“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 10:06
ЎЗO‘Z

Eksport xarajatlari bo‘yicha tadbirkorlarga kompensatsiya to‘lanadi

05 okt, 12:41 1 540 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eksport xarajatlari bo‘yicha tadbirkorlarga kompensatsiya to‘lanadi Hukumat qarori (618-son, 04.10.2021 y.) bilan Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» xabar berdi.

Nizomga ko‘ra, eksport qiluvchiga kompensatsiya taqdim etilishi uchun:
- eksport qiluvchi O‘zbekistonda davlat ro‘yxatiga olingan;
- mahsulotlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan;
- mahsulotlar O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lmagan davlatlarga eksport qilingan (Afg‘onistonga eksport qilingan va qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno);
- mahsulotlar eksport rejimiga joylashtirilgan (5000 AQSH dollarigacha mahsulotlarning pochta jo‘natmalari orqali eksporti mustasno);
- eksport shartnomasida mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlari eksport qiluvchi zimmasiga yuklangan va to‘lovlar eksport qiluvchi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi kerak.

Ariza va tegishli hujjatlar Eksportni rag‘batlantirish agentligiga bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda, agentlik veb-sayti orqali taqdim etiladi.

Eksport qiluvchi arizasi bo‘yicha kompensatsiya berish yuzasidan qaror (xulosa) vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi. Bunda arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lov undirilmaydi.

Quyidagilar kompensatsiya to‘lashni rad etishga asos bo‘ladi:
- hujjatlarning belgilangan talablarga nomuvofiqligi;
- hujjatlarda noto‘g‘ri, ishonchsiz ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish;
- joriy yil uchun ajratilgan subsidiya tugaganida.

Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizgacha qismi qoplab berilishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 116
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 109
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 96
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 162
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 126
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 149
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 40
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 179
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 95
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 190
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 60
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 119
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 131
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 273
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 107
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 170
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 138
  • Bo‘limlar