“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2021, 16:50
ЎЗO‘Z

Insult xavfidan ogohlantiruvchi alomatlar

24 okt, 16:23 925 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Insult xavfidan ogohlantiruvchi alomatlar Foto: Pinterest
Insult — miya qon tomirlarining eng shafqatsiz kasalligidir. Insult qo‘l-oyoqlar harakati, aqliy tomondan esa so‘zlashishning buzilishiga olib keladi. Insult bo‘lgan bemorlarning 70—80 foizi nogiron, ularning 30—35 foizi esa boshqalarning doimiy parvarishiga muhtoj bo‘ladi.

Biroq insult bo‘lishdan bir necha kun avval namoyon bo‘ladigan erta alomatlar mavjud. «Nevrologiya» jurnalida chop etilgan tadqiqotlarga ko‘ra, insult bo‘lgan bemorlar avvaliga mini-insultni boshdan kechiradi. Uning alomatlari to‘liq insultdan 5—7 kun oldin paydo bo‘ladi.

Zaiflik, gapirishga qiynalish, ko‘rish muammosi
Yuz, qo‘l yoki oyoqlaring bo‘shashishi yoki zaifligi, ayniqsa, tananing bir tomonida kuzatiladi. Diqqatni jamlash va gapirishda qiyinlik yuzaga keladi. Bir yoki ikkala ko‘zning ko‘rish qobiliyati pasayadi. Bu belgilar ma’lum vaqt oralig‘ida paydo bo‘lib, yana qaytarilishi mumkin.

Yurish paytida muvozanatning yo‘qolishi
Oyoqlarning chalkashishi, harakatda aniqlikning yo‘qoligi, tik tura olmaslik, ko‘pincha bir tomonlama bo‘ladi, o‘tib ketib yana bir necha soat yoki kunlar ichida qaytariladi.

Bosh og‘rig‘i
To‘satdan boshda og‘riq paydo bo‘ladi. Og‘riq faqat dorilar ta’sirida bartaraf etilishi mumkin, lekin biroz muddatdan so‘ng yana kuzatiladi. Bu belgi insult bo‘lishdan bir necha kun oldin yuzaga kelishi mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, bosh og‘rishi insult bo‘lganlarning 65 foizida kuzatilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan belgilar paydo bo‘lganda zudlik bilan nevropatolog shifokoriga murojaat qilish kerak.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.



Mavzuga oid yangiliklar
  • Koronavirusdan keyin infarkt va insult xavfi oshishi ma’lum bo‘ldi 04 avg, 14:34
  • Olimlar koronavirus yuzaga keltiradigan yangi xavfni ma’lum qildi 03 avg, 14:55
  • Yasharib borayotgan kasallik: insult xavfini kamaytirish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim? 10 fev, 17:17
  • Erta vafot etishning xavotirli alomati aniqlandi 23 dek, 12:32
  • Koronavirus infeksiyasi insult va epilepsiyaga olib kelishi mumkin 24 apr, 11:33
  • Anvar qori Tursunovning insult bo‘lishiga nima sabab bo‘lgan edi? 02 iyun, 08:30
  • So'nggi yangiliklar
  • Qarzdorlik “Lasetti” sotilib bartaraf qilindi 29 noya, 16:10 0
  • Teri holatiga ta’sir qilib erta qarishga olib keladigan 7 odat 29 noya, 15:36 15
  • O‘zbekistonda qishning dastlabki kunlarida anomal iliq bo‘lishi kutilmoqda 29 noya, 15:10 107
  • Ijtimoiy tarmoqda shov-shuv ko‘targan voqea: O‘zMU talaba qizlari nega banner ko‘tarishdi? 29 noya, 14:43 167
  • AQSH mudofaa vazirligi «uchar likopchalar» jumbog‘ini yechishga qat’iy kirishdi 29 noya, 14:12 149
  • Tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 830 so‘mga qadar ko‘tarildi 29 noya, 13:47 165
  • O‘zbekiston MTJ Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi 29 noya, 13:29 178
  • Raniyaning parhezi: Iordaniya qirolichasining sarvqomatlik siri nimada? 29 noya, 13:00 136
  • Toshkent viloyatida «rahnamo» qo‘lga tushdi 29 noya, 12:37 333
  • Bugun “Oltin to‘p-2021” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi 29 noya, 12:12 300
  • Mourinyu: "Men 5:0 hisobidan ko‘ra minimal hisobda g‘alaba qozonishni afzal ko‘raman" 29 noya, 11:43 283
  • Sovuq havoda qo‘llarni parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalar 29 noya, 11:15 145
  • Bo‘limlar