“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 20:41
ЎЗO‘Z

Ekspert O‘zbekistonning paxta strategiyasiga baho berdi

09 okt, 08:38 3 773 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ekspert O‘zbekistonning paxta strategiyasiga baho berdi Dunyoda paxta narxi rekord darajada qimmatlayotgan bir paytda, O‘zbekiston paxta ekiladigan maydonlar va xomashyo eksportini sekin-asta kamaytirmoqda. Respublika "oq oltin"dan va hosilni yig‘ishtirishda qo‘l mehnatidan voz kechadimi?

O‘zbek paxtasi nimasi bilan jozibador va u bugungi kunda qanchalik raqobatbardosh, shuningdek, paxta yetishtirish budjet va fermerlar uchun iqtisodiy jihatdan qanchalik foydali - bu masalalarni Sputnik muxbiri va boshlovchisi Anna Cherkasova iqtisod fanlari doktori, Rossiyaning sobiq qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri o‘rinbosari Leonid Xolod bilan muhokama qildi.

Sovet davrida paxtachilik respublika qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri edi: O‘zSSRdan 5-6 million tonna "oq oltin" yig‘ib olingan. Hozirgi kunda ekin maydonlarining qisqarishi va qishloq xo‘jaligining diversifikatsiya qilinganligi hisobiga ekinlarni yetishtirish hajmi qariyb ikki barobarga kamaygan (2020 yilda 3,1 mln. tonna).

"Bu hajmlar ham bugungi kunda eng yirik paxta ishlab chiqaruvchi davlatlar: Xitoy, Hindiston, AQSH, Pokiston va Braziliyadan keyingi oltinchi o‘rinni egallab turgan O‘zbekiston uchun yomon ko‘rsatkich emas", - deya ta’kidladi Leonid Xolod.

So‘nggi yillarda bu sohada o‘zgarishlar yuz berdi va klasterlar paydo bo‘ldi - bu tizim faqatgina paxtachilikda qo‘llanilmaydi. Qishloq xo‘jaligi xomashyosini ishlab chiqarish va qayta ishlash, logistika va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishini o‘z ichiga olgan vertikal integratsiyalashgan tuzilma yakka tartibdagi kompaniyalarga qaraganda ancha foydaliroq.

"2017 yilda bor yo‘g‘i bitta paxta-to‘qimachilik klasteri bor edi, bugungi kunda ular soni 73 taga yetgan va ular hisobiga paxta hosilining 70% ulushi to‘g‘ri keladi", – deydi ekspert.

Klaster tizimi soha ichidagi sog‘lom raqobatni ta’minlaydi, bu esa barcha korxonalarning uyg‘un holda ishlashi va omon qolishiga imkon beradi.

Bundan tashqari, ikki yil oldin paxtaga davlat buyurtmasi bekor qilindi, bu esa sohada raqobat kuchayishiga imkon berdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan paxta xomashyosining asosiy qismi mahalliy korxonalarda qayta ishlanmoqda. O‘tgan yili 500ta to‘qimachilik korxonalarida paxta xomashyosining qariyb 60%i qayta ishlangan.

"Mamlakat oldida paxtani ichki qayta ishlashni 70-73%gacha oshirish va ip, to‘qimachilik, yog‘lar eksportini ko‘paytirish vazifasi turibdi. Bunga mavjud fabrika va zavodlarning quvvatini oshirish orqali erishish mumkin.
Bundan tashqari, dunyo yetakchilari - Xitoy, AQSH va boshqalar davlatlar kabi, yig‘im - terim va qayta ishlashda mexanizatsiyalash darajasini oshirish respublika uchun juda muhim
", - deydi ekspert.

"Har qanday mexanizatsiyalashtirish xarajatlarsiz kechmaydi, biroq qo‘l mehnati pul talab etadi. O‘zbekiston uchun texnik jihozlar – bu iqtisodiy zarurat va madaniyat samaradorligini oshirish usuli", - deya ochiqlik kiritdi iqtisod fanlari doktori.

Qanday bo‘lmasin, respublika hokimiyati bu sohani tartibga keltirdi va paxta terish uchun har yili inflyatsiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqiladigan minimal stavkalarni joriy qildi. Bu tizimni yanada shaffof qiladi va mavsumiy ishchilarga dalada ishlashdan keladigan daromadni taxmin qilish imkonini beradi.

O‘zbekiston paxtasi o‘zini yuqori sifati bilan ajralib turadi va talab yuqoriligi bo‘yicha dunyodagi beshtalikka kiradi. Asosan, O‘zbekiston paxtasi Xitoy, Eron va Bangladeshga eksport qilinadi va eksportning umumiy hajmi bo‘yicha respublika so‘nggi yillarda jahon bozorining qariyb 2,5 foiz ulushi bilan 8-9 o‘rinni egallab kelmoqda, biroq u tayyor mahsulotlar foydasiga asta-sekin kamayib bormoqda.

"Paxta mahsulotlari, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga 270 million dollardan ziyod miqdorda yetkazib beriladi, bu Ittifoqqa O‘zbekistonning barcha eksporti qiymatining 9,8% ni tashkil etadi" - deya qo‘shimcha qildi ekspert.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston paxta xomashyosi eksportining kamayishini nafaqat boshqa ekinlar foydasiga uning ishlab chiqarishning pasayishi, balki O‘zbekiston bugungi kunda chuqur qayta ishlashga ko‘proq e’tibor qaratayotgani bilan ham izohlash mumkin.

Leonid Xolod ishonch bilan aytdiki, ushbu to‘g‘ri strategiya tayyor mahsulotdan ko‘proq daromad olish va mamlakatda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkoniyatini beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 46
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 59
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 115
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 215
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 112
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi» 23 apr, 20:00 1
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 4
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 30
  • SSKA afsonasi Akinfeyev Fayzullayevga nega tanbeh berdi? 23 apr, 18:58 117
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 41
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 60
  • Botir Qodirov Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlarni nima uchun sudga bergani ma’lum bo‘ldi 23 apr, 18:26 149
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 45
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 30
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 133
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 194
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 107
  • Bo‘limlar