“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 21:39
ЎЗO‘Z

Turk aktyori Burak O‘zchivitning ustidan politsiyaga shikoyat qilishdi

23 okt, 13:39 1 651 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turk aktyori Burak O‘zchivitning ustidan politsiyaga shikoyat qilishdi Foto: Turkiye gazetesi
«Sevgi iztirobi» yulduzi Burak O‘zchivitning «Qurilish: Usmon» serialidagi hamkasblari, uni haqorat qilganlikda ayblab politsiyaga shikoyat qildi.

Shundan keyin huquqni muhofaza qilish organlari «Qurilish: Usmon» serialining suratga olish jamoasiga murojaat qilgan. Shikoyat bo‘yicha surishtiruv boshlangan bo‘lib, unda aktyor tasvirga olish ishlari charchatadigan bo‘lgani, ammo og‘zidan haqoratli so‘z chiqmaganini ma’lum qilgan.

Foto: Turkiye gazetesi
«Iddao qilinganidek hech kimni haqorat qilmadim. Suratga olish jarayoni stressli bo‘lgani to‘g‘ri. Ammo og‘zimdan aslo so‘kinish va haqorat chiqmagan. Chiqishi ham mumkin emas. Meni yaqindan tanigan barcha bunday odam emasligimni yaxshi biladi», — degan u.

Haber Turk nashrining ma’lum qilishicha, ushbu hodisa 2020 yil dekabrda sodir bo‘lgan. Suratga olish jamoasining 4 nafar a’zosi Burakning ustidan shikoyat qilgan. Ularning aytishicha, tasvirga olish jarayonlaridan birida chodirning ichidan chiqqan aktyor, hamkasblarining ko‘ziga tik boqib ularni haqorat qilgan.

«U maydonchani tark etdi va darhol ortga qaytib yana o‘sha haqoratlarni qayta so‘zladi. Burak O‘zchivitning og‘zidan chiqqanlarni eshitib, suratga olish maydonchasidagilar shokka tushdi va lom-lim deya olmadi», — degan operator yordamchisi.

Ma’lumot uchun, 36 yashar Burak O‘zchivit «Sevgi iztirobi»dan tashqari, «Muhtasham yuz yil», «Choliqushi» singari seriallaridagi roli bilan ham yaxshi tanish.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 0
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 124
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • So'nggi yangiliklar
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 0
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 47
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 124
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Bo‘limlar