“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 20:08
ЎЗO‘Z

Burun bitishini yengillashtiruvchi 8ta chora

23 okt, 16:16 3 830 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Burun bitishini yengillashtiruvchi 8ta chora Foto: Getty Images
Tumov (burun bitishi va oqishi)ning sabablari ko‘p: O‘RVI va boshqa infeksiyalardan tortib, mavsumiy allergiya, gormonal o‘zgarish yoki haroratning keskin o‘zgarishigacha bo‘lgan holatlar. Ammo sabablariga qaramay, bu muammodan xalos bo‘lishning oddiy usullari bor.

1. Issiq choy iching
Yoki boshqa istalgan ichimlik. Muhimi u issiq bo‘lsin, biroq kuydiradigan darajada emas. Issiqlik va bug‘ burun-halqumda qon aylanishini kuchaytiradi. Natijada nafas olish yengillashadi.

2. Iloji boricha ko‘proq suyuqlik iching
Yuqoridagi banddan kelib chiqib, issiq yoki iliq ichimlik ichish kerak. Imkon bo‘lmagan taqdirda esa xona haroratidagi suvni ham ichish mumkin.

Agar organizmga suv yetishmasa, burun ham sog‘lom holatda bo‘lmaydi. Burundagi suyuqlik qurib qoladi va quyuqlashadi. Bu ham burun bitishiga olib keladi. Burundagi suyuqlik qotib qolganida virus va bakteriyalar uchun qulay muhit yuzaga keladi. Ya’ni kasallik uzoq davom etishi yoki shamollashga qaraganda yoqimsizroq ko‘rinish tus olishi mumkin. Masalan, gaymorit.

Suyuqlik ichsangiz, burundagi shilimshiq suyuqlik ko‘proq oqib, burun-halqumdagi viruslar va umuman burun bitishi hamda shamollashdan tezda xalos bo‘lasiz.

3. Ingalyatsiya qiling
Issiq bug‘dan nafas olish shamollash, jumladan, burun bitishini ham kamaytiradi va tuzalishni tezlashtiradi.

Healthline tibbiy resursi ingalyatsiyani quyidagi tartibda amalga oshirishni tavsiya qiladi:

Ingalyatsiyali suvga bir necha tomchi efir moylaridan ham qo‘shish mumkin. Evkalipt, yalpiz, choy daraxti, qarag‘ay – ta’bga ko‘ra shulardan birini tanlang.

4. Issiqqina dush qabul qiling
O‘zingizni tezda yengil his qilishni istasangiz, mana shu usul mos keladi. Ingalyatsiya yoki issiq choy kabi dush ham burun oqishini samarali to‘xtatadi va burun bitishini bartaraf etadi.

5. Burun uchun issiq kompress qiling
Issiq, biroq kuydirmaydigan haroratdagi suvda bo‘ktirilgan salfetkani burunga 2-3 daqiqaga kuniga 3-4 marta qo‘ying.

6. Burunni tuzli eritma bilan chaying
Tayyor tuzli aerozolni dorixonadan sotib olish yoki mustaqil ravishda tayyorlash mumkin. Retsepti oson: yarim choy qoshiq tuz va bir chimdim sodani bir stakan (240 ml) iliq suvga soling. Yoqimsiz belgilar butunlay yo‘qolguniga qadar kuniga 3-4 marta mana shu eritma bilan burunni chaying.

7. Tomirni toraytiruvchi burun sprey va tomchilaridan foydalaning
Ular shishishni bartaraf etib, burunda suyuqlik xosil bo‘lishini sekinlashtiradi. Natijani darhol his etish mumkin: nafas olish erkinlashadi. Biroq bu effekt vaqtinchalik: odatda bir necha soat davom etadi xolos.

Shuni yodda tutingki, bunday vositalarni 3 kundan ortiq ishlatib bo‘lmaydi. Aks holda yoqimsiz ta’sirlar kuzatilishi mumkin: muayyan vositaga o‘rganib qolishdan tortib (keyin tomirlar unga reaksiya qilmay qo‘yadi), burun shilliq qavatining yupqalashishi, medikamentoz rinit va boshqa yomon holatlar rivojlanishigacha.

8. Shifokorga boring!
Burun bitishi – alohida kasallik emas, u bor-yo‘g‘i bir belgi. Undan batamom xalos bo‘lish uchun esa kasallikni yengish kerak bo‘ladi. Buni professional shifokor – terapevt yoki tor doiradagi mutaxassis (lor, allergolog) nazorati ostida amalga oshirish samarali bo‘ladi.

Muhim eslatma: burun bitishining shunday turlari borki, ular shifokorga zudlik bilan murojaat etishni talab qiladi. Agar quyidagi holatlar kuzatilsa, shifokor ko‘rigiga boring yoki telefon orqali u bilan maslahatlashing:

Mana shu belgilar sizda rinitdan ko‘ra jiddiyroq kasallik bo‘lishi mumkinligidan darak beradi. Gap angina, gaymorit, jiddiy gormonal buzilishlar, bosh miya jarohatlanishi, bakterial zararlanishlar, jumladan, meningit va v h.klar haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.

Layfxaker saytidan tarjima qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 96
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 260
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 171
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 243
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 383
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 177
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 46
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Bo‘limlar