“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2021, 16:19
ЎЗO‘Z

Kapitalizm o‘zini oqlamadi - Vladimir Putin sovet davrini esga oldi

23 okt, 23:56 2 017 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kapitalizm o‘zini oqlamadi - Vladimir Putin sovet davrini esga oldi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochida bo‘lib o‘tgan "Valday" ekspertlar klubi anjumanida nuqt so‘zladi. Rossiya prezidentining fikriga ko‘ra, dunyoda so‘nggi yillarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar yil sayin tobora chuqur va fundamental tus olmoqda.
"So‘nggi o‘n yillikda ko‘pchilik tez-tez Xitoy maqolini esga olmoqda <...> "o‘zgarishlar davrida yashashdan xudo asrasin", lekin biz istasak-istamasak o‘zgarishlar davrida yashayapmiz", - dedi Putin.

Kapitalizm o‘zini oqlamadi
So‘nggi yillarda sodir bo‘lgan o‘zgarishlardan so‘ng ham dunyo o‘zining yangi muvozanatini topa olgani yo‘q. O‘tgan davr mobaynida dunyo barcha yo‘nalishlarda sodir bo‘layotgan tizimli o‘zgarishlarga moslashib olishi kerak edi, lekin hozircha bunday bo‘lmadi.

Pandemiya esa insoniyatga yuborilgan yana bir jiddiy sinov bo‘ldi va dunyo hamjamiyatiga uning qanchalik nozik ekanini eslatib qo‘ydi. Insoniyat, agar tirik qolishni istasa, o‘zining bugungi turmush tarzini qayta ko‘rib chiqishi kerak.

Putin, shuningdek, kapitalizmning bugungi modeli o‘zini oqlamay qo‘yganini va u yordamida insoniyat mavjud muammolar tuguni va qarama-qarshiliklarni hal qila olmasligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Dunyoda oziq-ovqat inqirozi bundan buyon faqat keskinlashib borishi va kelajakda buni oqibatida jamiyatlar parchalanib ketishi xavfi borligi haqida ogohlantirdi.

Rossiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, bugun davlat rahbarlari, katta siyosatchilar umuminsoniy muammolar haqida ko‘p gapirsa-da, amalda ularni hal qilish uchun hech narsa qilishmaydi. Ular birinchi navbatda o‘z davlatining ichki muammolarini hal qilishga harakat qilishadi, xalqaro va transmilliy mavzular ikkinchi darajaga surib qo‘yiladi. Umuman olganda bunday yondashuv to‘g‘ri ham, chunki favqulodda vaziyatlarda faqat mustahkam davlat tuzilmasi samarali natija ko‘rsata oladi.

Davlat - dunyo tuzilmasining mustahkam birligidir. Hech qanday milliy hokimiyatlardan ustun bo‘lgan global tuzilmalar uning o‘rnini bosa olmaydi. Chunki faqat suveren davlatlargina zamon chaqiriqlari va fuqarolar talablariga javob bera oladi. Pandemiya buni yaqqol isbotladi”, - dedi Vladimir Putin.

Rossiya prezidenti aytishiga ko‘ra, so‘nggi yillarda “davlat tuzilmasi eskirgan, undan voz kechish kerak”, “globalizatsiya sharoitida davlat chegarasi va suvereniteti – eskilik sarqiti bo‘lib, millat rivojlanishini cheklaydi” degan gaplar ko‘p marotaba aytildi. Lekin shu gaplarni aytayotgan davlatlarning o‘zlari o‘z chegaralarida "mustahkam devor" qurib olgan, o‘zlarining iqtisodiy ustuvor sohalarini ulkan bojlar bilan himoya qilishgan. Xullas "chegarasiz dunyo – bu shunchaki siyosiy kurash qurolidir", - deydi Putin.

Rossiya prezidentining fikriga ko‘ra, dunyoning bugungi holati – bu "sovuq urush" mahsulidir. Insoniyat bundan kerakli xulosalar chiqarib olishi va insoniyat tarixida ilk bor ijobiy tajriba kiritishi - katta urushsiz dunyoning yangi tuzilmasini tashkil qilish imkoniyatiga ega, - dedi Putin.

