“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2021, 15:52
ЎЗO‘Z

Haqiqatni aytgan faqat Mikael Sekeyra emas

24 okt, 20:00 1 076 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Haqiqatni aytgan faqat Mikael Sekeyra emas "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra kecha "Qo‘qon-1912" bilan uchrashuvdan so‘ng yorildi. Ha, haqiqatdan ham ichidagi bor gapni to‘kib sochdi.
"Men o‘zimning fikrimni aytaman. O‘zbekistonda futbolning rivojlanishi uchun bitta yo‘l bor. Akademiyalar ochilmoqda. Bu narsa hal qilib bermaydi. O‘zbekiston UYEFAga a’zo bo‘lganidan so‘ng ko‘tariladi. Osiyoda qolar ekan, bunday tizim bilan hech qachon mundialga chiqa olmaydi. Bu tizim o‘zbek futboliga yakun yasab beradi. UYEFAda hakamlar boshqacha bo‘ladi, futbolchilarning bir-biriga bo‘lgan hurmati o‘zgaradi. Maydonda bir-birini urib sindirmaydi. Munosabat boshqa tomonga buriladi. Bir kun ketadigan bo‘lsam, juda hafa bo‘lib ketaman. Chempionat yakunlangach uyimga yo‘l olaman. Hafa bo‘ladigan tomonim, bu yerda yaxshi futbolchilar bor. Biroq mazkur tizim,chempionat, hakamlar, akademiyalar ko‘paymasa, UYEFAda bo‘lmasa, hech qachon Jahon chempionatiga bormaydi. Men omad tilayman. Yurtingizda yaxshi insonlarni ko‘rdim. Ammo, shu ketish bo‘lsa, cho‘kishda davom etadi. Men bor haqiqatni aytaman, tamom".

Shu kungacha matbuot anjumanlarida portugaliyalikni bunchalik ehtiros va alam bilan gapirganini ko‘rmaganman. Iloji boricha qisqaroq fikrlarini bayon qilishga harakat qilgan. Haqiqatni aytayotgan, so‘qir ko‘zlarimizni ochishga da’vat qilayotgan faqat Sekeyrami? Quyida avvalgi mavsumlarda chempionatimizda faoliyat olib borgan Andrey Kanchelskis, Shota Arveladzening mulohazalarini keltirsam.

Andrey Kanchelskis 2020 yilgi Superliganing 10-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Navbahor" (1:1) uchrashuvidan keyin quyidagilarni aytgandi.

"Rostini aytganda tashkilotchilarni umuman tushunmadim. Markazlashtirilgan holda o‘tkazish haqida videokonferensiyada barchamiz o‘yinlarni 18:00dan keyin o‘tkazishga kelishib olgandik. Negadir biz 17:00da o‘ynadik. Nima uchun kimgadir mumkin, kimgadir mumkin emas. Menga aytingchi, "Paxtakor" 17:00da o‘ynayaptimi? Agar bugun xudo ko‘rsatmasin futbolchilardan birini boshini oftob urganda va o‘zidan ketib qolganda nima bo‘lardi? Futbolchining ota-onasining ko‘ziga qanday qarardingiz? Qozonning "Rubin" klubida Bistrov shunday bo‘lgandi...

Soat 5da o‘ynadik, ustimizdan kulayapsizmi? Kelinglar unda 15:00da o‘ynaylik. Bu futbol emasku. Yana maydonning holatini qarang. Bugun Superligada bitta o‘yin va biz eng yomon maydonda o‘ynadik. Nima uchun u holda markazlashgan holda o‘ynayapmiz? Kimga kerak bunday markazlashgan chempionat? Markazlashgan tarzda o‘tkazilayotgan ekan unda sharoit yaratib beringlar. Yoki suv yo‘q, yoki boshqa narsa yo‘q. Futbolchilarni ustidan kulish yaxshi emas
",- degan edi rossiyalik mutaxassis.

Endi esa Shota Arveladazening 2018 yil "Buxoro" bilan o‘yindan keyingi fikrlarini tinglaymiz.

"Barcha xato qiladi tan olaman, lekin bu endi juda shubhali. Agar videoni ko‘rsangiz bilasiz. Golni bunday bekor qilishmaydi. Agar bu hakamlar ishlashni bilishmasa o‘qib o‘rganishsin. Men boshidan hakamlarni yonini olib kelganman. Futbol, muxlislar, hakamlar va maydon barchasi bitta narsa. APL, Ispaniya chempionati qanday desam hamma maqtaydi. Sababi u yerda barcha narsa bor",- degan edi gruziyalik murabbiy.

2018 yil Namanganda "Navbahor" bilan 3:3 hisobida durang qayd etilgan bahsdan so‘ng Shota Arveladaze maydon holati haqida gapirgandi.

