“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 11:55
ЎЗO‘Z

Navalniy o‘zi saqlanayotgan koloniya rahbariyatini 4 marta sudga berdi

25 noya, 08:00 1 645 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Navalniy o‘zi saqlanayotgan koloniya rahbariyatini 4 marta sudga berdi Pokrovdagi «IK-2» koloniyasi
Foto: AP Photo

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy Vladimir viloyati Pokrov shahridagi o‘zi jazo o‘tayotgan 2-sonli koloniya rahbariyatini yana sudga berdi, deb yozadi Meduza.

Navalniy 18 noyabr kuni sudga murojaat qilgan. Sud ishi materiallarida da’vogarning vakili sifatida ko‘rsatilgan advokat Vadim Kobzev bu borada hozircha izoh bermagan.

Sudning «TASS» agentligiga ma’lum qilishicha, Navalniy koloniya komissiyasining uni «ekstremistik g‘oyaga e’tiqod qiluvchi, terrorchilik va ekstremistik ruhdagi jinoyatlarni sodir etishga moyil shaxs» sifatida profilaktik hisobga kiritgan qarorini noqonuniy deb topishni so‘ramoqda.

Bu Aleksey Navalniyning Pokrovdagi 2-koloniyaga qarshi to‘rtinchi marta da’vo qo‘zg‘atishi. Iyun oyida Vladimir viloyatidagi Petushinskiy sudi muxolifatchining da’vosini rad etgan. O‘sha arizasida u qochishga moyil shaxs sifatida ro‘yxatga olingani noqonuniy deb topilishini talab qilgandi. Oktabr oyida Navalniy qochishga moyil mahbuslar ro‘yxatidan o‘chirildi, ammo ekstremist va terrorchi sifatida ro‘yxatga olindi. Navalniyning fikricha, «bu yaxshi», chunki endi u kamroq tekshiruvlardan o‘tadi.

«Bu yaxshi yangilik. ‘Ekstremist’ va ‘terrorchi’ deya hisobga olinish ‘qochoq’ kabi charchatmaydi. ‘1976 yilda tug‘ilgan Aleksey Anatolevich Navalniy IK-2, 2-bo‘linma hududida noqonuniy ushlab turilibdi’ iborasini nazarda tutdim. Men bu iborani videoregistratorga 1669 marta aytganman (shu tariqa mahbusning qochib ketmagani har ikki soatda tekshiriladi). Men bundan o‘lguday charchaganman», — deya muxolifatchining so‘zlari keltirilgan uning Instagram sahifasida.

Shuningdek, Aleksey Navalniy «IK-2»ga qarshi yana ikkita da’vo arizasi bilan chiqqan, ulardan birida Navalniy olgan gazetalaridan maqolalar qirqib olingani, ikkinchisida koloniya zobitlari unga Qur’on va Injilni berishdan bosh tortgani ustidan shikoyat qilgan. Oxir-oqibat Navalniy da’volardan voz kechgan, chunki unga so‘ralgan kitoblar berilib, uning gazetalaridan maqolalarni qirqish to‘xtatilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 1
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 0
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 82
  • So'nggi yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 0
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 0
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 5
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 62
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 7
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 16
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 82
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 76
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 111
  • Bo‘limlar