“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 09:10
ЎЗO‘Z

"Paxtakor"ning yangi serbiyalik hujumchisi Boyan Matich bilan suhbat

10 avg, 10:00 2 386 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Paxtakor"ning yangi serbiyalik hujumchisi Boyan Matich bilan suhbat
Foto: sports.uz
“Paxtakor” klubi yozgi transfer oynasi vaqtida serbiyalik hujumchi Boyan Matich bilan shartnoma imzoladi. “Sherlar” hujum chizig‘idagi raqobatni kuchaytirish maqsadida anchagacha oldingi chiziqda gol ura oladigan futbolchini izladilar. Oxir-oqibat Serbiya tomonlarda to‘p surayotgan Boyan Matich nomzodi “Paxtakor” vakillariga ma’qul keldi.

14-turda amaldagi chempion “Nasaf” bilan kuch sinashdi. Ushbu o‘yin taqdirini aynan Matich tomonidan kiritilgan yagona gol hal etib qo‘ydi. Shu tariqa, “Paxtakor”ning serbiyalik yangi hujumchisi chempionatimizda o‘zining gollari hisobini ham ochdi. Kuni kecha Sports.uz muxbiri Matich bilan bog‘landi. Avvalo “Nasaf”ga qarshi o‘yindagi g‘alaba bilan uni tabrikladik.

- Qutlov uchun katta rahmat. Mening golim g‘alaba keltirdi, ammo bu butun jamoaning yutug‘idir. Biz juda yaxshi o‘ynadik. To‘pga imkon tug‘ilgan zahoti ega chiqishga harakat qildik. “Nasaf” maydonda juda yaxshi ko‘rindi. Biroq o‘yinni nazorat qildik va mantiqiy yakun tariqasida uni g‘alaba bilan bezadik. Muvaffaqiyat qozonganimizdan xursandman. Butun jamoa bunga munosib ekanligini isbotladi. Barchaga katta rahmat, - dedi Matich.

Agar ahamiyat bergan bo‘lsangiz, “Paxtakor”ning “Nasaf”ga qarshi o‘yinidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Sherlar” bosh murabbiyi Piter Xyuistra jamoaning yangi hujumchisi Boyan Matich haqida fikr bildirib, uning yagona goli o‘yin taqdirini hal qilgani yoqimli bo‘lgani haqida gapirib, serbiyalik futbolchi sha’niga iliq so‘zlarni aytdi. Bunga javoban Matich quyidagilarni aytdi.

- Murabbiy seni maqtayotganini eshitish juda ham yoqimli. Meni bu yerga kelgan dastlabki kunimdanoq juda iliq qarshi olganlaridan minnatdorman. Aytish mumkin bo‘lsa, bu jamoada o‘zimni xuddi uydagidek erkin his qilyapman. Bu yerda hamma narsa menga juda yoqadi.

Matich uchun faoliyatida yangi sahifa ochildi. Bu futbolchi tabiiyki, ilk bor O‘zbekiston chempionatida to‘p surishni boshladi. “Paxtakor” uning uchun navbatdagi yangi klubiga aylandi. Serbiyalik legioner o‘zining yangi jamoasi haqida qanday fikrdaligini bildirdi.

- Avvalo, “Paxtakor” katta jamoadir. U haqli ravishda o‘zbek futbolining bayroqdor klubi hisoblanadi. Men bu yerga sovrin va unvonlarni yutish uchun hamda Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etish maqsadida kelganman. “Paxtakor”dan taklif kelib tushgan mahalda umuman o‘ylanib o‘tirmadim va darhol roziligimni berganman.

“Paxtakor”ning yangi legioneri bo‘lgani bois ham unga jamoaga va muhitga moslashishi oson kechmasligi tabiiy. Matich klubga ko‘nikishida ko‘proq kim yordam berayotganini aytdi.

- Hammadan ko‘ra, Dragan Cheran menga ko‘proq yordam berdi. Aynan u meni klubda har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Bundan tashqari, murabbiyim, uning shtabidagi yordamchilar va butun jamoa a’zolari meni juda iliq qabul qilganlaridan boshim ko‘kka yetgan. Ularning hammasi bu yerda o‘zimni uydagidek his qilishim uchun katta yordam bergan. Buni e’tirof qilib o‘tmaslik noinsoflik bo‘lardi. Men bu yerda o‘zimni juda yaxshi qabul qilganlari uchun ham cheksiz darajada baxtiyorman. Bu klub xuddi butun boshli oilaga o‘xshab, hamma bir-biri uchun qayg‘uradi. Ayniqsa, men singari chetdan kelgan futbolchilar uchun mana shunday muhitni va munosabatni his qilish juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Boyan Matich – uning ismi va familiyasida dunyo futbolida ancha mashhur bo‘lgan futbolchilar borligini yaxshi bilasiz. “Paxtakor” Matichni qo‘lga kiritganini eshitishimiz bilanoq uning birinchi navbatda familiyasi e’tiborimizni tortdi. Chunki “Manchester Yunayted”da o‘ynayotgan Nemanya Matich bilan familiyadosh. Boyan bilan gaplashgan chog‘imizda undan o‘sha nomdor Matich bilan qarindoshchiligi bormi va faoliyatida qaysi taniqli futbolchilar bilan birga to‘p surganiga ham qiziqdik.

