“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 16:41
ЎЗO‘Z

Mag‘lubiyat alam qildi va Mourino “Roma”ning yarim tarkibini haydayapti!

23 okt, 11:44 2 760 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mag‘lubiyat alam qildi va Mourino “Roma”ning yarim tarkibini haydayapti! A Seriyada “Verona”, “Latsio” va “Yuventus”dan uchralgan mag‘lubiyat, Konferensiyalar ligasida “Budyo-Glimt”ning qaqshatqich zarbasi “Roma” hali eng yuqori maqsadlar sari kurashishiga erta ekanidan dalolat bermoqda.

“Roma”ni grand klubga aylantirish uchun olib kelingan Joze Mourino har bir muvaffaqiyatsizlikdan keyin jamoa zaxirasi zaif ekani, yuqori malakali ijrochilar yetishmayotgani haqida noliyotgan edi va uning gapida jon bordek ko‘rinmoqda.

Mourino boshqargan jamoalar Norvegiyadagi o‘yinga qadar hech qachon oltita gol o‘tkazmagan. Porutagiyalik murabbiy “Budyo-Glimt”ga boy berilgan sharmandali hisob uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgan bo‘lsa-da, tarkibdagi muammolarni ham bir tilga olib o‘tdi.

Italiya futboli ekspertlarining fikriga ko‘ra, Norvegiyadagi mag‘lubiyatdan so‘ng Mourino klub rahbariyatini tarkibni yanada kuchaytirishga ko‘ndiradi. Ommaviy axborot vositalari esa, Joze hozirdan o‘ziga to‘g‘ri kelmayotgan barcha o‘yinchilardan qutilib, uning talablarini bajarishga qodir yangi futbolchilarni olishga qaror qilganini yozmoqda.

Demak, ketishi kutilayotganlar kimlar?
“Roma”ning eng muammoli nuqtasi o‘ng qanot va markaziy himoya ekani aytilmoqda. Rik Karsdorpning bir o‘zi o‘ng qanotni to‘liq yopolmayapti. Unga yordamchi va o‘rinbosar kerak. 6,5 million yevroga xarid qilingan amerikalik himoyachi Brayan Reynolds buni uddalay olmayapti va himoyachi sifatida Jozega umuman kerak emasligi uchun birinchi sotiladi. Markaziy himoyachilardan Kris Smolling ko‘p jarohatlanyapti, Marash Kumbulla ham murabbiylar ishonchini qozona olmadi. Federiko Fasio, Davide Santonga bosh murabbiy imkon berishni ham lozim topmadi. Qizig‘i, hozircha bu o‘yinchilarning birortasiga talabgor ham chiqmadi.

Mourino himoyada yosh Rikkardo Kalafori va jarohatini davolayotgan Leonardo Spinatssolaga suyanishdan tashqari, ularning yoniga tajribali himoyachilarni qo‘shmoqchi.

Yarim himoyada vaziyat murakkab. Muntazam o‘ynayotgan Jordan Veretu, Brayan Kristante, Lorenso Pellegrini, Genrix Mxitaryan, Nikolo Dzanologa munosib o‘rinbosar yo‘q. Amadu Diavara, Gonsalo Vilyar, Edoardo Bove, Ebrima Darbo, Nikola Zalevski yetakchi yarim himoyachilarning o‘rnini bosa olamayapti va ular katta ehtimol bilan o‘z joyini bu ishni amalga oshirishga qodir bo‘lgan kuchli va tajribali hamkasblariga bo‘shatib berishiga to‘g‘ri keladi.

“Roma”ning hujum chizig‘i eng kuchli raqobatga ega. Mourino asosiy hujumchi sifatida Temmi Abraxamni o‘ynatyapti. Eldor Shomurodov, Stefan El-Shaaravi, Karles Peres zaxiradan bo‘lsa-da, muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. Mourino ishonch bildirmayotgan yagona hujumchi – “Real” tarbiyalanuvchisi Borxa Mayoraldir. O‘tgan mavsumda rimliklar tarkibida Veretu bilan birga eng ko‘p gol urgan va doim asosiy tarkibda o‘ynagan ispaniyalik hujumchi Mourino kelganidan keyin zaxiraga mixlandi. Aslida, Mourino faoliyatida jamoa yetakchilaridan birini o‘yindan chetlatish usulini ko‘p qo‘llaydi va hozir bu yangilik emas.

Mayoralning atrofidagi vaziyatdan kelib chiqib, “Roma” mutasaddilari “Real”dan ijaraga olingan hujumchini 20 million yevroga transfer qilish huquqidan foydalanmaydigan bo‘ldi va uni Madridga qaytarib yuboradi.

Ta’kidlash joizki, Joze Mourino va uning shogirdlari oldida murakkab vazifalar va uzun mavsum turibdi. “Roma”ni qo‘llab-quvvatlash uchun sovuq Norvegiyagacha borgan eng ashaddiy muxlislar sharmandali mag‘lubiyatdan keyin jamoaning uzrini qabul qilmadi va munosabatlarni tuzatish uchun futbolchilar oldiga shart qo‘ydi. Unga ko‘ra, “Roma” yakshanba kuni “Olimpiko” arenasida bo‘ladigan 9-tur uchrashuvida yengilmas jamoaga aylanib qolgan “Napoli”ni tiz cho‘ktirishi talab etiladi.

Mazkur uchrashuv 24 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 0
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 394
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 197
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 86
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 379
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 287
  • So'nggi yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 19
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 97
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 94
  • Bo‘limlar