"Maydon holati haqida ilk bor bu yerda gapirib turibman. Avval yutqazganimiz bois bahona bo‘lib qolmasligi uchun ham bu haqda og‘zimni ochmagandim. O‘tgan safar bu maydonda nimalar topganimiz haqida hozir gapirmoqchi emasman. Men hech kimni ayblamoqchi yoki kimnidir barmog‘im bilan ko‘rsatmoqchi emasman. Shunchaki bu maydon bizga, "Navbahor"ga futbol o‘ynash uchun halaqit bermoqda. O‘zbekistondagi eng zo‘r muxlislar, eng yaxshi muhit Namanganda. Ammo maydon juda achinarli holatda. Agarda gapim kimgadir tegib ketgan bo‘lsa yoki kimnidir xafa qilgan bo‘lsam uzr. Ammo bor haqiqatniaytyapman. Masalan, Turg‘unboyev yaxshi sifatdagi maydonda yomon o‘ynaydimi? "Navbahor"ni o‘yini kuchayishi, umuman o‘zbek futboli rivojlanishi uchun avvalo, maydonlarni yaxshilash kerak. Futbolni maydonda o‘ynaladi",- degan edi Shota Arveladze.

Qachongacha chetdan kelib ustimizdan kulib ketishadi. Ular bor haqiqatni aytadi, tamom. Nari borsa esa ishdan ketib yurtiga jo‘nab ketadi. Lekin izza bo‘lib qolayotgan o‘zimiz. Shota Arveldazening maydon borasidagi tanqididan so‘ng Namangandagi "Markaziy" stadion chimi yangilandi. Kanchelskisning TTYMI maydonidagi tashkilotchilik haqidagi bayonidan keyin bu maydonda boshqa Superliga o‘yinlari o‘tmaydigan bo‘ldi. Sekeyraning gapidan so‘ng nima o‘zgaradi? Nega aynan biror xorijlik kelib ko‘zimizni ochmaguncha qo‘limizni sovuq suvga urmaymiz? Men maqtamoqchi yoki ularni oppoq farishta demoqchi emasman. Shunchaki o‘zimizning kamchiliklarimizni bilgan holda bajarib qo‘yaylik. Zero birov kelganidan so‘ng uyalib izza bo‘lib qolmasligimiz uchun. Xo‘ja ko‘rsinga emas, o‘zimiz uchun ham xatolarni to‘g‘irlashni o‘rganishimiz lozim. O‘sha maydon, projektor, akademiyani chetdan kelgan murabbiy uyiga olib ketmaydi-ku.

Abdulaziz Iskandarov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mikael Sekeyradan achchiq gaplar: "Shu tizim bo‘lsa, O‘zbekiston hech qachon Jahon chempionatiga chiqa olmaydi" 23 okt, 18:58
  • Mikael Sekeyra: "Andijon" 8-9 nafar futbolchi bilan himoyalandi" 17 okt, 21:22
  • Mikael Sekeyra: "Bir soat davomida 10 kishi bo‘lib o‘ynaganimiz sezilmadi" 01 okt, 23:31
  • Mikael Sekeyra: "Penalti o‘yin taqdirini o‘zgartirib yubordi" 21 sen, 23:20
  • Mikael Sekeyra: "Lokomotiv" yana bir bor o‘zining yaxshi o‘yinini namoyish etdi. Afsus, g‘alabani ushlab qola olmadik" 07 avg, 23:57
  • Anchelotti: Ronalduning yagona xatosi «Yuventus» safiga o‘tgani bo‘ldi 23 okt, 16:30
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda qishning dastlabki kunlarida anomal iliq bo‘lishi kutilmoqda 29 noya, 15:10 0
  • Ijtimoiy tarmoqda shov-shuv ko‘targan voqea: O‘zMU talaba qizlari nega banner ko‘tarishdi? 29 noya, 14:43 1
  • AQSH mudofaa vazirligi «uchar likopchalar» jumbog‘ini yechishga qat’iy kirishdi 29 noya, 14:12 1
  • Tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 830 so‘mga qadar ko‘tarildi 29 noya, 13:47 55
  • O‘zbekiston MTJ Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi 29 noya, 13:29 87
  • Raniyaning parhezi: Iordaniya qirolichasining sarvqomatlik siri nimada? 29 noya, 13:00 47
  • Toshkent viloyatida «rahnamo» qo‘lga tushdi 29 noya, 12:37 182
  • Bugun “Oltin to‘p-2021” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi 29 noya, 12:12 192
  • Mourinyu: "Men 5:0 hisobidan ko‘ra minimal hisobda g‘alaba qozonishni afzal ko‘raman" 29 noya, 11:43 216
  • Sovuq havoda qo‘llarni parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalar 29 noya, 11:15 103
  • Qashqadaryoda o‘g‘rilik sodir etgan shaxs ishni yopish uchun IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘ldi 29 noya, 10:48 189
  • Toshkentdagi yotoqxonada yuz bergan yong‘in oqibatida 18 kishi kuyish jarohati oldi 29 noya, 10:21 284
  • Bo‘limlar