“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 21:22
ЎЗO‘Z

Islom To‘xtaxo‘jayev: "O‘yinni jamoalar emas, hakamlar hal qilganidan keyin alam qiladi. To‘p qo‘limga tegmadi"

17 okt, 23:49 2 049 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Islom To‘xtaxo‘jayev: "O‘yinni jamoalar emas, hakamlar hal qilganidan keyin alam qiladi. To‘p qo‘limga tegmadi" Foto: championat.asia
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi kecha Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo‘ldi. Murosasiz kechgan bahsda Hamidjon Aktamov shogirdlari ortga 2:4 hisobida mag‘lubiyat bilan qaytishdi.

Mazkur uchrashuvdagi hakamlik, ular yo‘l qo‘ygan xatolar ayni paytda muhokama markazida bo‘lib turibdi. Ayniqsa "Qizilqum" darvozasiga belgilangan ikkita penalti borasida bahs-munozara to‘xtayotgani yo‘q. Hususan o‘yinning 37-daqiqasida hakam tomonidan "Paxtakor" darvozasi tomon belgilangan penaltida to‘p Islom To‘xtaxo‘jayevning qo‘liga tegdi, deb topildi. Takroriy vaziyatlar bu borada qaror xato ekanligini ko‘rsatyapti. Barchasiga aniqlik kiritish maqsadida tajribali himoyachiga yuzlandik.

- Ushbu uchrashuvda "Paxtakor" chempionlikni rasmiylashtirishi taxmin qilingandi. G‘alaba uchun bor kuchlarini ishga solishlari aniq edi. Shunday ekan "Qizilqum" bu o‘yinga qanday ruhda keldi?
- Biz ham faqat g‘alabani ko‘zlagan holda maydonga tushgandik. Darvozamizga belgilangan ikkinchi penalti jamoamizni ruhan sindirib qo‘ydi. Chunki bunday pallada yo‘q joydan penalti belgilangandan keyin o‘yinga qaytish ruhan juda qiyin.

- O‘yindan keyingi matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov hakamlik haqida keskin fikrlarni bildirdi. Sizning munosabatingiz qanday? Hakamlik bilan bog‘liq bunday holatlar futbolimiz saviyasiga qay darajada ta’sir qilmoqda?
- Albatta. Bahsdan so‘ng barcha asabiy holatda edi. Bir tomondan alam qiladida. Uchrashuvga shuncha vaqt tayyorgarlik ko‘rasiz. Jamoada faqat futbolchilar emas, boshqa ishchilar ham bor. Shifokorlar, ma’murlar va hokazo. Ular ham oila boqishi kerak. Uchrashuv taqdirini jamoalar emas, hakamlar hal qilgandan keyin shundayda. Mayli, o‘yinni boshqargan hakam yosh, deb umid qilib qolamiz. O‘yinlar orqali tajriba to‘plab yaxshi saviyadagi hakam bo‘lsin.

- Keling barchasini ochiq-oydin aytsangiz, o‘sha vaziyatda to‘p qo‘lingizga tegdimi?
- To‘p tizzaga emas, tovonimga tegdi. Menimcha hakam qo‘li bilan qaytardi, deb o‘yladi. Aslida bu yordamchi hakam ko‘rishi kerak bo‘lgan nuqta sanaladi. Ko‘pchilik oyog‘idan so‘ng qo‘liga tegdi demoqda. Oyog‘imga tekkandan keyin ham qo‘limga tegmadi. Futbolda bo‘lib turadigan holat. Shunisi bilan ham qiziq. Balki VAR bo‘lganida hakamlarga osonroq kechardi.

- Bu yilgi Superliga mavsumi oxirlab bormoqda. Mavsum o‘rtasidagi zerikarlilik va tempning pasaygani nima bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin? Mavsum yakuniga yetish arafasida xulosalar yuzaga kelishi tabiiy...
- Oxirgi turlar final maqomida o‘tadi, desam yanglishmayman. Buyog‘iga oddiy o‘yinlar bo‘lmaydi. Bilmadimu, chempionatimiz saviyasi yildan-yilga tushib borayotganga o‘xshaydi.

- "Qizilqum" o‘yinida taktik rang baranglik ko‘zga tashlanmoqda. Jamoada tajribali futbolchilar ko‘p. Klubning egallab turgan o‘rni haqida nima, deya olasiz?
- Albatta bu Hamidjon Aktamov boshchiligidagi murabbiylar shtabining mehnati mahsuli. Menimcha jamoamizdagi tajribali futbolchilar bilan egallab turgan o‘rnimiz o‘zimizga yarashmaydi.

Abdulaziz Iskandarov




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 25
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 156
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 967
  • Eldor Shomurodovning jarohatiga oydinlik kiritildi, lekin... 27 mar, 21:05 695
  • “Bunyodkor” stadionida o‘sha xunuk holat yana takrorlandi 27 mar, 17:43 1 078
  • Yevro-2024: barcha ishtirokchi jamoalar ma’lum bo‘ldi 27 mar, 07:49 267
  • So'nggi yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 0
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 1
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 1
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 71
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 25
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 68
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 261
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 156
  • Bo‘limlar