“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 07:31
ЎЗO‘Z

Mingga yaqin turk kompaniyasini O‘zbekistonga olib kirish reja qilinmoqda

04 okt, 19:57 2 143 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mingga yaqin turk kompaniyasini O‘zbekistonga olib kirish reja qilinmoqda Foto: Kun.uz
O‘zbekiston ishbilarmon doiralari Turkiyaning sanoat zonalari boshqaruvchisi hisoblangan yirik tashkilot “Ostim” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Hamkorlik uchrashuvi 4 oktabr kuni Toshkentdagi Hilton mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Iqtisodiyot assambleyasi raisi Muxtor Umarov tafsilotlar bo‘yicha Kun.uz savollariga javob berdi.

— 200 ming ish o‘rni va’da qilinmoqda, bunga qanday erishiladi?
— Turkiyaning 1000ga yaqin kompaniyasi O‘zbekistonga taklif qilinadi. Agar sanoat zonalarini Turkiya qonunlari bo‘yicha ishlaydigan qilib yaratadigan bo‘lsak, nafaqat Turkiya, balki Yevropadan ham yangi kompaniyalarni jalb qilishimiz mumkin bo‘ladi.

Mana shu yo‘nalishda “Ostim” sanoat zonalari boshqaruvchisining o‘zini oladigan bo‘lsak, uning 6200 kompaniyasi bor. Ulardan kamida 1000 ta kompaniyani O‘zbekistonga jalb qila olamiz. Bu bo‘yicha ular qiziqish bildirib bo‘lishgan. Shu mingga yaqin kompaniyalar uchun sharoit qilib, «Ostim» industrial boshqaruvchilari orqali jahon standartlarida tayyorlab bersak, ularning O‘zbekistonga kelishini ta’minlay olamiz.

Hisoblab chiqdik, mingga yaqin kompaniyalarda 200tadan ishchi ishlaydigan bo‘lsa, 200 mingta ish o‘rni yaratiladi. Bu – besh yillik loyiha. Yangi velosiped ixtiro qilish niyatimiz yo‘q, mutlaqo, bu ishlar Turkiya tajribalariga tayangan holda amalga oshiriladi.

— Loyiha uchun hukumat 3ta sanoat zonasini ajratib bergani haqida aytdingiz, ular qayerda joylashgan?
— Hozir bizga tanlash huquqini berishdi. Birinchi sanoat zonasi – Toshkent viloyati Yuqori Chirchiqda ochilayotgan mebel klasteri. Yana bittasi Andijonda, uchinchisini esa tanlash huquqini oldik.

O‘zimiz shunday qarorga keldikki, bitta sanoat klaster zonasi hozir rivojlanib turgan, yana biri rivojlanishdan ortda qolib ketgan sanoat zonasini tanlab, tajriba almashinuv asosida ish olib boramiz.

— Loyiha uchun qancha mablag‘ sarf qilinadi va mablag‘ manbalari haqida gapirsangiz.
— Loyiha uchun birinchi manba “Ostim” kompaniyasining o‘zining investitsion fondi. Ushbu maxsus fond chet elga boradigan tadbirkorlar uchun mablag‘ ajratishni ko‘zda tutadi.

Ikkinchisi, O‘zbekiston hukumatining to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirish fondi. Bu – To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi. Bu jamg‘arma orqali tadbirkorlarimiz loyihalariga mamlakat iqtisodi uchun muhim bo‘lgan yo‘nalishlarda 30 foizgacha investitsiyalar kiritiladi. Bunda 5 yildan keyin hukumatning loyihadan chiqib ketish sharti bor.

Uchinchisi, turli xalqaro moliya tashkilotlari ham mana shunday loyihalarni moliyalashtirishga tayyorligini bildirishgan. Bunday tashkilotlardan Malayziya, Birlashgan Arab Amirligi, Vengriyadan talabgorlar bor.

Loyihaning umumiy miqdori 1 mlrd 200 mln dollar deb baholanmoqda. Bu mablag‘lar besh yil ichida kichik va o‘rta biznes kesimida o‘zlashtiriladi. Kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish murakkab masala hisoblanadi. Turkiyalik hamkorlarimizning tajriba va ilmlariga suyanyapmiz.

— Sanoat zonalarida 7ta klaster tashkil etilishi aytildi, ular asosan qanday bo‘ladi? Yaqin bir yilda qaysi yo‘nalishda o‘zgarish bo‘ladi?
— Axborot texnologiyalari (IT), temir yo‘l, qurilish, sog‘liqni saqlash (farmatsevtika), mebel va oziq-ovqat sanoati bo‘yicha klasterlar tuzish rejalashtirilgan.

Yaqin bir yil ichida mana shu sohalardan ko‘proq mebel sohasiga urg‘u beramiz. Bu loyiha ustida olti oydan beri ishlayapmiz. Yaqinda mebel sanoatida ichki bozorda mebel narxlari 20 foizgacha arzonlashini kutyapmiz. Maxsus zonada klaster usulida ishlab chiqargandan keyin bizning tannarximiz tushishi eksport-raqobatbardoshligimizni orttiradi. Eksportimiz o‘tgan yilga qaraganda 8 foizga o‘sgan bo‘lsa, bu o‘sishni saqlab qolish barobarida yanada ko‘paytirishni maqsad qilganmiz.
***
Ma’lumot o‘rnida, Turkiyaning “Ostim” sanoat zonasi 1967 yilda tashkil topgan. Zona Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan bo‘lib, kichik va o‘rta korxonalarga qaratilgan mamlakatning eng yirik ishlab chiqarish sanoat zonasi hisoblanadi.

Sanoat zonasi 17 sektor va 139 biznes yo‘nalishini o‘z ichiga olib, unda 6200 kompaniya faoliyat yuritadi.

Madina Ochilova suhbatlashdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 65
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 106
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 54
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 68
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 0
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 1
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 8
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 12
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 121
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 65
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 28
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 36
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 200
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 139
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 128
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 45
  • Bo‘limlar