“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 21:37
ЎЗO‘Z

Mikael Sekeyra: "Futbolchilarga o‘yin uslubimni to‘liqligicha singdirib bo‘lmadim"

16 sen, 23:30 2 345 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mikael Sekeyra: "Futbolchilarga o‘yin uslubimni to‘liqligicha singdirib bo‘lmadim" Superliganing 18-turi doirasida "Surxon"ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra ishtirok etdi.
- Birinchi bo‘limda juda ham zo‘r o‘yin namoyish qildik, faqatgina gol yetishmadi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki 20 daqiqaligida ham zo‘r o‘yin ko‘rsatdik. Adolatli g‘alabaga erishdik, deb hisoblayman. Yigitlar g‘alaba uchun qattiq harakat qilishdi. Bu g‘alaba jamoada ishlayotgan barchaniki.

- So‘nggi uch yilda "Lokomotiv"da faqatgina ushbu mavsumda mazmunli o‘yin ko‘ryapmiz. Siz o‘z o‘yin uslubingizni to‘liqligicha singdirib bo‘ldingizmi?
- Futbolchilar ko‘p narsalarni o‘rganishdi. Hali ular o‘sish jarayonida. Ha, boshida qiynaldik. Mashg‘ulotlarda futbolchilarning o‘yin davomida vaziyatlarga qarab qaysi pozitsiyalarda o‘ynashi uqtirib boriladi. Bu narsa o‘z samarasini bermoqda.

- Aziz Amonov ko‘p gol urmoqda. Buning sababi markaziy hujumga ko‘chirilganimi yoki murabbiy ko‘rsatmasimi?
- Futbolchilarga individual sifat berishni yomon ko‘raman. Jamoa umumiy ko‘rinishda o‘sishga erishmoqda. Aziz ham jamoadagi boshqa futbolchilar kabi o‘smoqda. Shu sababli u terma jamoaga chaqirildi. Ko‘plab futbolchilarda o‘sishni ko‘ryapmiz. Bugun Igor Chikrizov ham maydonga tushdi.

- "Surxon" bosh murabbiyi Jasur Jaloliddinovni futboldan boshqa ishlarga chalg‘iyotgani sababli jismoniy holati yaxshi emasligini aytdi. Bu haqida nima deysiz?
- Har bir futbolchi bir xilda ishlashi kerak. Kimning tayyorgarligi yaxshi bo‘lsa, o‘shalar o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydi.

- Jamoada o‘sish katta. Umumiy fikrlar yuqori darajada. Biroq vaziyatlarni yakunlashda negadir futbolchilarning mahorati yetishmayapti.
- Fikringizga qo‘shilaman. Birinchi bo‘limda bunday vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa tushuntirishlar berildi va vaziyatlardan foydalandik.

- Jamoada Jasur Jaloliddinov hamda Temurxo‘ja Abduxoliqovda fikrlash yuqori darajada. Buni o‘stirish kerak.
- Tavsiya uchun rahmat. Bu borada ishlaymiz.

- Odatda biz Marat Bikmayevning zaxiradan maydonga tushishini ko‘rardik. Bu safar Igor Chikrizov maydonga tushirildi. Igorning tayyorgarligi Maratdan yaxshiroqmi?
- Barcha futbolchilar 100 foizga tayyor edi. Shunchaki men Igorga imkon berdim va uning o‘zini ko‘rsatishini istadim. Shu sababli har bir futbolchi o‘yinga tayyor turishi kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 0
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 2
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 1
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 78
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 88
  • So'nggi yangiliklar
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 0
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 0
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 3
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 24
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 97
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 78
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 159
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Bo‘limlar