“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 20:35
ЎЗO‘Z

Kuzda vazn to‘plashga sabab bo‘ladigan holatlar

23 okt, 12:46 2 194 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kuzda vazn to‘plashga sabab bo‘ladigan holatlar Foto: Getty Images
Kunlar qisqa va sovuq bo‘lgani, mevalar kam yeyilgani hisobiga kuzda organizm odatdagidan ko‘proq stressni boshdan kechiradi. Kaloriya kam sarflangani va jismoniy faollik yetishmagani uchun esa kilolar ortiqcha to‘plana boshlaydi.

Stressning ortishi
Kuz fasli aksariyat hollarda ko‘plab uchrashuv, tadbir, bitirilishi kerak bo‘lgan ishlar, safarlarga to‘la bo‘ladi. Boshqacha aytganda sovuq kelishi, avitaminoz tufayli organizm boshdan kechiradigan stress ortadi. Molekular biokimyo jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda yozilishicha, aynan kuz faslida ko‘p ovqatlanamiz va stressni his qilganda nosog‘lom mahsulotlarni iste’mol qilamiz.

Stressni qanday kamaytirish mumkin?
Sport, sayr qilish, shuningdek, meditatsiya va nafas mashqlari stress gormoni kortizolni kamaytiradi.

Havoning sovishi
Sovuq kunlarda kishi odatdagidan ko‘proq uxlaydi. Umumiy faollik kamayishini hisobga olmaganda bu salomatlik uchun foydali. Hammada ham yomg‘irli ob-havo sharoitida. Ochiq havoda sport bilan shug‘ullanish istagi paydo bo‘lavermaydi. Faollikning kamayishi kaloriya kam sarflanayotganini bildiradi.

Sovuq haroratli kunlarda qanday qilib faollikni saqlab qolish mumkin?
Ochiq havoda jismoniy mashqlar bajarishni yaxshi ko‘rsangiz, kiyimni to‘g‘ri tanlashga harakat qiling. Yo bo‘lmasa, mashg‘ulotlarni onlayn tomosha qilish orqali bajarishingiz mumkin. Buning uchun telefoningizga maxsus ilovani yuklab olsangiz bo‘ladi.

Ovqatlanishga e’tibor bering
Kuz mazali qahva, qiyomli ponchik, issiqqina sho‘rva va go‘shtli raguni iste’mol qilish uchun ayni muddao. Qolaversa, ruhiyatdagi o‘zgarish sabab shirinlikka moyillik ham doimiy ravishda kuzatilishi mumkin.

Qanday qilib tansiq kuzgi taomni salomatlikka zarar yetkazmasdan turib, miriqib iste’mol qilsa bo‘ladi?
Eng asosiy tavsiya — har narsada me’yorni bilish. Ko‘proq sabzavot iste’mol qiling, ko‘katlarni yeyishni kanda qilmang. Porsiyani kamaytirish ham yaxshi samara beradi. 2020 yil Ovqatlanish axloqi va jismoniy faollik xalqaro jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda, likopcha va porsiya odatdagidan kamroq bo‘lganda ishtirokchilar kamroq kaloriya to‘plagani ma’lum qilingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq nondan voz kechganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 22 mar, 15:13 325
  • Farzandlar uchun ota va onalarga munosabat haqida 20 mar, 00:12 212
  • Uzoq umr ko‘ruvchi insonlarning 5 ta odati 19 mar, 16:40 487
  • Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud? 18 mar, 22:30 330
  • Olimlar xotirani kuchaytiruvchi oddiy mashg‘ulotni aniqladilar 16 mar, 23:43 359
  • Nechanchi farzand bo‘lib tug‘ilish inson shaxsiyatiga ta’sir qiladimi? 16 mar, 16:50 438
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi 29 mar, 19:49 2
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 25
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 11
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 112
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 205
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 45
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 195
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 307
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 82
  • Bo‘limlar