“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 15:38
ЎЗO‘Z

Organizmning suvsizlanganidan darak beruvchi 6 belgi

04 avg, 12:02 2 891 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Organizmning suvsizlanganidan darak beruvchi 6 belgi
Foto: Getty Images
Suv ichish organizmdagi a’zolar faoliyati, salomatlik va kayfiyatning me’yorda bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Suyuqlik balansining buzilishi esa turli muammolarga olib kelishi va belgilar bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

Quruq teri
Teri organizmga suv yetishmayotganidan darhol belgi beradi. Rangi so‘lg‘in bo‘ladi, qurish kuzatiladi. Avvallari uncha bilinmagan ajinlar ko‘zga tashlana boshlaydi. Ko‘z ostidagi halqalar esa yana ham qoraroq bo‘lib ko‘rinadi. Ko‘pchilik muammoga doimiy ravishda namlantiruvchi krem surtish bilan yechim topmoqchi bo‘ladi. Ammo ko‘proq suyuqlik iste’mol qilinmasa, bundan foyda bo‘lmaydi. Qolaversa, kosmetologlar yuvinish uchun darajasi tananikidan yuqori bo‘lmagan haroratli suvdan foydalanishni tavsiya qilinadi.

Charchoq
Suyuqlik miqdorining yetarli bo‘lmasligi holsizlik va charchoqqa sabab bo‘lishi mumkin. Organizmdagi suvsizlanish hisobiga arterial qon bosimi pasayib ketadi, yurak ritmi jadallashadi, miyada qon yaxshi aylanmasligi esa charchoq hissini keltirib chiqaradi. Shu sabab ham qahva ichishdan avval, bir stakan suv ichishni esdan chiqarmang. Bu sizni tetiklashishingizga yordam beradi.

Jizzakilik
Sababsiz asabiylashish va jizzakilik sizga begona bo‘lmagan vaqtlarda bir stakan suv ichishni kanda qilmang. Kayfiyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri organizmdagi suyuqlik miqdoriga bog‘liq bo‘ladi: Bir nechta o‘tkazilgan tadqiqotlarda suvning me’yordan hatto 1 foizga kam bo‘lishi ham inson o‘zini yomon his qilishiga olib kelishi aniqlangan.

Bosh og‘rig‘i
Suyuqlik yetishmasligi kuchli bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin. Suvsizlanish qondagi serotonin miqdoriga ta’sir qilib chakka sohasida og‘riq kelib chiqishiga olib kelishi mumkin. Qolaversa, bosh miyadagi mayda qon-tomirlar suvsizlanishga nisbatan tez munosabat bildiradi — me’yordagidan kam bo‘ladigan bo‘lsa, kuchli migren keltirib chiqarishi mumkin. Shuni inobatga olgan holda og‘riq qoldiruvchi qabul qilishdan avval ikki stakan suv ichib ko‘ring.

Mushaklar spazmi
Suv yetarli miqdorda qabul qilinmaganda, qon aylanishi sekinlashishi bu esa mushaklar spazmiga olib kelishi mumkin. Organizm mushaklardagi suyuqlik hisobiga hayot uchun muhim a’zolarning suvsizlanmasligini oldini oladi.

Shishlar
Suv yetishmaganda organizm bor suyuqlikni hujayralarda ushlab turishga majbur bo‘ladi. Bu esa qon aylanishi, moddalar almashinuvi jarayonining sekinlashishiga hamda shishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pchilik, shishlar suyuqlikning haddan ortiq ekani sababi yuz beradi deb o‘ylaydi va bu muammoga iste’mol qiladigan suyuqlik miqdorini kamaytirish bilan yechim topmoqchi bo‘ladi.

Ammo bu usul teskari ta’sir ko‘rsatib, shishlarning ortishiga sabab bo‘ladi. Ushbu o‘zgarishni bartaraf qilish oson. Shifokorlar 1 kilo vazn uchun 30 millilitr ya’ni kun davomida 2-2,5 litr suv ichishni tavsiya qiladi. Choy, qahva, sharbat va limonadlar suv o‘rnini bosa olmaydi. Aksincha, organizmni suvsizlantiradi. Shu sabab ham ularni haddan ortiq darajada iste’mol qilmaslik kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 215
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 121
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 223
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 352
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 170
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 1
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 0
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Bo‘limlar