BMT islohi
Rossiya prezidenti o‘z nutqining alohida qismini Birlashgan Millatlar Tashkiloti islohotiga bag‘ishladi. BMT sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga tezda moslasha olmayotgan va ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsa-da, ushbu tashkilot insoniyatning avloddan avlodga o‘tayotgan qadriyati sifatida saqlanib qolish kerak, dedi Putin.

BMT Xavfsizlik kengashi a’zolari sonini kengaytirish masalasini Rossiyaning bir o‘zi hal qila olmaydi, buni faqat konsensus yo‘li bilan hal qilish mumkin, dedi. Bunda asosiysi – to‘g‘ri muvozanatga erishish, dedi Putin.

Agar biz BMT doimiy a’zolarining veto huquqini bekor qilsak, Birlashgan Millatlar Tashkiloti shu kunning o‘zida vafot etadi. U “Millatlar Ligasi”ga aylanadi, tamom”, - dedi Putin.

Millatlar Ligasi – 1919 – 1946 yillarda mavjud bo‘lgan xalqaro tashkilot. Unga 58ta davlat a’zo bo‘lgan. O‘z oldigan dunyoda urushlarning oldini olish, hayot darajasini yaxshilash kabi maqsadlarni qo‘ygan bo‘lsa-da, o‘sha vaqtda sodir bo‘lgan bir necha mojaro va urushlarni to‘xtata olmadi. Ikkinchi Jahon urushi natijasiga ko‘ra tashkilotning o‘zi bekor qilindi.
Unda, BMT “Valday” klubi kabi muhokamalar maydoniga aylanib qoladi, deb hazil qildi Rossiya prezidenti.

COVID-19ga qarshi kurash
Rossiya prezidenti COVID-19 pandemiyasi qurbonlari soni Birinchi jahon urushi qurbonlari sonidan ortib ketganiga e’tibor qaratdi. Shu bilan birga Putin koronavirus bilan kurashga xalqaro yordamga o‘ta muhtoj bo‘lgan mamlakatlarga nisbatan sanksiyalar saqlanib qolayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

G‘arb siyosiy mantig‘ida gumanizm qayda qoldi? Aslini olganda, hech narsa yo‘q ekan, faqat bekorchi gaplar, tushunayapsizmi?”, - dedi Putin.
Rossiya prezidenti, shundan kelib chiqqan holda, keraksiz ambitsiyalardan voz kechib, umumiy muammoni hal qilishda birgalikda ishlashni talab qildi.

Majburiy vaksinatsiya borasida, Putin buni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi. Chunki har qanday majburiy chorani aylanib o‘tish mumkin. Ikkinchidan, hukumat vaksina kasallikdan ko‘ra afzalligini isbotlashi kerak.

Milliy qadriyatlar va konservatizm
Vladimir Putin o‘z nutqida insoniy qadriyatlarga alohida e’tibor qaratdi. "Qadriyatlar - har bir millat o‘z tarixiy-madaniy rivojlanish yo‘lining takrorlanmas mahsuli" dedi Rossiya prezidenti.

O‘zaro bog‘liqliklar dunyoqarashni kengaytiradi va o‘z milliy qadriyatlarini boshqatdan ko‘rib chiqish, tushunib yetish imkonini beradi, lekin ushbu jarayon shoshilmasdan, mavjud an’analarga muvofiqlashtirilgan holda olib borilishi kerak.

Kelajak noma’lum va mavhum bo‘lgan vaziyatda, o‘z qadriyatlarini birovga majburlab singdirish, shundoq ham murakkab vaziyatni yanada qiyinlashtirib, odatda kutilgan natijaning aksini keltirib chiqaradi”, - dedi prezident.

Putin buguni kunda insoniyatning milliy va irqiy qarashlari hali ham benuqson emasligini aytib o‘tdi. Bu borada Rossiya prezidenti qora tanlilar huquqlari uchun kurashgan Martin Lyuter Kingning so‘zlarini esga oldi.

