“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 19:32
ЎЗO‘Z

18 karra jahon chempioni "Paxtakor"ning mashhur futbolchisi haqida so‘z yuritdi...

24 noya, 21:48 2 320 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
18 karra jahon chempioni "Paxtakor"ning mashhur futbolchisi haqida so‘z yuritdi... Xabaringiz bor, 20 noyabr kuni Toshkent shahrida professional muaytay kechasi tashkil etildi. Mazkur jang oqshomida yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari ringga ko‘tarildi. Kechaning faxriy mexmoni esa, 18 karra jahon chempioni gretsiyalik Mayk Zambidis bo‘ldi. Biz ushbu muaytay olamining tirik afsonasi bilan qisqacha suhbat qurdik.

- O‘zbekistonga xush kelibsiz!
- Rahmat. Yurtingizda ekanligimdan xursandman.

- Nazarimda ilk bor tashrifingiz. Umuman O‘zbekiston xaqida taassurotlar qanday edi?
- Albatta, O‘zbekiston haqida ko‘p eshitganman. Qolaversa, o‘zbekistonlik ko‘p sportchilarni bilaman.

- Qaysi sportchilarimiz?
- To‘g‘risi, hozir ism-shariflari yodimda yo‘q. Muaytay, K-1 yo‘nalishida bir nechta yuqori darajadagi vatandoshlaringizni janglarini kuzatganman.

- Bilasizmi, O‘zbekistonda tavallud topgan ko‘plab greklar keyinchalik Gretsiyaga ko‘chib ketishgan. Ular orasida eng mashhurlaridan biri bizning"Paxtakor" hamda Gretsiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Vasilis Xadzipanagis ham bor. U haqida bilsangiz kerak?
- Ha, yonimdagi hamrohim ham (Georgios Skarpotxeos Qo‘qonda tavallud topgan) O‘zbekistonda tug‘ilgan. To‘g‘risi, siz aytgan inson haqida ma’lumotga ega emasman.

- Nahotki, Gretsiyaning eng mashhur futbolchilaridan birini tanimasangiz?
- Ochig‘i futbolchilarni unchalik tanimayman.

- 18 karra jahon chempionisiz, bu faqat muaytay yo‘nalishida erishilgan natijalarmi?
- Yo‘q. K-1 bo‘yicha ham bor.

- Faoliyatingizga e’tibor qaratsak, rossiyalik Batu Xasikov bilan ikki bor to‘qnash kelgansiz va har ikkisida ham mag‘lubiyatga uchragansiz. Ushbu raqibingiz siz uchun juda noqulaymidi?
- Yaxshi jangchi. Albatta, sportda g‘alaba bilan mag‘lubiyat doimo, yonma-yon yuradi.

- Mayk vaqt ajrata olganingizdan xursandmiz. Kelgusi faoliyatingizga omad tilaymiz!
- Rahmat!




Mavzuga oid yangiliklar
  • "Andijon"ning toza goli inobatga olinmagan, "Nasaf" tepgan penalti noto‘g‘ri, lekin ... 16 apr, 19:13 0
  • Abbosbek Fayzullayev RPLning 24-tur ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi 15 apr, 20:05 117
  • Osiyo kubogi U-23. Abbosbek Fayzullayev futbolchilar orasida eng qimmati 15 apr, 19:13 358
  • Fayzullayev «Transfermarkt» nashrining ramziy terma jamoasidan joy oldi 15 apr, 18:08 140
  • Xose Venansio Lopes: "Maqsadimiz – Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish" 15 apr, 17:47 169
  • Eldor Shomurodov kechagi uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi? 15 apr, 17:30 587
  • So'nggi yangiliklar
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 0
  • Crocus terakti bo‘yicha ayblanayotgan ikki tojikistonlik hibsga olinishi yuzasidan shikoyat qildi 16 apr, 18:30 1
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 16 apr, 18:17 0
  • O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda 16 apr, 17:42 14
  • Cobalt avtomashinasida salkam 30 mln. so‘mlik jarima aniqlandi 16 apr, 17:02 12
  • Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang” 16 apr, 16:25 61
  • Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi 16 apr, 15:59 20
  • Netanyahu Isroil Eron hujumiga qanday javob bermoqchiligini aytdi 16 apr, 15:03 216
  • O‘zbekistonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda 16 apr, 14:43 54
  • Isroil Eronga zarba berishdan boshqa chorasi yo‘qligini e’lon qildi 16 apr, 14:20 218
  • Ozarbayjon TIV Armanistonga chaqiriq bilan chiqdi 16 apr, 13:46 132
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs «soliq»da onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin 16 apr, 13:23 48
  • Bo‘limlar