“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 16:23
ЎЗO‘Z

Bugundan Xivada xalqaro madaniyat forumi boshlanadi

14 sen, 08:30 2 125 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bugundan Xivada xalqaro madaniyat forumi boshlanadi 14-15 sentabr kunlari Madaniy meros haftaligi doirasida Xiva shahrida «Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida» xalqaro madaniyat forumi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu madaniy forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tashabbusi bilan yana bir muhim voqea sifatida TURKSOYga a’zo bo‘lgan davlatlar madaniyat vazirlari doimiy kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Dastur doirasida «Xiva - Turk dunyosining madaniy poytaxti» doirasidagi tadbirlar haqida hisobot, 2022 yil turk dunyosining madaniy poytaxti taqdimoti, shuningdek, 2021-2024 yillar uchun TURKSOY Bosh kotibi saylovi o‘tkaziladi.

Xivada, shuningdek, «Arxeologiya va turizm: salohiyatni aniqlash va merosni boshqarish» xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir YUNESKO shafeligida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar tomonidan arxeologik merosni boshqarish va geomadaniy brending, fundamental va amaliy ilm-fandagi arxeologik meros va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

O‘zbekiston Prezidenti va hukumati qo‘llab-quvvatlashi bilan o‘tkazilayotgan Madaniy meros haftaligi O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan, YUNESKO, Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, «Eriell Group» neft servis kompaniyasi ko‘magi bilan o‘tkazilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gomerning «Iliada» asari qadimgi cho‘kkan kemalarni topishda yordam berdi 27 mar, 13:05 143
  • «Hayrat» filmi Rossiya kinofestivalida taqdirlandi 26 mar, 22:49 167
  • G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga ko‘ngil qo‘ygan Gulsanam Mamazoitova 43 yoshda (foto) 22 mar, 18:18 1 292
  • Erkaklardan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlagan ayollar haqidagi 10 ta film 21 mar, 11:10 74
  • Ravshan Komilov: “'X-faktor' ko‘rsatuvidan bir tiyin haq olganim yo‘q” 13 mar, 11:00 356
  • Ozodbek Nazarbekov: “Eng to‘g‘ri yo‘l – san’atkorlar daromadini majburiy deklaratsiyalash” 13 mar, 00:30 299
  • So'nggi yangiliklar
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 0
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 34
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 95
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 69
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 114
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 40
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 153
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 70
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 43
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 184
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 123
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 326
  • Bo‘limlar