“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 14:16
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda oktabr oyida ob-havo qanday bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumot

05 okt, 13:10 2 664 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda oktabr oyida ob-havo qanday bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumot “O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, shu hafta oxirigacha Rossiyaning Yevropa qismi ustida joylashgan keng ko‘lamli sovuq antitsiklon ta’siri saqlanib turadi. O‘zbekistonda past harorat fonida harorat biroz o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Bulutli va yog‘ingarchilik kuzatiladigan ob-havoda kunduz kunlari harorat 13-16 daraja iliqqacha pasayadi, havo ochiq bo‘lganda esa 19-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Kechalari harorat 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Birinchi o‘n kunlik oxirigacha o‘rtacha havo harorati ushbu davr uchun me’yoriy qiymatlardan 2-4 darajaga past bo‘ladi.

5 oktabrda O‘zbekiston shimolida, 6 va 8-9 oktabrda respublika markaziy hududlarida va Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 6-9 oktabrda tog‘oldi va tog‘li hududlarda jadalligi kuchli bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoldan holi emas. Ushbu kunlarda tezligi birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan asosan sharqiy yo‘nalishdagi shamol esadi, shimolda va cho‘l hududlarida 15-20 m/s gacha kuchayadi.

So‘ng, oktabr oyi oxirigacha harorat o‘zgarib turishi kutilmoqda – eng issiq kunlarda harorat 22-27 daraja issiqqacha ko‘tariladi, eng sovuq kunlarda harorat 13-18 daraja iliqqacha pasayadi. Kechalari harorat 5-10 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. Uchinchi o‘n kunlikda ba’zi joylarda 1 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin. Oktabr oyi harorat tartibi bo‘yicha me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5 darajaga past bo‘lishi kutilmoqda.

Iqlimiy me’yorlarga asosan, O‘zbekiston janubiy viloyatlari bo‘yicha oktabr oyida 3 kundan 5 kungacha, qolgan hududlarda 5 kundan 7 kungacha yog‘ingarchilik bo‘ladi. Oktabr oyida yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida yog‘adi, ammo keskin sovuq bo‘lishida yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi mumkin. Oxirgi marta 2018 yilning oktabr oyida Toshkentda yomg‘ir qorga aylanishi kuzatilgan.

Kechalari havo haroratining o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlari 6-11 daraja iliqni tashkil etadi, kamdan kam hollarda oktabr oyida, ayniqsa oyning ikkinchi yarmida birinchi kuzgi sovuqlar kuzatiladi.

Oktabr oyida havo harorati odatda 23-28 daraja issiqdan 10-15 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. Ba’zida harorat haqiqiy qiymatlari yoki yog‘ingarchilik miqdori ko‘p yillik davr uchun o‘rtacha qiymatlardan sezilarli darajada farq qilishi mumkin.

Qayd etilishicha, Toshkentda butun bir asrdan ko‘proq meteorologik kuzatuvlar tarixida, ayrim yillarda oktabr oyida maksimal havo harorati qiymatlari 33-36 daraja issiqqa yetgan. Oktabr oyi haroratining mutlaq maksimumi 37,5 daraja issiqni tashkil etadi, bunday harorat 1941 yilda kuzatilgan.

Oktabr oyida Toshkent uchun minimal harorat bo‘yicha rekord 11,2 daraja sovuqni tashkil etadi, lekin bu o‘tgan asrning boshlarida bo‘lgan. Oxirgi 20 yilda Toshkentda minimal harorat 1-2 daraja sovuqdan pastga tushmagan. 2015 yilning oktabr oyida Toshkentda oyning 3,5 yog‘ingarchilik miqdori yog‘gan, bunda bir kunda bir oylik me’yor (25 mm) kuzatilgan. Bu oxirgi 20 yil ichidagi eng yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan oktabr oyidir. Ammo o‘tgan yil oktabr oyida Toshkentda umuman yog‘ingarchilik bo‘lmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 236
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 54
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 151
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 151
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 299
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 55
  • So'nggi yangiliklar
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 3
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 10
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 39
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 17
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 311
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 148
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 33
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 15
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 85
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 19
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 40
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 342
  • Bo‘limlar