“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 13:12
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston tarixida ilk bor AI–98 markali benzin ishlab chiqarildi

21 sen, 11:53 1 376 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston tarixida ilk bor AI–98 markali benzin ishlab chiqarildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi oldiga aholini sifatli neft mahsulotlari bilan ta’minlash hamda uning yangi turlarini ishlab chiqish vazifalari qo‘yilgan edi.

Belgilangan topshiriq va vazifalar ijrosini bajarish maqsadida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida «Ishchi guruh» tuzilib «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqildi.

Jumladan, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida Boshqaruv raisi topshirig‘iga asosan, yuqori oktanli avtomobil benzini ishlab chiqarishni yo‘lga quyish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi hamda texnologik qurilmalarda rejim tanlandi, natijada AI–98 yuqori sifatli etellanmagan benzin ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi yuqori oktanli AI–98 avtomobil benzinini sanoat darajasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi va o‘z mahsulotlari qatorini yana bir marka bilan boyitib, yuqori oktanli AI–98 avtomobil benzini bilan to‘ldirdi.

AI–98 markali avtomobil benzini, asosan, siqish darajasi 12 dan 14 gacha bo‘lgan dvigatelli avtomobillarda ishlatiladi. AI–98 benzini yuqori detonatsiyaga qarshi xususiyat (oktan xarakteristika)lari tufayli dvigatel quvvatini oshiradi hamda tezlanish dinamikasini yaxshilaydi, tebranish, shovqin darajasini pasaytiradi, shuningdek, yonilg‘i sarfini sezilarli darajada kamaytiradi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi («O‘zstandart») tomonidan AI–98 avtomobil benzinini seriyali ishlab chiqarish uchun O‘zDSt 3031:2015 «Avtomobil benzinlari. Texnik shartlar» muvofiqlik sertifikati olindi.

Quvonarlisi, AI–98 avtomobil benzinining dastlabki partiyasi ishlab chiqarildi va 380 tonna hajmdagi benzinning fizik-kimyoviy xususiyatlari standartga binoan muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.

AI–98 markadagi avtomobil benzini ishlab chiqarlishi o‘zining tarixiga ega bo‘lib, bundan natijaga erishish oson bo‘lgani yo‘q. Sababi, Akbar Fazilov boshchiligidagi Buxoro neftna qayta ishlash zavodining texnologlari, texnik bo‘limi, ishlab chiqarish va dispetcherlik xizmati, Markaziy tahlilxonaning yuzlab ishchi-xodimlari xorijiy mutaxassislarning ko‘magisiz izlanishlar olib borishdi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan joriy yilning sentabr–dekabr oylarida 36,5 ming tonna AI–91, 13,1 ming tonna AI–92 1,4 ming tonna AI–95, shundan 848 tonnasi «QuWatt» rusumidagi yuqori oktanli avtobenzin ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Shuningdek, 14,9 ming tonna Yevro–4, 11,4 ming tonna Yevro–5 rusumidagi dizel yonilg‘ilari ishlab chiqarilishi, 2021 yilning ikkinchi yarim yillik yakuniga qadar «Uzbekneftegaz GTL» sintetik kerosinini saqlash uchun 5 000 kub metr hajmda 2 dona saqlash sig‘imlarini qurish ishlarini yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.

Quvonarlisi esa, bugungi kunda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 19 dan ortiq markaga ega bo‘lgan 9 ta turdagi mahsulot ishlab chiqariladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 200
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 122
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 109
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 73
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 211
  • Kuvayt O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga sarmoya kiritmoqchi 13 apr, 17:27 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 1
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 0
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 1
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 12
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 157
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 39
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 51
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 46
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 256
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 130
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 147
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 115
  • Bo‘limlar