan rol bera olasizmi, deganimni bilmay qoldim», — degan u.

Foto: «Yandeks Dzen»
«Qurbon» (Qurbani) film shu tarzda suratga olingan va unda aktyor ikkinchi darajali salbiy qahramon rolini ijro qilgan. Keyinchalik esa «Rokki»(1981) filmi ham taqdim qilingan. 1980 yillarda asosan salbiy qahramonlarni gavdalantirgan Shakti keyinchalik turli emotsiyalar talab qilinadigan filmlarda ikkinchi darajali rolni o‘ynagan. O‘zi haqida gap ketganda u hamisha hazilomuz tarzda quyidagi fikrlarni bildiradi: «Aftidan, men Dxarmendra, Feroz Xon, Vinod Kxannalarning qahramonlari keyinchalik ularning o‘g‘illariga qarama-qarshi salbiy qahramon bo‘lgan yagona aktyor bo‘lsam kerak».

Foto: «Yandeks Dzen»
U turmush o‘rtoq sifatida hamkasbi Shivangani tanlagan. 1980 yil Shakti Mithun Chakraborti bosh qahramonni gavdalantiradigan «Qismat» (Kismet) filmida suratga tushish uchun shartnoma imzolagan. Mithunning singlisi rolini Padmini Kolxapura o‘ynashi kerak bo‘lgan, ammo u loyihada ishtirok eta olmagan. Variantlar kam bo‘lgani uchun prodyuserlar Padminining katta opasi Shivangi bilan shartnoma imzolagan. Shivangi va Shaktining suratga tushish vaqti turli bo‘lgan, ammo bir kuni mos kelib qolgan sahnalar sabab ular bir-biri bilan uchrashib qolgan. Shivangining aytishicha, bu bir ko‘rishdagi sevgi bo‘lgan. Film muvaffaqiyatli chiqmasa-da, 16 yashar Shivangi va 28 yashar Shaktining hayotida muhim ahamiyat kasb qilgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Ikki yil uchrashib yurgan juftlik 1982 yil, Shivangi 18 yoshga to‘lganida turmush qurishga ahd qilgan. Ammo Shivangining oilasi konservativ bo‘lgan — qizlarga sochni yoyib yurish mumkin emasdi, sevib turmush qurish haqida-ku, gapirmasa ham bo‘laveradi. Yigit asosan salbiy qahramonlarni gavdalantirgani sababdir balki, qizning ota-onasi ularning turmush qurishiga keskin qarshilik qilgan. Nima qilishni bilmay qolgan yoshlarning uydan qochib, turmush qurishdan boshqa chorasi qolmagan. Shundan keyin uyga qaytmagan Shivangidan ota-onasi voz kechgan. Ammo ko‘p yillik turmush va ikki nafar farzand dunyoga kelganidan keyin, biroz yumshab, uning qaytishiga rozi bo‘lishgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Dastlab bu vaqtlar yosh Shivangi uchun oson bo‘lmagan, ammo shunga qaramay, Shakti bilan yashash fikridan qaytmagan. 1984 yilda juftlikning ilk farzandi Siddant, 1987 yilda esa Shraddxa Kapur dunyoga kelgan. Avvaliga rejissyor assistenti bo‘lib ish boshlagan Siddant keyinchalik aktyor sifatida faoliyat boshlagan. 2010 yilda «Uchta karta» (Teen Patti) filmida debyut rol ijro qilgan Shraddxa Kapur Bollivudning bugungi kundagi yangi avlodlari orasidagi eng yaxshi aktrisalardan biri. 2015 yil bergan intervyusida Shakti Kapur qizining kinosanoatdagi muvaffaqiyatlardan xursand ekanligini ta’kidlaydi.

Foto: «Yandeks Dzen»
«Bugungi kunda odamlar meni Shraddxining otasi deb ataydi va men bu bilan faxrlanaman», — degan aktyor. Shaktining oilasi hamisha oddiy bo‘lgan. U uyda farzandlarini doimo qo‘llab-quvvatlaydigan sevimli ota va turmush o‘rtoq hisoblanadi. 2017 yilgi intervyuda uning o‘g‘li: «Otam o‘zining ekrandagi qahramonlaridan keskin farq qiladi. U juda ham bag‘rikeng, sobitqadam va quvnoq odam», — degan. Aktyor hayotda chindan ham xushchaqchaq inson. Odamlar u aytgan latifalardan ichagi uzilib qolguncha kuladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 33
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 19
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 226
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 310
  • Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQSHda o‘tkazilgan kinofestivalda e’tirof etildi 17 apr, 16:38 84
  • Kino sohasida ham muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur xonandalar 15 apr, 22:22 141
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 0
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 0
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 0
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 4
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 10
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 39
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 18
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 311
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 149
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 33
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 15
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 87
  • Bo‘limlar