Bir kun kelib, mening to‘rt farzandim, ularning terisi rangiga qarab emas, shaxsiy xislatlariga qarab baho beriladigan mamlakatda yashaydi deb umid qilaman”.
Martin Lyuter King
Qora tanlilar huquqlari kurashchisi

- Mana shu haqiqiy qadriyat. Lekin biz hozir – hamma narsa boshqacha bo‘layotganini ko‘rmoqdamiz, - dedi Rossiya prezidenti.

Putin aytishiga ko‘ra, dunyo qayta qurilayotgan, uning natijasi nima bilan tugashi noma’lum bo‘lgan vaqtda, cheklangan miqdorda sog‘lom konservatizm - bu eng to‘g‘ri yo‘ldir, bu pastga qulash va tartibsizliklardan saqlab qoladi, deb Rossiya prezidenti rus faylasufining 1923 yilda aytgan so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

"Konservatizm - bu tepaga ko‘tarilishga va oldinga yurishga xalal beradigan narsa emas, balkim orqaga ketish hamda davlat va madaniyat mavjud bo‘lmagan xaos davriga kelib qolishdan saqlanish vositasidir".
N.A.Berdyayev
Rus faylasufi

Rossiya prezidenti G‘arbda “ayol” va “erkak”, “ota” va “ona” kabi insoniyatning asosiy qadriyatlari poymol qilinayotganini, yosh bolalarga o‘z jinsini tanlash huquqi borligi o‘rgatilayotganini – kechirib bo‘lmas xato, deb atadi.
Biz birovlarning ishiga aralashmaymiz. <…> Siz ham bizning uyimizda bo‘layotgan voqealarga aralashmang. Bizning o‘z tarixiy an’analarimiz, ko‘p millatli xalqimizning qadriyatlariga asoslangan dunyoqarashimiz bor”, - dedi Putin.

Rangli inqiloblar haqida
Rossiya prezidenti dunyoda yangi ijtimoiy-iqtisodiy tartib yaratmoqchi bo‘layotganlarni ham tanqid qildi.
Ular o‘zlarini “ijtimoiy progress” yaratuvchilari deb nomlayotgan aqllilar go‘yoki insoniyatga bir yangilik olib kelayotgandek tutmoqda. Lekin, rahmat, bizga bunaqasi kerak emas. Biz bu sinovdan allaqachon o‘tganmiz", - deb Putin Oktabr inqilobini esga oldi.

"1917 yilgi inqilobdan so‘ng kommunistlar, Marks va Engels dogmalariga asoslangan holda, jamiyatning ko‘p asrlar davomida shakllangan sog‘lom qadriyatlarini, e’tiqodi va odamlarning o‘zaro ishonchini chil-parchin qilib tashlashgan edi. Ba’zilarni hatto o‘z oilasidan voz kechishga majbur qilishgan edi”, - dedi Putin

Lekin sovet davrida hamma narsa yomon bo‘lgan deb aytish ham noto‘g‘ri. U vaqtlar hammaga bir xil ko‘z bilan qarashga urinish bo‘lsa-da, mamlakatda imtiyozlar va samarali ijtimoiy liftlar ham bor edi. Sifatli oliy ta’lim ham shular jumlasidan. Prezidentning o‘zi ham sovet davri qiyinchiliklari va ijobiy tomonlarini o‘z boshidan kechirganini aytib o‘tdi.

Bugungi kunda “sovet odami” iborasi ba’zi hollarda qandaydir mafkuraviy, negativ ma’noda qo‘llaniladi. Lekin hamma narsani faqat qora rangga bo‘yash ham noto‘g‘ri, “sovet odami” iborasida hech qanday negativ ma’no yo‘q, dedi Putin.

Shu o‘rinda Rossiya prezidenti AQSHni ba’zida “eritish qozoni” deb atashlarini ham esga oldi va ushbu iborada ham hech qanday negativ ma’no yo‘qligini aytib o‘tdi.

