“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 15:10
ЎЗO‘Z

Roli uchun chiroyini qurbon qilgan Gollivudning go‘zal yulduzlari (foto)

12 sen, 22:43 3 111 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Roli uchun chiroyini qurbon qilgan Gollivudning go‘zal yulduzlari (foto) Gollivud aktrisalarining kutilmagan obrazda namoyon bo‘lishi ko‘p bora kuzatilgan. Quyida ularning bir nechtasini taqdim etamiz.

Mishel Pfayffer

Foto: Grazia
«Yulduzli chang »filmida ishlagan vizajistlar qancha urinsa ham Mishel Pfayfferning go‘zalligini berkita olmadi. Ha, Mishel qarigan kampir sifatida qayta tug‘ildi, lekin uning istarasini hatto sahna bo‘yoqlarning qalin qatlami ostida ham yashirib bo‘lmadi. Aktrisa ushbu kartinada jodugar rolini qoyilmaqom tarzda ijro etgan.

Kristina Richchi

Foto: Grazia
«Penelopa» filmida Kristina Richchi tomoshabinlar oldida cho‘chqa burni bilan paydo bo‘ldi. Kartinaning syujetiga ko‘ra, Penelopaning burnini ko‘rgan malika deyarli dahshatdan hushidan ketib qoladi. Lekin aktrisa bu shaklda ham juda yoqimtoy ko‘ringan.

Sharliz Teron

Foto: Grazia
«Monstr» dramasini suratga olish uchun Sharliz Teron qo‘shimcha vazn yig‘di va sochlarini ham o‘zgartirdi. Aktrisa film uchun dahshatli ko‘rinish hosil qilishi kerak edi. Serialda qotil rolini ijro qilgan aktrisa ijrosi uchun «Oskar» bilan taqdirlangan. Intervyuda yulduz go‘zal obrazlardan ko‘ra xunukroqlarini o‘ynashni yoqtirganini tan oldi, shuning uchun u ikkilanmasdan «Oppog‘oy va ovchilar» va boshqa filmlarda ham haqiqiy o‘zgarish mahoratini namoyish etdi.

Emma Tompson

Foto: Grazia
«Mening qo‘rqinchli enagam» filmida ingliz aktrisasi Emma Tompsonni tanib olish qiyin. Katta burun, chiqib turgan tish: u chindan ham unchalik yoqimtoy bo‘lmagan, ammo enaga rolini mahorat bilan ijro etgan.

Ember Xerd

Foto: Grazia
«Zombilendga xush kelibsiz» filmida Ember Xerd odam go‘shti bilan oziqlanadigan Zombi rolini ijro etgan. Go‘zal aktrisani mohirona grimdan so‘ng darrov tanib olish qiyin.

Mila Kunis

Foto: Grazia
Sohibjamol aktrisa Mila Kunis «Oz: buyuk va qo‘rqinchli» filmida jodugar Teodora rolini o‘ynagan. Qizig‘i shundaki, aktrisa bo‘yanish uchun ko‘p vaqt sarflamadi, chunki qahramonining kiyimlari yopiq edi va butun tanani yashil rangga bo‘yashga hojat bo‘lmadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gomerning «Iliada» asari qadimgi cho‘kkan kemalarni topishda yordam berdi 27 mar, 13:05 143
  • «Hayrat» filmi Rossiya kinofestivalida taqdirlandi 26 mar, 22:49 167
  • G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga ko‘ngil qo‘ygan Gulsanam Mamazoitova 43 yoshda (foto) 22 mar, 18:18 1 290
  • Erkaklardan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlagan ayollar haqidagi 10 ta film 21 mar, 11:10 74
  • Ravshan Komilov: “'X-faktor' ko‘rsatuvidan bir tiyin haq olganim yo‘q” 13 mar, 11:00 356
  • Ozodbek Nazarbekov: “Eng to‘g‘ri yo‘l – san’atkorlar daromadini majburiy deklaratsiyalash” 13 mar, 00:30 299
  • So'nggi yangiliklar
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 0
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 2
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 1
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 4
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 50
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 39
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 23
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 103
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 90
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 237
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 122
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 133
  • Bo‘limlar