“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:59
ЎЗO‘Z

Xavfsiz ma’lumot almashish uchun XXI asr «raqamli qal’a»si — Telegram’ni barpo qilgan Pavel Durov haqida

10 okt, 17:33 2 409 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xavfsiz ma’lumot almashish uchun XXI asr «raqamli qal’a»si — Telegram’ni barpo qilgan Pavel Durov haqida Internet rivojlanib borgani sari unda xavfsiz ma’lumot almashish juda dolzarb masalaga aylandi. Yirik ijtimoiy tarmoqlarining ushbu muammoga duch kelishi insonlarni xavotirga solib qo‘ydi. Bugungi kunda ma’lumot almashish uchun eng xavfsiz messenjer hisoblanuvchi Telegram o‘z egasiga deyarli hech qanday daromad keltirmaydi. «Daryo» moddiy manfaatdan insonlaring xavfsiz ma’lumot almashishini ustun ko‘rgan «rus Mark Sukerbergi» Pavel Durov haqida hikoya qiladi.

Yoshlik
Pavel Durov Valeriyevich 1984 yil yil 10 oktabr kuni hozirgi Sankt-Peterburg shahrida tug‘ilgan. Durovning ota-onasi universitet o‘qituvchilari bo‘lib, Pavel yoshligining bir qismini otasi bilan birga Turin(Italiya)da o‘tkazadi. Vataniga qaytgach Durov gimnaziyaga o‘qishga kiradi, 11-sinf paytligidan esa dasturlash sohasiga qiziqa boshlaydi.

Gimnaziyani kumush medal bilan bitirgan Pavel Sankt-Peterburg davlat universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi. Bu yerda u ingliz tilini puxta o‘rganadi. Universitet davrida ancha faol bo‘lgan Durov Rossiya prezidenti, Rossiya Federatsiyasi hukumati va Potanin stipendiyasi egasiga aylanadi.

Yosh Durov (chapda)
Foto: Google Images

2006 yil universitetni qizil diplomga (Durov bu diplomni hech qachon olmagan) bitirgach Durov har kuni bir xil tartibda ishlash u uchun emasligiga amin bo‘ladi va orzularini internet orqali amalga oshirishga kirishadi.

«VKontakte»
Durov xabar va foydali ma’lumotlar almashishni soddalashtirish bo‘yicha dastlabki ishlanmalarni universitetda o‘qib yurgan kezlarida boshlagan edi. Muhim material, referat va talabalar uchun turli kichik forumlarni qidirish kutubxonasini yaratish Pavelning birinchi ishi edi. U bu saytga o‘zining nomini beradi — «durov.com».

Keyingi bosqich «VKontakte»ning prototipi bo‘lgan «spbgu.ru» — universitet saytini yaratish bo‘ladi. Biroq bu tarmoq universitet talabalari orasida ommalashmaydi, qolaversa, talabalar tarmoqdan turli avatar va boshqa ismlar bilan foydalanadi. Ushbu platformadan so‘ng Pavel kelajakdagi ijtimoiy tarmoqda qanday o‘zgarishlar qilinishi kerakligini haqida ko‘nikmalar oladi.

Durovda yangi aloqa tarmog‘ini yaratishga istak AQSHdan kelgan do‘sti bilan suhbatdan so‘ng paydo bo‘ladi. Amerikalik talabalarning Facebook’dan juda keng foydalanishini eshitgan Durov Rossiyada ham shunga o‘xshash tarmoq yaratishga qaror qiladi.

Dastlab «Student.ru» deb atalgan tarmoq nomi keyinroq «VKontakte»ga almashtiriladi. Pavel va akasi Nikolay 2006 yilda shu nomdagi mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil qiladi. Tarmoq avvaliga yopiq bo‘lib, faqatgina taklif orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin edi. Biroq yil oxiriga kelib tarmoq butunlay ochiladi. Shundan so‘ng tarmoqning shiddat bilan rivojlanishi boshlanadi. Keyingi yili Runetdagi eng mashhur uchinchi saytga aylangan «VKontakte», 2008 yilda monetizatsiya qilinadi. Shu yili foydalanuvchilari soni yigirma milliondan oshadi hamda «VKontakte» asoschisi Durov «rus Sukerbergi» deb atala boshlanadi. 7,9 milliard rubl boylikka ega bo‘lgan Pavel rossiyalik milliarderlar reytingida 350-o‘rinni egallaydi.

