“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 21:54
ЎЗO‘Z

Nokia uchtalik kamera va 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi G50 smartfonini taqdim etdi

24 sen, 11:55 2 157 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nokia uchtalik kamera va 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi G50 smartfonini taqdim etdi Foto: Hi-Tech.Mail.ru
HDM Global kompaniyasi yangi Nokia G50 smartfonini taqdim etdi. Gadjet korpusi xira shisha ko‘rinishidagi kompozitdan ishlangan, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Nokia G50 smartfoniga HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlaydigan 6,38 dyuymli suyuq kristall displey o‘rnatilgan. Ekran Gorilla Glass 3 shishasidan ishlangan bo‘lib, bu qo‘shimcha mustahkamlikni taqdim etadi. Orqa panelida yumaloq kamera moduli joylashgan bo‘lib, uning ichidan uchta datchik o‘rin olgan. Suratga olish uchun bu yerda uchtalik kameradan foydalaniladi — 48 megapikselli asosiy, 5 megapikselli ultra keng va 2 megapikselli chuqurlikni o‘lchovchi datchik. Frontal kamerasi — 8 megapiksel.

Qurilma OZO Audio texnologiyasidan foydalangan holda Full HD sifatda video tasvirga olishga qodir. Bundan tashqari, yaxshi yoritilmagan sharoitda ham suratga olish rejimi mavjud: qorong‘i bino yoki tunda ko‘chada, shuningdek, «Pro» rejimi professional fotoapparatlarda foydalaniladigan RAW formatida suratga olishi mumkin.

Smartfonga sig‘imi 5000 mA/soatga teng batareya o‘rnatilgan bo‘lib, faol foydalanish davomida quvvat ikki kunga yetadi. 18 vattli tezkor quvvatlantirish funksiyasi ham mavjud. Nokia G50 Android 11 operatsion tizimi yordamida boshqariladi. Tizim xavfsizligi uch yil davomida har oy, operatsion tizim esa — har ikki yilda yangilanib turadi. Apparat sakkiz yadroli Snapdragon 480 bazasida ishlaydi.

Nokia G50 ning 4/128 gigabaytli versiyasini 300 dollarga oldindan buyurtma qilish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 77
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 63
  • TikTok fotosuratlar uchun mo‘ljallangan yangi ilovani chiqaradi 13 apr, 22:30 41
  • Dunyodagi eng yupqa qo‘l soati chiqarildi (video) 11 apr, 21:21 92
  • Italiyada oyoq o‘lchamiga moslashuvchan ko‘p yillik krossovka ixtiro qilindi 11 apr, 17:44 78
  • AQSH fuqarolarga “Kasperskiy laboratoriyasi” dasturiy ta’minotidan foydalanishni taqiqlamoqchi 10 apr, 14:06 51
  • So'nggi yangiliklar
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 0
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 0
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 0
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 1
  • Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" 19 apr, 19:13 14
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 48
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 26
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 97
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 180
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 45
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 47
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 147
  • Bo‘limlar