“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 09:19
ЎЗO‘Z

Ashxobodda shorti kiyish taqiqlangani xabar berildi

16 sen, 21:40 2 555 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ashxobodda shorti kiyish taqiqlangani xabar berildi Foto: «Advantour.com»
Turkmaniston poytaxti Ashxobodda politsiyachilar ko‘chalarda shorti kiyib yurgan odamlarni to‘xtatib, ulardan boshqa kiyim kiyib olishni talab qilmoqda, ba’zi hollarda ularga jarima ham to‘latilmoqda. Bu haqda Azatlyk Radiosy va Turkmen news xabar bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday holatlar shaharning bosh ko‘chalarida va ayrim muassasalarda yuz bermoqda. Masalan, Turkmaniston-Turkiya bankiga tashrif buyurgan mijozdan eshik oldida navbatchilik qilayotgan politsiyachi boshqa kiyim kiyib kelishni talab qilgan. Bank xodimining mijozni kiritish iltimosini ham inobatga olmagan va navbatda turgan boshqa fuqarolarni ham poytaxtning jamoatchilik joylariga shorti yoki shippakda kelish endi taqiqlangani haqida ogohlantirgan.

Shuningdek, istirohat bog‘ida shorti kiyib sayr qilayotgan o‘spirindan 25 manat (qariyb 15 dollar) jarima undirilib, kiyimini almashtirib kelish uchun uyiga jo‘natib yuborilgan.

«Ehtimol, Turkmanistonda yangi qoida kiritilib, uning yordamida hukumat vaqti-vaqti bilan fuqarolarning tashqi ko‘rinishini tartibga solishga urinilmoqda», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda ham jamoat joylarida shortida yurish ma’qullanmagan holatlar haqida ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ma’lum qilgan. Chunonchi, Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhi foydalanuvchilaridan biri shorti kiygani uchun Toshkentdagi tibbiyot muassasalaridan biriga kiritilmaganidan shikoyat qilgan. Yana bir holat Shahrisabzda kuzatilgan: shorti kiygan er-xotin hayvonot bog‘iga qo‘yilmagan.

Turkmanistonda yana nimalar taqiqlangan?
Mamlakatda 40 yoshdan kichik erkaklarning soqol o‘stirishi ham yozilmagan qoidalar bilan taqiqlangan. Ushbu taqiq ancha vaqtdan buyon amal qilib keladi. Vaqti-vaqti bilan politsiyachilar ko‘chalarda soqol qo‘ygan yoshlarni to‘xtatib, bo‘linmaga olib ketadi va soqolini olib tashlashni talab qiladi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, ular do‘pposlanishi va tahqirlanishi ham mumkin.

Bundan tashqari, davlat muassasalarida ishlaydigan ayollar sochini och rangga bo‘yashi, tirnoq o‘stirishi va bo‘yashi, kiprik o‘stirishi, tilla taqinchoqlar taqishi mumkin emas. Shunday talablardan keyin bojxona xizmati chegarada sochni ochartiruvchi vositalar va och rangli bo‘yoqlarni ushlab qola boshladi. O‘qituvchi ayollardan milliy dress-kod talab qilinadi.

Shuningdek, Turkmanistonda tatuirovka salonlari ham yopib tashlangan. Xabarlarga ko‘ra, politsiyachilar tanasida tatuirovka bo‘lgan odamlarni qo‘lga olib, bo‘limga olib ketgan va uni qayerda chizdirgani haqida so‘roq qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 0
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 82
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • So'nggi yangiliklar
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 0
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 0
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 82
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Bo‘limlar