“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2024, 04:01
ЎЗO‘Z

Samsung Galaxy S6 smartfoni 2600 mA-s li akkumulyator bilan jihozlanadi

18 fev, 09:53 9 212 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samsung Galaxy S6 smartfoni 2600 mA-s li akkumulyator bilan jihozlanadi Internetda Samsung kompaniyasining yangi flagman smartfoni Samsung Galaxy S6 haqida ma’lumotlar berilishi davom etmoqda. Barselonada bo‘ladigan MWC 2015 xalqaro anjumani oldidan 1 martda bo‘lib o‘tadigan Unpacked tadbirida yangi smartfonning namoyishi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda Galaxy S6 haqida ancha ma’lumot olingan. Endilikda, unga o‘rnatiladigan akkumulyator haqida ma’lumot berildi.

Xabar berilishicha, smartfonga 2600 mA-s li akkumulyator o‘rnatiladi. Bu Samsung Galaxy S5’dagi akkumulyator hajmidan kichikroq, Galaxy S5’da 2800 mA-s li akkumulyator o‘rnatilgan.

Xabarlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S6 ham iPhone 6 kabi ingichka bo‘ladi, ya’ni uning qalinligi 6,9 millimetrni tashkil qiladi. Ko‘rinishidan, aynan shuning uchun ham kichiqroq hajmdagi akkumulyator o‘rnatishga qaror qilingan. Samsung Galaxy S6 smartfoni
5,1-dyuymli QHD ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lgan Super AMOLED-displeyi, sakkiz yadroli Samsung Exynos 7420 prosessori, 3 GB tezkor xotira va 20-Mp li asosiy kamera bilan jihozlanadi. Samsung Galaxy S6 uch xil – 32, 64 va 128 GB ichki xotira bilan jihozlangan ko‘rinishda taqdim etiladi. Bir vaqtda Samsung Galaxy S6 smartfonining bukiluvchan ekranli ko‘rinishi ham taqdim etilishi kutilmoqda.

Manba: www.kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • TikTok fotosuratlar uchun mo‘ljallangan yangi ilovani chiqaradi 13 apr, 22:30 37
  • Dunyodagi eng yupqa qo‘l soati chiqarildi (video) 11 apr, 21:21 89
  • Italiyada oyoq o‘lchamiga moslashuvchan ko‘p yillik krossovka ixtiro qilindi 11 apr, 17:44 74
  • AQSH fuqarolarga “Kasperskiy laboratoriyasi” dasturiy ta’minotidan foydalanishni taqiqlamoqchi 10 apr, 14:06 49
  • Samsung jahon smartfonlar bozori yetakchiligiga qaytdi 07 apr, 19:34 101
  • O‘zbekistonda Telegram monetizatsiyasi ishga tushirilishi qonuniyligi o‘rganilmoqda 07 apr, 00:02 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Iordaniyada Eron hujumi paytida urib tushirilgan raketalar internetda sotuvga qo‘yildi 17 apr, 00:39 51
  • Ispanlar Fayzullayevga e’tibor qaratdi... 17 apr, 00:30 114
  • Mashhur jarroh Timur Haydarov klinikasida tintuv o‘tkazildi, jinoyat ishi ochildi 17 apr, 00:23 101
  • SSKA Abbosbek Fayzullayev gol urgan o‘yinda “Baltika”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi 17 apr, 00:04 64
  • Nyu-Yorkda Donald Tramp ustidan jinoiy sud jarayoni boshlandi 16 apr, 23:59 25
  • Soch to‘kilishini bartaraf etadigan 8 ta mahsulot 16 apr, 23:07 36
  • Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olayotganda ushlandi 16 apr, 22:45 87
  • 1 maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari o‘zgaradi 16 apr, 22:16 103
  • Eron-Isroil mojarosi: siyosatshunoslar qanday fikrda? 16 apr, 21:50 72
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 49
  • Shavkat Mirziyoyev 12 hududda oqsayotgan jarayon haqida gapirdi 16 apr, 21:00 135
  • Italiya futbolini yorituvchi L'Unione Sarda nashri: “Bu ikkisidan ehtiyot bo‘ling” 16 apr, 20:35 259
  • Bo‘limlar