“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 20:44
ЎЗO‘Z

Baxshichilikni rivojlantirish uchun nimalar qilindi?

19 sen, 09:35 1 933 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Baxshichilikni rivojlantirish uchun nimalar qilindi? Baxshichilik san’atini xalqaro darajada o‘rganishga so‘nggi yillarda, ayniqsa, e’tibor kuchaygan. Ayni damda Nukusda bo‘lib o‘tayotgan II Baxshichilik xalqaro festivaliga bo‘lgan qiziqish bunga isbot bo‘la oladi.

Barcha chet ellik mehmonlar milliy qadriyatlarimizga hurmat, hayrat va qiziqish bilan munosabat bildirishmoqda. Mamlakatimizda baxshichilikka alohida bir ilm, yo‘nalish sifatida ahamiyat qaratilyapti.

Bugun, 18 sentabr kuni Nukusda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirokida «Baxshichilik san’atining jahon madaniyati sivilizatsiyasida tutgan o‘rni» mavzusida II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanga TURKSOY tashkiloti vakillari, turkiy tilli davlatlardan kelgan olimlar, professorlar, san’at arboblari ishtirok etib, o‘zbek baxshichilik san’atiga o‘z munosabatlarini bildirishdi.

Konferensiya davomida baxshichilik san’atiga so‘nggi yillarda ko‘rsatilayotgan e’tibor namunasi sifatida quyidagi amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi:

— «Alpomish» dostonining ming yilligi keng nishonlangan;

— Termiz shahrida bu ulug‘ badiiy obida sharafiga, Samarqand shahrida atoqli baxshilarimiz xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmualari bunyod etilgan;

— «O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi» faxriy unvoni ta’sis qilingan;

— Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida «Doston ijrochiligi» kafedrasi, Termiz shahrida baxshichilik maktabi, Nukus shahrida opera va baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab, respublikamizdagi bolalar musiqa va san’at maktablarida folklor sinflari faoliyat ko‘rsatmoqda;

— Ko‘p tomlik «Qoraqalpoq folklori» to‘plamlari chop etilgan;

— Hozirda 100 tomlik «O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari» majmuasi nashr etilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kino sohasida ham muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur xonandalar 15 apr, 22:22 136
  • Jenisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi 15 apr, 15:39 86
  • Qatar Madaniyat vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonda: ular qayerlarga boradi? 15 apr, 09:09 120
  • Kutilmagan yakun bilan tugaydigan 7 ta film 09 apr, 17:43 160
  • Turk aktyorlari hayotidagi yangiliklar (foto) 08 apr, 11:44 240
  • Siz bilgan mashhur Jeki Chan bugun 70 yoshga to‘ldi! (video) 07 apr, 22:14 193
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Timur Kapadze: "Har bir jamoa musobaqani g‘alaba bilan boshlashni istaydi" 16 apr, 19:56 2
  • Shomurodovning oxirgi goli jamoadoshini rekordchiga aylantirdi 16 apr, 19:40 26
  • "Andijon"ning toza goli inobatga olinmagan, "Nasaf" tepgan penalti noto‘g‘ri, lekin ... 16 apr, 19:13 38
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 29
  • Crocus terakti bo‘yicha ayblanayotgan ikki tojikistonlik hibsga olinishi yuzasidan shikoyat qildi 16 apr, 18:30 144
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 16 apr, 18:17 20
  • O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda 16 apr, 17:42 104
  • Cobalt avtomashinasida salkam 30 mln. so‘mlik jarima aniqlandi 16 apr, 17:02 46
  • Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang” 16 apr, 16:25 104
  • Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi 16 apr, 15:59 33
  • Netanyahu Isroil Eron hujumiga qanday javob bermoqchiligini aytdi 16 apr, 15:03 344
  • O‘zbekistonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda 16 apr, 14:43 77
  • Bo‘limlar