“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 07:25
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni qanchaga yetgani ma’lum qilindi

17 okt, 18:41 1 473 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni qanchaga yetgani ma’lum qilindi O‘zbekistonda 16 oktabr holatiga ko‘ra, koronavirusga qarshi jami 23,8 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanilib, to‘liq emlanganlar soni 5 688 341 nafarni tashkil qildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 16 oktabrda mamlakat bo‘ylab 201 043 doza qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 79 993 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 67 745 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 53 305 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatda jami 23 846 899 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 12 772 433 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 7 524 561 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 3 549 905 nafarni tashkil qildi. Emlash jarayonida 6 xil: ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, «Sputnik V», Moderna, Pfizer/BioNTech va Sinovac vaksinalaridan foydalanilmoqda.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun uchun 2021 yil davlat budjetida 3 trillion so‘m zaxira shakllantirilgan edi. Ayni paytda ushbu mablag‘ to‘liq o‘zlashtirilgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 14 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida koronavirusga qarshi kurashish va vaksinalar sotib olish uchun qo‘shimcha 1,3 trillion so‘m ajratilgani ma’lum qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 0
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 223
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 320
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 588
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 87
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 67
  • So'nggi yangiliklar
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 0
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 2
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 188
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 91
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 39
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 159
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 161
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 223
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 91
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 265
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 320
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 397
  • Bo‘limlar