“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 06:26
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyini borib ko‘rdi

17 okt, 09:39 2 079 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyini borib ko‘rdi Davlatimiz rahbari Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyini borib ko‘rdi.

Bu muassasa shaharning diqqatga sazovor maskanlaridan biri. 1958 yil foydalanishga topshirilgan binoning o‘zi bir tarixiy asar. O‘tgan yillar mobaynida bu yerdan ko‘plab iste’dodli san’atkorlar yetishib chiqqan.

Joriy yilda madaniyat saroyi ta’mirlandi. Bino va favvora asl holini saqlagan holda restavratsiya qilindi. Zamonaviy sovutish va isitish tizimi, ovoz kuchaytirish moslamalari o‘rnatildi. To‘garak xonalari zarur mebel va jihozlar bilan ta’minlandi. Shu tariqa, bu yer yana odamlarning, ayniqsa, yoshlarning sevimli maskaniga aylandi. Bugungi kunda “Besh tashabbus” doirasida tashkil etilgan to‘garaklarda 300 dan ziyod o‘g‘il-qiz shug‘ullanmoqda.

Prezidentimiz bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, mashg‘ulotlar jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Madaniyat saroyida 700 o‘ringa mo‘ljallangan konsert zali bor. Shu yerda bolajonlar kuy-qo‘shiqlar ijro etdi.

Davlatimiz rahbari ularning o‘qish va ijodiga muvaffaqiyat tilab, ustozlariga minnatdorlik bildirdi. Mutasaddilarga madaniyat saroyi faoliyatini kengaytirish, to‘garaklar va ijodiy jamoalarni doimiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatiga safari yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkent shahriga qaytib keldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 213
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 352
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 93
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 216
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 164
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 194
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 0
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 144
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 173
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 242
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 307
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 108
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 133
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 167
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 247
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 212
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 177
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 244
  • Bo‘limlar