“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 01:45
ЎЗO‘Z

Faqat Eldor mardlik qildi. “Budyo-Glimt” futbolchilari nega Shomurodovdan hayratga tushdi?

23 okt, 11:16 3 843 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Faqat Eldor mardlik qildi. “Budyo-Glimt” futbolchilari nega Shomurodovdan hayratga tushdi? UYEFA Konferensiyalar ligasi guruh bosqichida “Roma”ni 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Norvegiyaning “Budyo-Glimt” jamoasining rossiyalik darvozaboni Nikita Xaykin uchrashuvdan olgan taassurotlari haqida gapirar ekan, Eldor Shomurodovning o‘zini tutishi ularni hayratga solganini alohida ta’kidladi.

Aytish joizki, bu uchrashuv norvegiyaliklar uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘tgan yili ilk marotaba Norvegiya chempionligini qo‘lga kiritgani uchun UYEFA tasnifidagi musobaqada birinchi bor qatnashayotgan ushbu jamoa o‘zgacha ishtiyoq bilan to‘p surmoqda.

O‘yin oldidan hamma “Roma”ning g‘alabasini kutgan edi. Rimlik futbolchilarning o‘zi ham, bosh murabbiy Joze Mourino ham o‘z kuchiga ishongani tabiiy. Yo‘qsa, portugaliyalik mutaxassis o‘yinda zaxira futbolchilarini ilk daqiqalardan o‘ynatmas edi va uchrashuvga jiddiyroq e’tibor qaratardi.

Futboldan ko‘ra qishki sport turlari ancha ommalash mamlakat vakilini qudratli “Roma”ni parchalab tashlashi bir qarashda aqlga sig‘maydigan holat. Joze Mourino uzoq yillardan beri murabbiylik qilayotgan bo‘lsa, u boshqargan birorta jamoa shu kungacha oltita to‘p o‘tkazmagandi. Bu mag‘lubiyat Mourino va “Roma” reputatsiyasiga jiddiy zarba bo‘ldi.

Jamoani qo‘llash uchun Norvegiyagacha kelgan sadoqatli muxlislar bilan ham munosabat buzildi. Ular bu muvaffaqiyatsizlikni hazm qila olmadi va futbolchilarning uzrini qabul qilmadi.

Shu bois, “Roma” futbolchilari qaqshatqich mag‘lubiyatni juda og‘ir qabul qildi. Kayfiyat yo‘q, hammasi g‘azabda, alamzada. Mezbonlar esa, atigi 45 ming aholisi bor Budyo shaharchasiga kelgan birinchi mashhur klub vakillaridan esdalik olish ilinjida. Biroq, mehmonlar shu kuni g‘olib tomon bilan futbolka almashtirmadi.

Faqatgina Eldor Shomurodov mag‘lubiyatni tan olish ham mardlik ekanini namoyish qildi.

- Eldor Shomurodovga alohida rahmat aytamiz. O‘yindan keyin o‘zini juda munosib va hurmatga loyiq tutdi. Yigitlarimiz “Roma”ning ko‘p futbolchilari bilan futbolka almashtirishni istagan edi. Lekin bunaqa natijadan keyin ularni bunga ko‘ndirishning imkoni bo‘lmadi. Men Eldorning oldiga kelib, u bilan gaplashdim va u futbolchilarimizga bir nechta futbolka olib chiqib berdi, - deydi Nikita Xaykin.

Darhaqiqat, Shomurodov bilan ishlagan murabbiylar, futbolchilar, mutaxassis, hamyurtimiz bilan muloqotda bo‘lgan jurnalistlar uning professional jihatlaridan tashqari, insoniylik fazilatlari, odob-axloqi, xulqi, o‘zini tutishi, mehnatkashligi, kamtarinligini ham alohida e’tirof etishadi.

Raqib darvozabonining gaplaridan Shomurodov Norvegiyadagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng ham o‘zining eng yaxshi taraflarini ko‘rsata olgani ahamiyatlidir. Bu xalqimizga xos tarbiya mahsulidir.

Norvegiyaliklar bu uchrashuvni uzoq vaqt eslab yuradi. Biroq, futbol o‘z yo‘liga. “Budyo-Glimt” futbolchilari esa o‘zbek yigitining murakkab vaziyatda bo‘lishiga qaramay, o‘zlariga qilgan do‘stona munosabatini hech qachon unutmaydi. Eldor o‘z xatti-harakatlari orqali o‘zbek xalqining bag‘rikenligini namoyish qildi va norvegiyaliklarning e’tibori, e’tirofi va ehtiromini qozondi.

Omadingni bersin, Shoma!




Mavzuga oid yangiliklar
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 5
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 10
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 19
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 81
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 234
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 1 085
  • So'nggi yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 0
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 0
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 2
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 5
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 16
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 10
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 19
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 20
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 139
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 239
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 18
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 33
  • Bo‘limlar