“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 18:42
ЎЗO‘Z

Rossiyaning Vladikavkaz shahridagi koloniyada mahbuslar qo‘zg‘olon ko‘tardi

17 okt, 12:42 2 109 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyaning Vladikavkaz shahridagi koloniyada mahbuslar qo‘zg‘olon ko‘tardi Foto: «RIA Novosti»
Rossiya tarkibiga kiruvchi Shimoliy Osetiya — Alaniya Respublikasi poytaxti Vladikavkazdagi 2-sonli axloq tuzatish koloniyasida mahbuslar qo‘zg‘olon uyushtirdi. Tartibsizliklar 15 oktabr kuni kunduzi boshlandi, ularda 200 dan 600 nafargacha mahbus qatnashdi. Baza yozishicha, mahbuslar koloniya hududidagi videokuzatuv kameralarini sindirib, eshiklarni buzgan.

Tunda esa koloniyada yong‘in boshlangan, ammo u tezda o‘chirilgan. Koloniya atrofidagi hudud qurshab olindi, u yerga «Rosgvardiya» va OMON (maxsus topshiriqli harakatchan otryadlar) qo‘shimcha kuchlari joylashtirildi. FSIN (Jazolarni ijro etish federal xizmati) 16 oktabr kuni ertalab «vaziyat normallashgani» haqida hisobot berdi. Tartibsizliklarni boshlab berganlikda gumonlanayotgan bir nechta mahbus boshqa koloniyalarga o‘tkaziladi.

FSIN da’vo qilishicha, qo‘zg‘olon jarima izolyatorida saqlangan ikki nafar «salbiy yo‘nalishga ega» mahbus tomonidan uyushtirilgan. Muassasa bayonotida aytilishicha, ular rejali tintuv chog‘ida xodimlarga bo‘ysunishdan bosh tortgan, shundan keyin «boshqa mahbuslarni ommaviy tartibsizliklar uyushtirishga da’vat etgan». Ayni vaqtda, voqea joyida 16 oktabrga o‘tar kechasi qayd etilgan videotasvirlarda koloniyadan tez yordam mashinalari chiqib ketayotganini ko‘rish mumkin.

Isyondan avval mahbuslar koloniya xodimlari tomonidan do‘pposlangan. Bu haqda mahbuslardan biri Mash’ga ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tintuv chog‘ida xodimlar jarima izolyatorida saqlanayotganlarni rezina dubinkalar bilan do‘pposlagan. Do‘pposlashlarga norozilik belgisi sifatida mahbuslar o‘z badanlarini kesib jarohatlagan, ammo ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmagan, ma’muriyatning ushbu norozilikka qarshilik ko‘rsatishga urinishi esa qo‘zg‘olonni keltirib chiqargan.

«Mushtlab ura boshlashdi, mahbuslarni dubinka bilan kaltaklashdi, shunday qilib janjal boshlanib ketdi», — dedi u. Yana bir mahbusning aytishicha, do‘pposlashlarda koloniya boshlig‘ining o‘rinbosari Aleksandr Orlovning shaxsan o‘zi qatnashgan. Mahbuslar rejali tintuvga qarshilik ko‘rsatganini inkor etmoqda.

O‘tgan hafta koloniya mahbuslari ochlik e’lon qilgan edi, dedi Shimoliy Osetiyada inson huquqlari bo‘yicha vakil Tamerlan Sgoyev, u qo‘zg‘olondan keyin koloniyani borib ko‘rdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ochlik e’lon qilinishiga rejimning kuchaytirilishi sabab bo‘lgan. Shuningdek, Sgoyev qayd etishicha, koloniya juda eski bo‘lib, u yerda infratuzilma bilan bog‘liq ko‘plab muammolar bo‘lgan, ular esa qonun buzilishlariga olib kelgan. Mash mahbuslarning qarindoshlariga tayanib yozishicha, koloniyada may oyida rahbariyat o‘zgarganidan keyin rejim kuchaytirila boshlagan — qarindoshlar bilan uchrashuvlarga cheklovlar qo‘yila boshlagan, mahbuslarga berib yuboriladigan buyumlar (peredacha) uchun talablar kuchaytirilgan.

Qo‘zg‘olon holati bo‘yicha Rossiya Tergov qo‘mitasi jinoyat ishi ochdi. U ommaviy tartibsizliklar uyushtirish va ularda qatnashish to‘g‘risidagi modda bo‘yicha tergov qilinadi. Gumonlanuvchilar haqida ma’lum qilinganicha yo‘q. Hodisa tafsilotlarini aniqlashtirish uchun FSIN Shimoliy Osetiyaga xizmat direktori o‘rinbosari Rustam Stepanenko rahbarligida komissiya jo‘natdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 0
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 88
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 134
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 29
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 112
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 161
  • So'nggi yangiliklar
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 29
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 24
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 88
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 134
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 82
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 80
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 37
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 453
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 50
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 30
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 41
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 29
  • Bo‘limlar