“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 17:12
ЎЗO‘Z

Xitoy yadro zaryadi tashuvchi gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi

17 okt, 11:17 1 415 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoy yadro zaryadi tashuvchi gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi Foto: AFP
Xitoy yadro zaryadi tashuvchi gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi. Financial Times nashrining manbalarga tayanib xabar berishicha, sinovlar avgust oyida o‘tkazilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, raketa Yer sharini past orbita bo‘ylab aylanib chiqqan, so‘ngra belgilangan nishonga tegish uchun pastlagan.

Biroq manbalarning xabar berishicha, raketa mo‘ljaldan bir necha kilometrga adashib, nishonga tegmagan. Biroq shunga qaramay, sinovlar Xitoyning gipertovushli qurolni ishlab chiqishda hayratlanarli yutuqlarga erishganini namoyish qilgan va AQSH razvedkasini “dog‘da qoldirgan”.

“Biz ular buni qanday amalga oshirganlari haqida umuman tushunchaga ega emasmiz”, deb aytgan nashr suhbatdoshlaridan biri. Manbalarning ta’kidlashicha, nazariy jihatdan raketa Janubiy qutb ustidan uchib o‘ta oladi. Bu esa AQSH havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari uchun muammo bo‘lishi mumkin, chunki ular Shimoliy qutb yo‘nalishida mujassamlashtirilgan.

Pentagon sinovlarga izoh berishdan bosh tortgan, biroq Xitoyning bu yo‘nalishdagi faollashuvidan xavotir bildirgan. Jumladan, AQSH mudofaa vazirligi vakili Jon Kirbi Xitoyning harbiy imkoniyatlari “mintaqada va uning tashqarisida keskinlikning oshishiga turtki bo‘lishini” aytgan.

O‘z navbatida, Xitoyning AQSHdagi elchisi Lyu Pen’yuy Xitoyning harbiy siyosati mudofaa xarakteriga ega ekanini aytgan. Uning ta’kidlashicha, Pekinda “AQSHdagi kabi global miqyosda harbiy amaliyotlar o‘tkazish rejasi yo‘q”. Xitoy vakilining aytishicha, AQSH o‘zining gipertovushli qurol ishlab chiqishini oqlash maqsadida oxirgi yillarda “Xitoy xavfi” haqidagi uydirmani o‘ylab topgan.

Avvalroq Xitoy qit’alararo ballistik raketalar uchun 100 dan ko‘proq shaxta qurishni boshlagani ma’lum qilingandi. Ta’kidlanishicha, bu yo‘nalishdagi ishlar Gansu provinsiyasidagi cho‘l hududida olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 0
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 0
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 0
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 0
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 34
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 0
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 0
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 0
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 0
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 34
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 96
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 69
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 114
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 40
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 153
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 70
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 43
  • Bo‘limlar