Nikolay Durov
Foto: Wikipedia

2014 yil yanvar oyida Durov «VKontakte»dagi o‘z ulushini MegaFon bosh direktori Ivan Tavringa sotgani ma’lum bo‘ladi. Mart oyida esa Alisher Usmonovga tegishli Mail.Ru Group korporatsiyasi Tavrindan bu aksiyalarni sotib oladi va «VKontakte»ning 52% aksiyasini o‘z qo‘lida jamlaydi.

2014 yil 16 aprel kuni Pavel Durov 2013 yilning dekabrida FSB (Federal xavfsizlik xizmati) tarmoq rahbariyatidan Yevromaydon (Ukrainada rossiyaparast Yanukovich tuzumi qulatilgan inqilob Yevromaydon voqealari deb atalgandi) voqealari tashkilotchilarining shaxsiy ma’lumotlarini topshirishni talab qilganini e’lon qiladi.

Shuningdek, u Bosh prokuratura Aleksey Navalniyning korrupsiyaga qarshi kurashuvchi «Rospil» jamoasini ham blok qilishni talab qilganini aytadi. Biroq Durov buni rad etib, «Rossiya yuridiksiyasi «VKontakte»ning ukrainalik foydalanuvchilariga amal qilmasligini, ukrainalik foydalanuvchilarning ma’lumotlarini tarqatish nafaqat qonun buzilishi, balki ularga qarshi jinoyat» ekanligini aytadi.

21 aprel kuni Durov «VKontakte»dagi sahifasida FSB bilan ziddiyat tufayli ijtimoiy tarmoq rahbarligidan ketganini e’lon qiladi. U Rossiyani tark etishini, «mamlakat internetda biznes yuritishga mos emasligini» aytadi. Shu tariqa «VKontakte» va uning asoschisi o‘rtasidagi aloqalari butunlay uziladi.

Uchuvchi pullar
2012 yil 27 mayda Sankt-Peterburg shahriga asos solingan kun munosabati bilan odamlar ko‘chalarda bayram qilishi sababli shaharda ko‘plab avtomobil yo‘llar yopib qo‘yiladi. «VKontakte» idorasi joylashgan Zinger uyida yaqinidagi yo‘llar ham shu kuni yopib qo‘yilgandi. Shu kuni Zinger binosining yonida olomon yig‘ila boshlaydi. Ular «VKontakte» asoschisi va direktori Pavel Durov hamda kompaniya vitse-prezidenti Ilya Perekopskiyning besh ming rubl qiymatdagi pullarni qog‘oz samolyotlarga yopishtirib otayotgani haqida eshitib ko‘paya boshlaydi. Biroq oradan biroz o‘tib insonlar tepadan tushayotgan pullarni taqsimlash uchun janjallashib ketadi.

Zinger uyidan pul uchirayotgan Durov
Foto: Google Images

Ko‘pgina amaldor, jurnalist va blogerlar Durovning bu «qilig‘i»ni keskin tanqid qiladi. Voqea «Durov nomidagi haqiqiy Peterburg sirki» deya istehzo qilinadi (Peterburgda «Durov nomidagi yirtqichlar teatri» bor edi). Durovning o‘zi esa «VKontakte» sahifasida «men va jamoamiz shunchaki bayramga shukuh qo‘shmoqchi bo‘lgandik, ammo odamlar yovvoyilasha boshladi» deb izoh qoldiradi.

Telegram
Rossiyani tark etgach Pavel bir qancha vaqt yashash joyini tez-tez o‘zgartirib turadi. U bir davlatdan boshqasiga ko‘chib yurar ekan, o‘zini dunyo fuqarosi deb bilishini aytadi. Karib dengizida joylashgan Sent-Kis va Nevis orol davlatiga sarmoya kiritgan Durov, bu yerning fuqaroligini ham oladi.

Rossiyada tark etar ekan Durov yangi, ishonchli va muhofazalangan ijtimoiy tarmoq yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. 2014 yil 14 avgust kun shunday dastur yaratiladi — Telegram. Messenjer dastlab faqat iOS tizimidagi qurilmalarga taqdim etiladi. Ijtimoiy tarmoq Pavelning akasi Nikolay tomonidan ishlab chiqilgan MTProto shifrlash texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, maxsus xizmatlar nazorati va ularning foydalanuvchilar ma’lumotlariga noqonuniy kirishidan yaxshi himoyalangan edi. Shaxsan Durovning o‘zi Telegram serverlarini buza olgan insonga ikki yuz ming dollar mukofot va’da qiladi.

2017 yil boshida WhatsApp ma’lumotlari Facebook tomonidan ko‘rilishi va shifrlashdagi muammolar ma’lum bo‘lgach Telegram raqobatchisining ko‘pgina foydalanuvchilari Telegramga o‘tishni boshlaydi. Shu yilning avgust oyida Pavel Durov Telegram’dagi kanalida messenjerning har kunlik foydalanuvchilari soni 600 mingdan oshayotganini aytdi. Keyingi yili esa Telegram’dan oylik faol foydalanuvchilar soni ikki yuz milliondan oshadi.

