“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 21:19
ЎЗO‘Z

Maqsuda Vorisova va Alisher Qodirov Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi

25 okt, 21:13 1 795 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maqsuda Vorisova va Alisher Qodirov Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi Xalq demokratik partiyasi raisi o‘rinbosari, partiya nomidan prezidentlikka nomzod bo‘lgan Maqsuda Vorisova Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

«Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidentligiga bo‘lib o‘tgan saylov natijalari bo‘yicha O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev juda katta farq bilan g‘olib chiqqanini e’lon qildi. XDPdan ko‘rsatilgan nomzod 6,6 foiz bilan 2-o‘rinni egalladi. Biz buni xalqimiz siyosiy irodasining amaldagi ifodasi deb bilamiz va saylov natijalarini to‘la-to‘kis tan olamiz», — dedi u partiya tashkil etgan brifingda.

Maqsuda Vorisova «xalqning ushbu tanlovini hurmat qilishini va qadrlashini» ta’kidladi.

«Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilib, e’lon qilingan ‘Yangi O‘zbekiston strategiyasi’ xalqimizning qalbidan chuqur o‘rin egalladi. Biz ham, o‘z navbatida, saylangan prezidentga xalqimiz farovonligini ta’minlash va yurtimiz ravnaqiga qaratilgan ulug‘vor maqsadlarni ro‘yobga chiqarishda hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda o‘zimizning hissamizni qo‘shishga va tinimsiz ishlashga tayyorligimizni bildiramiz», — deya qo‘shimcha qildi Maqsuda Vorisova.

Bundan tashqari, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov ham Shavkat Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi.

Alisher Qodirovning o‘zi esa saylovchilarning 5,5 foiz ovozini qo‘lga kiritdi. Shu munosabat bilan 25 oktabr kuni «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashida brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar qildi.

Brifingda Alisher Qodirov so‘zga chiqib, O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi muhim siyosiy voqea – O‘zbekiston prezidenti saylovi nihoyasiga yetgani va ushbu saylov natijalarini esa keyingi yillarda mamlakatni yangilash, hayotning barcha sohalarini yanada demokratlashtirishga qaratilgan siyosat in’ikosi bo‘lganini qayd etdi.

«Alisher Qodirov Shavkat Mirziyoyevni o‘zi va partiya nomidan samimiy tabriklab, barchaning umumiy maqsadimiz bo‘lgan ona Vatanimizning taraqqiyoti va xalqimizning farovonligi yo‘lida qo‘lni-qo‘lga berib, birgalikda faoliyat ko‘rsatishimiz lozimligini ta’kidladi», – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 80,1 foiz foiz ovozi bilan ikkinchi muddatga qayta saylandi.

Shuningdek, XDP nomzodi Maqsuda Vorisova 6,6 foiz, «Milliy tiklanish» nomzodi Alisher Qodirov 5,5 foiz, Ekopartiya nomzodi Narzullo Oblomurodov 4,1 foiz va «Adolat» nomzodi Bahrom Abduhalimov 3,4 foiz ovoz oldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 1
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 5
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 111
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 91
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 77
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 97
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 1
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 0
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 1
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 5
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 48
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 61
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 86
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 44
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 78
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 50
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 113
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 34
  • Bo‘limlar