“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 22:38
ЎЗO‘Z

Haddan ortiq terlaydigan odamlarga asqatadigan 10 tavsiya

10 okt, 23:15 1 810 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Haddan ortiq terlaydigan odamlarga asqatadigan 10 tavsiya Foto: Freepik
Gipergidroz, ya’ni terining haddan ortiq jadal ajralishi bilan bog‘liq muammo nafaqat muhim tadbirlar, balki kundalik hayotda ham yoqimsiz hisoblanadi. Uning oldini olish va muammoni bartaraf qilish uchun esa shifokorga murojaat qilish bilan birga ayrim qoidalarga ham amal qilish zarur.

Tabiiy matolardan tikilgan kiyimlarni kiying
Alohida tadbir va marosimlar uchun tabiiy matolardan tikilgan, och rangli libos tanlang. Qora kiyim tanlasangiz, uning paxtali matodan tikilganiga e’tibor qarating. Shoyi matolarda terlashdan qolgan iz ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanishi mumkin.

Maxsus taglikdan foydalaning
Qo‘ltiqosti sohasiga qo‘yish uchun mo‘ljallangan tagliklarni kiyimga yopishtirib olish mumkin. Uning ichidagi mato terini o‘ziga oladi va yoqimsiz hidni neytrallashtiradi. Natijada ushbu muammo sizni muhim vaziyatlarda bezovta qilmaydi.

Antiperspirantli salfetka xarid qiling
Antiperspirantli salfetkani yoningizda olib yurish tavsiya qilinadi. Bu ayniqsa, issiq havolarda yuz va tana terisi parvarishini osonlashtiradi.

Oyoq terlaydigan bo‘lsa, nima qilish kerak?
Oyoqning terlashi va badbo‘y hid anqishining oldini olish uchun bolalar salfetkasidan foydalanish tavsiya qilinadi. Kukun suyuqlikni o‘ziga olgani hisobiga teri bakteriya va zamburug‘lardan himoyalanadi.

Maxsus pataklardan foydalaning
Ajralgan terini o‘ziga olishga mo‘ljallangan maxsus patak oyoq terlashida yaxshi samara beradi.

Ichimlik sodasi
Kiyimlardagi ajralgan teridan qolgan izni sodali suv aralashmasi bilan bartaraf qilishingiz mumkin. Aralashmani kiyimning sarg‘aygan qismiga surtib, 30—60 daqiqaga qoldiring. Keyin esa odatdagidek yuvib tashlang.

Qahva va achchiq taomlardan tiyiling
Tarkibida kofein bo‘lgan ichimliklar, alkogol mahsulotlari, qolaversa, achchiq taomlar yegandan keyin odamda qizish holati kuzatiladi. Bu esa ko‘proq terlashga sabab bo‘ladi. Shuni inobatga olgan holda ratsionga alohida e’tibor berish tavsiya qilinadi. Issiq kunlarda iliq choy yoki shunchaki suv iching. Tomat sharbati ham teri ajralishini nazorat qilish xususiyatiga ega.

Kiyim tanlashda ham e’tiborli bo‘ling
Yozgi garderobdan havo aylanib turishini ta’minlaydigan bluzka va maykalar o‘rin olishi kerak. Bunday bichimdagi kiyim teridan dog‘ qolishining oldini oladi.

Kerakli vositalarni yoningizda olib yuring
Dezodorant, prisipka, antiperspirantli salfetka va almashtirib olish uchun qo‘shimcha kiyim yoningizda hamisha bo‘lishiga e’tibor qarating.

Yozib boring
Alohida daftar tutib, teri ajralishini jadallashtiradigan vaziyatlar, ularni bartaraf qilishga hissa qo‘shadigan vositalar haqida yozib boring. Gipergidroz muammosi bilan shifokorga murojaat qilinganda ushbu qayd qilingan muammolar yechim topishiga sezilarli yordam beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 97
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 261
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 172
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 243
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 384
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 178
  • So'nggi yangiliklar
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 25
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 56
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 34
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 55
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 55
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 44
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 53
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 30
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 141
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 74
  • Bo‘limlar