“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 13:02
ЎЗO‘Z

Shomurodovga munosib bahoni Rim xalqi berdi va Eldor o‘z fikrini bildirdi!

18 sen, 14:04 8 143 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shomurodovga munosib bahoni Rim xalqi berdi va Eldor o‘z fikrini bildirdi! Yevropa futbolida muxlislar fikri juda muhim ahamiyatga ega.Ishqibozlar bilan kerak bo‘lsa, futbol yulduzlari, murabbiylar, hatto klublar prezidentlari ham hisoblashadi. Futbol muxlislar uchun o‘ynaladi, degan naql o‘sha tomonlarda haqiqatan o‘z isbotini topgan.

“Roma” rasmi sayti UYEFA Konferensiyalar ligasi guruh bosqichining birinchi turida Bolgariyaning SSKA klubiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda jamoaning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash maqsadida muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijasini e’lon qildi.

Takror bo‘lsa-da, yoqimli ekanini inobatga olib, Shomurodovning 5:1 hisobidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasini yana bir bor ega olamiz. Joze Mourino o‘ziga berilgan qisqa vaqt ichidayam jamoaga katta foyda keltirayotgani uchun Eldor Shomurodovni xalqaro miqyosdagi uchrashuvda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirdi.

Oldindan aytish joizki, Shomurodov Bolgariya vakiliga qarshi o‘tgan uchrashuvda jamoaga angliyalik yulduz Temmi Abraxamdan ko‘proq foyda keltirishga qodirligini, transfer summasi 40 million yevro bo‘lgan o‘yinchi bilan tengma-teng raqobatlasha olishini ko‘rsatib qo‘ydi.

Eldor juda faol o‘ynadi, ko‘p harakat qildi, yakkakurashlarda o‘zini ko‘rsatdi, himoyaga yordam berdi, raqibdan to‘pni olib qo‘ydi, jamoadoshlarini qulay pozitsiyasiga chiqarish, xavfli vaziyatlar yaratish, darvozaga zarba berishga intildi.

38-daqiqada legionerimiz Stefan El-Shaaravining goliga assistentlik qildi. Bu gol uchrashuvda burilish nuqtasi bo‘ldi va ustunlikni rimliklar tomoniga og‘dirdi. Ikkinchi bo‘limda ham faollikni susaytirmagan hamyurtimiz 84-daqiqada asosiy raqobatchisi Temmi Abraxamni ham bir pas bilan golli vaziyatga chiqardi.

Shu kuni uchrashuvda jamoa Sardori Lorenso Peleggrini ikkita va Manchini Janluka Manchini bitta gol urib, yirik g‘alabani ta’minladi.

“Roma” klubi o‘tkazgan so‘rovda jamoa muxlislari bu g‘alabada Eldor Shomurodovning hissasi eng katta bo‘lganini inobatga olib, unga yuksak baho berdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etdi.

Joze Mourino bu uchrashuvda shogirdlarining o‘yin sifati kutilganidek bo‘lmagani uchun ularni tanqid qilgan bo‘lsa-da, muhim bellashuvda Eldor Shomurodov va Lorenso Pellegrini yaxshi o‘ynaganini alohida tilga oldi.

- Haqiqatan ham guruh bosqichidagi birinchi uchrashuvda g‘alaba qozonish juda muhim edi. Biz buni uddalaganimizdan mamnunmiz. Endi keyingi o‘yinlarga e’tibor qaratib, puxta tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak, - dedi Eldor Shomurodov.

Eldor Shomurodov “Roma” futbolchisi sifatida jamoasining oltita rasmiy uchrashuvida maydonga tushdi. Shulardan faqat ikkitasini boshlang‘ich tarkibda boshlagan hamyurtimiz bitta gol va to‘rtta golli pas muallifi sifatida “gol+pas” tizimida besh ball jamg‘ardi.

“S” kvartetidan joy olgan “Roma” UYEFA Konferensiyalar ligasi guruh bosqichidagi navbatdagi uchrashuvni 30 sentabr kuni Ukrainada “Zarya” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Lugansklik futbolchilar birinchi turda Norvegiyada “Bude-Glimt” jamoasi mehmoni bo‘lib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

A Seriyada esa “Roma” to‘rtinchi turda “Verona” mehmoni bo‘ladi. Bu uchrashuv 19 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

original

Oldindagi uchrashuvlarda ham Eldor Shomurodovni boshlang‘ich tarkibda o‘yinga tushishini kutiib qolamiz. Zero, Shomurodovning transfer narxi Abraxamnikidan ikki barobar kam bo‘lsa-da, legionerimiz “Roma”da ham o‘z o‘rni borligini isbotlab bo‘ldi. U asosiy tarkibda o‘ynashga loyiq.

Shunday emasmi, siz nima deysiz, aziz muxlislar?




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 308
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 152
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 75
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 354
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 262
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 169
  • So'nggi yangiliklar
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 0
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 0
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 94
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 44
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 77
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 308
  • Bo‘limlar