“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 11:28
ЎЗO‘Z

U-23 Osiyo chempionatiga saralash. Quvaytga Timur Kapadze jamoasi boradi

22 avg, 19:00 2 551 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
U-23 Osiyo chempionatiga saralash. Quvaytga Timur Kapadze jamoasi boradi Ma’lumki, kelasi yil O‘zbekiston navbatdagi U-23 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqa 2022 yilning 1-19 iyun kunlariga belgilangan. Ungacha esa shu yilning kuzida saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Barcha guruhlarda saralash markazlashgan tartibda kechadi.

O‘zbekiston saralash bosqichida konkursdan tashqari qatnashadi. Biz "D" guruhidan joy olganmiz va guruh o‘yinlarini Quvaytda Saudiya Arabistoni, Bangladesh hamda Quvayt termalariga qarshi o‘tkazamiz.

27.10.2021. Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston
29.10.2021. O‘zbekiston - Bangladesh
31.10.2021. Quvayt - O‘zbekiston

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur saralash o‘yinlarida qatnashish uchun Quvaytga Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi boradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, kelasi yil U-23 Osiyo chempionatida ham Kapadze jamoasi ishtirok etadi.

Shu o‘rinda savol tug‘ilishi mumkin, Ravshan Haydarov murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston U-22 terma jamoasining taqdiri nima bo‘ladi? Bu jamoa kelasi yil 10-25 sentabr kunlari Xitoyning Xangjou shahrida o‘tkaziladigan XIX Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘radi va shu musobaqada ishtirok etadi. Osiyo o‘yinlaridan so‘ng U-22 terma jamoasi o‘z faoliyatini tugatadi.

X.Xoliqov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 1
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 0
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 98
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 175
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 81
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 96
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 0
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 0
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 1
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 5
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 17
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 44
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 97
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 64
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 41
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 67
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 42
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 105
  • Bo‘limlar