“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 14:36
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda kriptovalyuta bilan bog‘liq norasmiy platformalar faollashgani ma’lum qilindi

30 sen, 14:49 2 604 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda kriptovalyuta bilan bog‘liq norasmiy platformalar faollashgani ma’lum qilindi O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan internet tarmog‘idagi resurslarning monitoringi davomida kripto-aktivlarni sotish va ayirboshlash bilan bog‘liq har xil turdagi norasmiy platformalar faoliyati avj olgani ma’lum bo‘ldi.

Agentlik xabariga ko‘ra, mazkur turdagi platformalar manzillarini boshqa davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkizib, O‘zbekistonda serverlari o‘rnatilmasdan, ko‘p holatlarda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini so‘rab olgan holda, ularga kripto-aktivlarni sotish, sotib olish yoki ayirboshlashni taklif etmoqda.

Agentlik mazkur turdagi platformalardan misol keltirgan:
https://webmoneytashkent.com;
https://wmztashkent.com;
https://wm-torg.com;
https://uzwmz.com;
https://blockchainuz.com;
https://bitcointashkent.com.

Shu bilan birga, ushbu turdagi faoliyat “Telegram” guruh va botlari orqali ham amalga oshirilib, ularning tashkilotchilari to‘liq anonim bo‘lib, kerak bo‘lganda ushbu guruh va botlarni darhol o‘chirishlari mumkin”, deyiladi ma’lumotda.

Agentlik bu turdagi platformalar yordamida kripto-aktivlar bilan o‘tkazilayotgan operatsiyalar uchun hech qanday huquqiy javobgarlikka tortish imkoni mavjud emasligi va ular o‘tkazilayotgan bitimlar qonuniyligini hamda fuqarolar shaxsiy ma’lumotlari saqlanishini ta’minlanishiga kafolat bera olmasligini inobatga olib, fuqarolarni imkon qadar hushyorlikka va ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.

Agar sizda O‘zbekiston hududida shubhali sxemalar asosida kripto-aktivlar yordamida ish yuritayotgan ayrim kompaniyalar yoki shaxslarning faoliyati to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa, qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishingizni so‘raymiz.

Shuningdek, agar kripto-aktivlarni noqonuniy maqsadlarda yoki firibgarlik uchun ishlatayotgan kompaniyalar haqida ma’lumot bo‘lsa, agentlikning [email protected] elektron manziliga tegishli ma’lumotlarni yuborishingizni so‘raymiz
”, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi, jumladan kripto-aktivlar savdosi bo‘yicha kripto-birjalar yaratish faoliyati litsenziyalanishi lozimligi aytilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 47
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 422
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 78
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 76
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 88
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 65
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 54
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 152
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 59
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 107
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 55
  • Bo‘limlar