- Men Nemanya Matichning qarindoshi emasman. Shunchaki, bizning familiyamiz bir xil xolos. Men juda ko‘plab murabbiylar qo‘l ostida shug‘ullanganman. Bundan tashqari, chetda turli millat futbolchilari, shular jumlasidan serbiyalik bo‘lgan yurtdoshlarim bilan ham o‘ynaganman. Bunday do‘stlarim juda ko‘p. Ulardan aynan kimnidir ajratib ko‘rsatish men uchun juda mashaqqatli ish bo‘lardi.

Aytgancha, bu o‘yinchi “Paxtakor” bilan uzoq muddatli emas, balki besh oylik shartnoma imzoladi xolos. Qiziq, serbiyalik bunday qisqa fursat ichida nimaga ulgurishi mumkin?
- Men besh oyga mo‘ljallangan shartnoma tuzganman xolos. Garchi, klub bilan tuzgan shartnomam qisqa muddatga teng bo‘lsa-da, shu vaqt oralig‘ida o‘zimdagi bor kuch va mahoratimni ko‘rsatgan holda “Paxtakor”da yana bir bor sovrin yoki unvonga ega chiqishida yordam berishni xohlayman. Mavsum oxirida “Paxtakor”da qolish yo qolmasligim ma’lum bo‘ladi. Yuqorida aytganimdek, bu yerda o‘zimni baxtiyor his qilganim bois keyinchalik ham “Paxtakor”da qolishni istayman.

Bu yerda o‘ynagan ko‘plab do‘stlarim borligini tasdiqlayman. Ular menga o‘zbek futbolining o‘ziga xos jihatlari haqida so‘zlab berishgan. Shu yerda to‘p surgan holda ular tomonidan aytilgan gaplar juda o‘rinli ekanligini amalda ko‘ryapman. Chempionat saviyasi haqiqatan ham juda yaxshi va aytish mumkin bo‘lsa, yuqori. Ushbu birinchilikda asosiy urg‘u o‘zim yoqtirgan hujumkor futbolga moslashgan. Shunday usulda to‘p surish men uchun juda yoqadi.

Boyan Matich Toshkentga “Paxtakor”ning sobiq futbolchisi Boyan Miladinovich bilan birga keldi. Shu bois futbolchi Miladinovichning o‘ziga qanday aloqasi borligi va “Paxtakor” taklifi haqida ilk bor eshitganida qanday xayolga borgani haqida gapirdi.

- Bu yerga kelganimga hali ko‘p bo‘lmadi. Shu bois hamma bilan yaqindan tanishishga, muhitga to‘la-to‘kis moslashishga ulgurdim, deya olmayman. Buning uchun kamida bir necha hafta kerak bo‘ladi. Ha, men bu yerga Boyan Miladinovich bilan keldim. U mening agentim hisoblanadi. Klubga hujumchi kerak edi. O‘z navbatida Miladinovich “Paxtakor”ga meni taklif qildi. “Paxtakor”dan xizmatim uchun taklif kelib tushgan zahotiyoq o‘ylanib o‘tirmadim va darhol rozilik berdim.

Men bu klubning har doim o‘z oldiga katta maqsadlarini qo‘yib kelishidan xabardorman. Shu boisdan ham taklifni qabul qilish chog‘ida hech qanday ikkilanish bo‘lmadi. Muxlislarga shuni aytmoqchimanki, “Paxtakor” uchun o‘zim ishtirok etadigan barcha o‘yinlarda maydonga tushishni va g‘alabalarga erishishi yo‘lida bor kuchimni ishga solishga tayyorligimni aytmoqchiman. Ularni yana stadionda tezroq ko‘rishni sabrsizlik bilan kutib qolaman.
 
Shuhratbek Jo‘rayev




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 1
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 0
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 115
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 202
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 264
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 517
  • So'nggi yangiliklar
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 0
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 0
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 0
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 0
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 18
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 25
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 49
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 43
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 115
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 202
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 264
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 517
  • Bo‘limlar