“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 13:33
ЎЗO‘Z

Pokiston bosh vaziri: «Ashraf G‘ani bor ekan, Afg‘onistonda tinchlik bo‘lmaydi»

12 avg, 22:14 4 630 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pokiston bosh vaziri: «Ashraf G‘ani bor ekan, Afg‘onistonda tinchlik bo‘lmaydi» Pokiston bosh vaziri Imron Xonning fikricha, Ashraf G‘ani Afg‘oniston prezidenti bo‘lib turar ekan, «Tolibon» harakati hukumat bilan tinchlik muzokaralarini olib bormaydi. Pokiston hukumati rahbari bu haqda Reuters agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Imron Xon Afg‘onistondagi mojaroni hozirgi sharoitda tinch yo‘l bilan hal qilish qiyin ekanligini ta’kidladi.

«Men «Tolibon»ni uch-to‘rt oy avval bu yerga ularning oliy rahbariyat vakillari kelganida (tinchlik muzokaralarining zarurligiga) ishontirmoqchi bo‘ldim, – dedi Pokiston bosh vaziri. – Toliblarning sharti shu: Ashraf G‘ani (Afg‘oniston prezidenti sifatida) bor ekan, afg‘on hukumati bilan gaplashmaydi».

Toliblar va ular AQSHning qo‘g‘irchog‘i deb hisoblaydigan Ashraf G‘ani yetakchiligidagi hukumat vakillarining o‘tgan yil sentabrida Qatar poytaxti Doxada boshlangan muzokaralari hech qanday natija keltirmadi.

Joriy yil 10 avgust kuni Doxada Afg‘onistondagi qurolli nizoga yechim topish maqsadida uch kunlik maslahatlashuv boshlangan, unda bir qator davlatlar, xususan, AQSH vakillari qatnashmoqda. Afg‘on siyosatchilari Pokistonni «Tolibon»ni qo‘llab-quvvatlashda ayblab keladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 2
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 21
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 275
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 172
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 165
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 843
  • So'nggi yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 0
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 2
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 275
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Bo‘limlar