"Eritish qozoni" - 20-asrda AQSHda qabul qilingan, turli millat va irqlar urf-odat va qadriyatlarini arlashtirib yuborish yo‘li bilan amerikaning o‘ziga xos an’analarini yaratish strategiyasi.

Afg‘oniston va “Shimoliy oqim-2”
O‘z nutqida Vladimir Putin Afg‘oniston borasida ham to‘xtalib o‘tdi. Rossiya prezidenti Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishidan barcha davlatlar manfaatdor ekanini va birinchi navbatda ushbu mamlakat iqtisodini tiklashga yordam berish kerakligini ta’kidladi. Xususan, AQSH tomonidan muzlatib qo‘yilgan mablag‘larni qaytarish ham aytib o‘tildi.

AQSH prezidentining Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish haqidagi qarori – to‘g‘ri qaror bo‘lgan dedi Rossiya prezidenti.
“Shimoliy oqim-2” haqida gapirganda, Putin, ushbu loyiha eng zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgani va uni natijasida atmosferaga chiqarilayotgan SO2 gazlari gazni Ukraina orqali tranzit qilganga nisbatan 5,6 barobar kamligini ta’kidladi. Ekologlar da’volarini esa “asossiz” deb atadi.

Rossiya prezidenti, yangi gaz quvuri Yevropani uzuluksiz va ishonchli gaz bilan ta’minlash imkonini berishini aytib o‘tdi. Rossiyani energetika sohasida cheklashga bo‘lgan urinishlar – hech qanday yaxshi natijaga olib kelmasligini ham qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, 18-21 oktabr kunlari Sochi shahrida "Valday" xalqaro ekspertlarining yillik anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjuman mavzusi: "Global uyg‘onish— XXI: inson, qadriyatlar, davlat".



Mavzuga oid yangiliklar
  • Putin va Lukashenko besh soatlik muzokara o‘tkazdi 14 iyul, 13:30
  • Putin G20 sammitida dunyo uchun eng asosiy xatarlarni aytdi 22 noya, 09:29
  • Putin Rossiya dunyoda hech kimda yo‘q qurolga ega ekanligini aytdi 19 sen, 21:21
  • BMT Bosh kotibi pandemiya davrida dunyo duch kelgan 3 asosiy xavfni ma’lum qildi 14 avg, 14:20
  • Putin va Trampning uchrashuv vaqti va joyi haqida kelishuvga erishildi 28 iyun, 00:53
  • Time jurnali Putinning yoshligidagi suratlarni e’lon qildi 21 apr, 19:26
  • So'nggi yangiliklar
  • "Roma"ning "Inter"ga qarshi taxminiy tarkibi ma’lum. Shomurodov bugun maydonga tushadimi? 04 dek, 15:52 19
  • Ronaldu: Gol urish mana bundoq bo‘ladi! 04 dek, 15:26 72
  • "Men faqat "Nasaf" haqida o‘ylamoqdaman" - Marko Stanoyevich final oldidan 04 dek, 14:55 96
  • Fakt! Cheran maydonga tushmagan o‘yinlarda "Paxtakor" g‘alaba qozonmagan 04 dek, 14:33 131
  • “Roma” Shomurodovdan kamroq yugurishni talab qilyapti! 04 dek, 14:04 243
  • O‘zbekistonda sement narxi arzonlashishi kutilmoqda 04 dek, 13:37 193
  • Belarus tez orada G‘arbga qarshi javob sanksiyalari e’lon qiladi 04 dek, 13:07 231
  • Ringda raqiblar, sudda esa hukumat bilan kurashgan, sport tarixidagi eng buyuk shaxs — Muhammad Ali 04 dek, 12:30 225
  • Idish-tovoq yuvadigan gubkadan unumli foydalanishning 11 usuli 04 dek, 12:00 220
  • Saakashvili davlat pulini o‘zlashtirganlik bo‘yicha sud qilinmoqda 04 dek, 11:27 243
  • 5 dekabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi 04 dek, 10:57 287
  • «Yangi O‘zbekiston islohotchisi» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi 04 dek, 10:30 222
  • Bo‘limlar