2017 yil avgustda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Putinning Tuva respublikasidagi baliq ovi paytida ust kiyimsiz rasmi tarqalganidan so‘ng Durov Instagram’da #PutinShirtlessChallenge fleshmobini boshlaydi. U foydalanuvchilarni Putin kabi kiyimsiz rasm tushishga chaqirib, o‘zi fleshmobni boshlab beradi.

#PutinShirtlessChallenge
Foto: Google Images

Durov va Rossiya qarama-qarshiligi yana davom etdi. Bir yil oldin boshlangan ziddiyat («Roskomnadzor» Durovdan Telegram’dagi ba’zi akkauntlar ma’lumotlarini berishni talab qiladi va rad javobini oladi» 2018 yil «Roskomnadzor»ning Rossiya Federatsiyasi hududida Telegram ijtimoiy tarmog‘ini bloklab qo‘yishi bilan yakunlanadi. Durov rasmiylar bilan hamkorlik qilishdan qat’iy bosh tortadi hamda Instagram’dagi sahifasida «Erkin bo‘lish uchun siz barcha narsadan voz kechishga tayyor turishingiz kerak» deya post qoldiradi.

Ammo «erkinlik» baribir g‘alaba qozonadi. «Roskomnadzor»ning yigirma milliondan ortiq IP-manzillarni bloklashi mamlakatda Amazon va Google kabi hostingga asoslangan ko‘plab yirik xizmatlarning uzilishiga olib keladi. Natijada oradan ikki yil o‘tgach «Roskomnadzor» blok ochilganini e’lon qiladi.

Telegram foydalanuvchilari esa butun dunyo bo‘ylab kundan kunga ko‘payib boraverdi. Durovning «Raqamli qal’a»si mustahkam himoya tufayli mashhurlikka erishadi. Facebook, Instagram va WhatsApp’ning 2019 va 2021 yillaridagi uzoq uzilishlari Telegramga foydalanuvchilar oqimini yanada ko‘paytirdi. Qolaversa, Facebookning turli davlatlarda rasmiylar bilan ma’lumot berish bo‘yicha aloqalari haqidagi gaplar tez-tez tarqala boshlagach Telegramga ishonch ancha ortadi.

Shaxsiyat
Durov liberal qarashlarga juda sodiq shaxs. U yaratgan Telegram tarmog‘i Pavelga hech qanday daromad keltirmaydi. Xarajatlar Durovning «VKontakte»dan ishlab topgan pullari va homiylar yordami hisobidan qoplanadi. Durov Telegram pulga muhtoj qolganda pullik xizmatlar yaratilishi mumkinligini, ammo tarmoq reklama olmasligini ma’lum qilgan. Telegram’dan Durov uchun yagona manfaat insonlarning xavfsiz ma’lumot almashishidir. Uning o‘zi aynan shu uchun harakat qilishini bir necha bor ta’kidlagan.

2017 yil Durov ko‘p yillar oldin voz kechgan, ongga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan narsalar haqida gapiradi. Uning fikricha bular — hayvon go‘shti, nikotin, qahva, qora va ko‘k choy, shakar, har qanday farmasevtika mahsulotlari, tez tayyorlanadigan taomlar, planshet, spirtli, energetik va gazlangan ichimliklar, televizor va uning boshqa analoglari.

2020 yili Durov Rossiyaning eng boy insonlari ro‘yxatida o‘ttizinchi, dunyoda esa besh yuz oltmish beshinchi o‘rinni egalladi. Uning boyligi 3,4 milliard dollar deya taxmin qilinadi.

Muhammadqodir Sobirov tayyorladi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Amerikada zinapoyadan ko‘tarila oladigan robot-changyutgich ixtiro qilindi (foto, video) 27 mar, 16:30 48
  • Olimlar 3D printerda yog‘och chop etishga erishdi 27 mar, 14:58 51
  • Dunyodagi eng tezkor kamera ishlab chiqildi 27 mar, 12:39 77
  • Sun’iy intellekt qanday qilib odamlar mehrini qozonishi mumkin? 26 mar, 18:42 53
  • Robotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniya O‘zbekistonda ofis ochmoqda 26 mar, 11:49 45
  • Xitoyning 5G-internetiga besh baho... 26 mar, 10:00 178
  • So'nggi yangiliklar
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 0
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 55
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 303
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 265
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 64
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 144
  • Bo‘limlar