“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 15:48
ЎЗO‘Z

Olimlar shellakning salomatlik uchun zararli ekanligini aniqladi

11 okt, 16:16 1 739 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar shellakning salomatlik uchun zararli ekanligini aniqladi Foto: Marie Claire
Shellak qildirishni yaxshi ko‘radigan ayol va qizlar qoplamani quritish davomidagi ultrabinafsha nurlari turli kasalliklarga olib kelishi mumkinligini yodda tutishi zarur.

Shellak nima o‘zi?
Shellak — uzoq vaqt davomida tirnoqlari mukammal qoplanib turishini istovchilar uchun eng yaxshi lak muqobili hisoblanadi. Tirnoqlarni qoplash jarayonida lak va geldan foydalaniladi. Shellak tirnoqlarda 3 hafta davomida o‘zgarishsiz turishi mumkin. Asosan, salonlarda amalga oshiriladigan jarayonda dastlab tirnoq plastinkalari tozalab olinadi, keyin yog‘sizlantirilib, bazaviy qoplama surtiladi. Undan so‘ng rangli lakdan foydalaniladi.

Shellakning oddiy lakdan farqi — har bir surtilgan qavat bir necha daqiqa davomida ultrabinafsha lampa nurlari bilan quritiladi. Quritilgani hisobiga shellak jarayon tugagunicha qotib bo‘ladi. Odatda shellak bilan qoplashga 15 daqiqaga yaqin vaqt ketadi. Uni o‘chirish uchun esa mutaxassisga murojaat qilgan yaxshi. Atsetonni o‘zi bilan o‘chirib bo‘lmaydi. Tirnoqlarni atseton shimdirilgan paxtali disklarga, keyin folga qog‘ozi bilan 10 daqiqaga o‘rab qo‘yilsa, ish berishi mumkin. Ammo bunda tirnoqlarning quritib yuborish ehtimoli katta. Salonlarda esa maxsus, tirnoqlarga shikast yetkazilmaydigan usullardan foydalanishga harakat qilinadi. Hidi va tarkibida toluola, dibutilftalan, formaldegid yo‘qligi hisobiga shellek gipoallergen qoplama hisoblanadi.

Nimasi xavfli?
Shellak tirnoq plastinkasiga salbiy ta’sir qilishi, qolaversa, shikastlashi ham mumkin. Tirnoqlar o‘ziga kelib olishi uchun esa 2 oy davomida shellaksiz yurish kifoya. Boshqa xavfi esa quritish jarayonida ishlatiladigan ultrabinafsha nurlar bilan bog‘liq. Ayrim olimlar ultrabinafsha nurli lampalarning salomatlik uchun zararli ekanini ta’kidlaydi. Bunday qarorga Amerikaning teri saratoni bilan bog‘liq muammolarni o‘rganuvchi tashkilot mutaxassislari kelgan. Tadqiqotlarda salondagi anjomlar kanserogen ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aniqlagan

Qanday himoyalanish mumkin?
Shellak qildirish orasida vaqt bo‘lsin, 1,5-2 oy eng yaxshi muddat. Bu vaqtda parvarishlaydigan qoplamalardan foydalanilsa, yanada yaxshi. Lampaning zararidan maksimal darajada himoyalanish uchun mutaxassislar shellakdan avval SPF krem qo‘llashni tavsiya qiladi. Tirnoq uchun vosita va mahsulotlar ishlab chiqaradigan CND’ning rasmiy murojaatida shellak haqida shunday deyiladi:

«Mijozlar va professional salon xodimlari CND mahsulotlarini 30 yildan ko‘proq vaqtdan buyon muvaffaqiyatli ishlatib kelmoqda. CND’ga qarashli bo‘lgan tirnoqlar uchun uzoq turadigan shellak qoplamasi 2010 yilda chiqarilgan bo‘lib, gel-laklar kategoriyasida birinchi hisoblanadi va o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi».

Kompaniyaning ma’lumotiga ko‘ra, gel lak uchun ultrabinafsha nurli lampalardan foydalanilganida nurlanish sog‘liqqa xavf soladigan darajada bo‘lmaydi. Nurlanishdan xavotirda bo‘lganlarga esa teri saratoniga qarshi kurashish fondi ultrabinafsha nurlariga qo‘llarni qo‘yib quritishdan 20 daqiqa avval quyosh nurlaridan himoya qiluvchi SPF-krem surtishni tavsiya qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hayotda pand bermaydigan 16 ta murakkab, ammo o‘ta muhim ko‘nikmalar 15 apr, 13:22 200
  • Tarozida o‘zgarish yo‘q: ozishda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar 12 apr, 10:29 124
  • Uzoq umr ko‘rish uchun eng foydali sabzavot qaysiligini bilasizmi? 09 apr, 10:27 363
  • Qaysi mahsulotlar umrni uzaytiradi? 06 apr, 16:46 287
  • Kuniga uchtadan tuxum iste’mol qilish organizmda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi? 05 apr, 19:35 533
  • Farzandingizni zudlik bilan boshqa maktabga o‘tkazish kerakligini anglatuvchi holatlar 05 apr, 16:40 226
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda 16 apr, 14:43 0
  • Isroil Eronga zarba berishdan boshqa chorasi yo‘qligini e’lon qildi 16 apr, 14:20 2
  • Ozarbayjon TIV Armanistonga chaqiriq bilan chiqdi 16 apr, 13:46 2
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs «soliq»da onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin 16 apr, 13:23 12
  • Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi 16 apr, 13:00 38
  • Polsha va Belarus chegarasida noqonuniy muhojirlar soni ortib bormoqda 16 apr, 12:39 33
  • Tadqiqot: juda qiyin uy vazifalarining foydasidan zarari katta 16 apr, 12:12 29
  • Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi 16 apr, 11:50 137
  • HAMAS nima uchun kelishuvdan bosh tortdi? 16 apr, 11:30 126
  • "Dollarfurush"larga qarshi katta "ov" bo‘lib o‘tdi 16 apr, 11:15 86
  • Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi 16 apr, 11:02 165
  • Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi 16 apr, 10:46 41
  • Bo‘limlar